4-mavzu. Moliya bozori va instrumentlari
Download 38.74 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa\'ruza 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi
4-MAVZU. MOLIYA BOZORI VA INSTRUMENTLARI Reja 1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi. 2. Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar. 3. Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy qimmatli qog‘ozlarlar. 1.Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlangan davrida paydo bo‘lganligi va ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida u xo‘jalik mexanizmining eng barqaror va yo‘lga quyilgan qismlaridan biri hisoblanishi haqidagi ma’lumotlarni oldingi ma’ruzalarda aytib o‘tgan edik. Xuddi shunday, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini paydo bo‘lishi, davlat korxonalarini xususiylashtirish va aksiyadorlik korxonalariga aylantirish jarayoni bilan bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan: birlamchi bozorlarga shaklan esa: ikkilamchi bozorlarga birjaviy bozorlarga nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi. Endi shu bozorlarni har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori – bu qimmatli qog‘ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni emitent yoki uning vakili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir. Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarni takror chiqarilishi (masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emis- siyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi. Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotni oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumot beriladigan emissiya prospektini yoki qimmatli qog‘ozlarni muomilaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent to‘g‘risida ma’lumotni e’lon qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imkoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq, obuna shaklida faqat tegishli davlat boshqaruv idorasiga ma’lum qilgan qoida qimmatli qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan va hech bo‘lmaganda bir marta xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozoridir. Uning funksiyasi qimmatli qog‘ozlarning oldi – sotdisini tezkorlik bilan ta’minlashdir. Bunda sotuvchi va xaridorni uchrashtirish, bo‘sh kapitalni iqtisodiyotni eng unumli sohasiga zudlik bilan safarbar qilish, tomonlarning o‘zaro manfaatlarini ta’minlash ikkilamchi bozorning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlik hisoblanadi. Yuqori likvidlikka ega, ya’ni qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni, ularning kursini sezilarsiz o‘zgarishi sharoitida kam xarajat bilan oldi-sotdiga jalb qila olishdir, yoki boshqacha qilib aytganda, Download 38.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling