Mustaqil ishi mavzu: Turizmda rasmiyatchilik


Download 73.75 Kb.
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi73.75 Kb.
#1734983
  1   2
Bog'liq
Nizomiddin Karimov


O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti
“Mehmonxona xo‘jaligi tashkil etish va uni boshqarish” fakulteti
MXT-S-122-guruh talabasi Karimov Nizomiddinning
“Turizm” fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Turizmda rasmiyatchilik


Tekshirdi:


Bajardi: Karimov Nizomiddin

Turizmda rasmiyatchilik

Reja:
1. Turistlar uchun rasmiyatchiliklarni soddalashtirish muammolari sharhi


2. Turizmdagi asosiy rasmiyatchiliklar
3. Pasportlar va vizalar
4. Valyuta nazorati hamda valyuta ayirboshlash ustidan nazorat
5. Bojxona tartib-taomillari
6. Tibbiy rasmiyatchiliklar
7. Politsiya nazorati va jamoat xavfsizligi
8. Sayohatchining turistik hujjatlari
9. Turistlarning sug‘urta hujjatlari
10. Hujjatlarni legalizatsiya qilish muammosi
11. Taks-fri shoping: xariddan soliqni qaytarish


1. Turistlar uchun rasmiyatchiliklarni soddalashtirish muammolari sharhi

Turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish deganda shaxsiy va jamoaviy turistik sayohatlar va safarlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish chora-tadbirlari va davlatning bu sohadagi muvofiqlashtirilgan siyosati tushuniladi. Gap shundaki, davlatlar turizmda eng avvalo valyuta tushumlarining jiddiy manbaini ko‘radilar. Shu bois ular chet ellik turistlarni o‘z hududiga kiritish tartibini mumkin qadar soddalashtirishga harakat qiladilar. Turistda norasmiy migrantni yoki nomaqbul shaxsni ko‘rgan mamlakat, tabiiyki, o‘z hududiga kirish tartibini murakkablashtirishga harakat qiladi. Kirishni cheklash sabablari siyosiy, ekologik, madaniy-ijtimoiy omillar bilan belgilanishi ham mumkin. Jumladan, Butanga yiliga 5,0 ming kishi kirishi mumkin bo‘lib, buning uchun kuniga 200 dollar hisobidan ekologik soliq to‘lash talab etiladi. Ummonda mahalliy musulmon jamiyatiga g‘arb madaniyatining salbiy ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday kvota belgilangan. AqSh siyosiy sabablarga ko‘ra o‘z hududiga Iroq, Eron, Shimoliy Koreya, Kuba fuqarolarini kiritmaslikka harakat qiladi. Xullas, mamlakatga turistlarni kiritish tartib-taomillarini murakkablashtirish uchun juda ko‘p sabablar mavjud. Sayohatni rejalashtirishda hamisha ularni e’tiborga olish kerak. Chunki aeroportlar yoki dengiz portlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llardagi chegara punktlarida faoliyat ko‘rsatuvchi migratsiya xizmatlari hatto konsullik tomonidan berilgan vizaga ega shaxsga ham sababini tushuntirmasdan mamlakatga kirishni rad etishi mumkin.


Tabiiyki, bu muammo ham turistning xavfsizligi bilan bog‘liq, chunki bunda u moddiy va ma’naviy ziyon ko‘radi. Shuning uchun har bir safarga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarur.
Ayrim mamlakatlar turizmdan ko‘proq naf ko‘rish maqsadida o‘zaro vizasiz kirish zonasini e’lon qiladilarki, bu turizmni rivojlantirishga jiddiy ko‘maklashadi. Jumladan, O‘zbekiston MDH doirasida Rossiya, Ukraina, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, qozog‘iston, Belarus va Moldova bilan vizasiz kirish maydoniga ega. Turkiya jahonning aksariyat mamlakatlari uchun vizasiz rejim e’lon qildi va bu o‘sha zahoti mamlakatga tashriflar hajmida aks etib, multiplikatsion iqtisodiy samara berdi. /arbiy Yevropaning 12 mamlakati doirasida amal qiluvchi Shengen vizasi turistlarga mazkur davlatlardan biriga moneliksiz chiqish, so‘ngra qolgan 11 davlat bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi.
Har qanday holatda turist chegarada viza qo‘yilgan milliy (chet el) pasportidan tashqari taklifnoma, turistik vaucher, mehmonxonda joy bronlashtirilgani haqida hujjat, qaytish chiptasini, shuningdek ma’lum miqdorda pul mablag‘larini ko‘rsatishi lozim. Mazkur zonaga kiruvchi mamlakatlar pasportga milliy vizani qo‘yishlari ham mumkin bo‘lib, bu chet ellik turistlarga ushbu vizani bergan mamlakat chegarasidan chiqishni taqiqlaydi. Masalan, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi o‘zbekistonlik turistning pasportiga milliy viza qo‘ygan bo‘lsa, u Fransiya, Ispaniya, Gresiya va boshqa davlatlarga chiqish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Shengen vizasini berishda turistdan ayrim rasmiyatchiliklarni bajarish talab etiladi. Masalan, u Shengen zonasining boshqa mamlakatlariga emas, balki aynan viza bergan mamlakatga kirishi lozim. Bundan tashqari, u huquqbuzarlik sodir etgudek bo‘lsa, uning ma’lumotlari avtomatik tarzda umumiy ma’lumotlar bazasiga kiritilishini va kelgusida boshqa istalgan diplomatik vakolatxona Shengen zonasining boshqa mamlakatlariga viza berishni unga rad etishi mumkinligini yodda tutish zarur. To‘g‘ri, huquqbuzarlikning turiga qarab mazkur taqiqning amal qilish muddati belgilanishi ham mumkin.
Sayohatlar va turizm hajmlari jadal o‘sishi bilan bir vaqtda, so‘nggi yillarda turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish tushunchasi ham kengayib bormoqda. Bugungi kunda turizmning rivojlanishiga monelik qiluvchi omillarning ikki asosiy guruhi farqlanadi:
- sayohatchilarga taalluqli bo‘lgan umumiy omillar;
- turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilarga taalluqli bo‘lgan omillar.
Turizmni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash jarayoni odatda «turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish» deb ataladi, «erkinlashtirish» atamasi esa ko‘pincha turistik biznes va turistik xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi to‘siqlarni bartaraf etish jarayonini belgilash uchun qo‘llaniladi. Turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish masalalari bilan davlatlar tarixan ikki taraflama asosda shug‘ullanganlar. Yevropada integratsiya jarayonlari boshlangan payt (XX asrning 50-yillari)dan bu muammolar ko‘p taraflama asosda hal qilina boshlandi. Mazkur tendensiya jahonning ko‘pgina mintaqalarida, masalan, Lotin Amerikasi, Janubi-Sharqiy Osiyo, arab Sharqi, Afrika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qayd etildi. Bundan tashqari, hukumatlararo tashkilotlarga sayohatchilarning alohida toifalariga, transport turlariga yoki turistik bitimlarning turlariga taalluqli turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish masalalarini hal qilish topshirildi. Bu munosabat bilan xalqaro tashkilotlarning yig‘ilishlarida qabul qilingan hujjatlarni qayd etib o‘tish lozim:
- Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining 1944 yilgi Chikago konvensiyasi;
- Bojxona hamkorligi kengashining 1973 yilgi Kioto konvensiyasi;
- Xalqaro dengiz tashkilotining xalqaro dengiz transportiga ko‘maklashish bo‘yicha 1965 yilgi Konvensiyasi.
Turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish bilan bog‘liq boshqa muhim xalqaro shartnoma va hujjatlar guruhiga quyidagilar kiradi:
- Yevropa hamjamiyatlarining 1987 yilgi Yagona Yevropa akti;
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 1951 yilgi Xalqaro tibbiy qoidalari;
- Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining turizm sohasidagi xalqaro siyosat bo‘yicha 1985 yilgi qaror-tavsiyasi;
- Xalqaro mehnat tashkiloti doirasida qabul qilingan va haq to‘lanadigan mehnat ta’tillariga taalluqli bo‘lgan turli hujjatlar hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashining 1976 yilgi Yakuniy hujjati;
- Jahon turizmi bo‘yicha 1980 yilgi Manila deklaratsiyasi;
- 1985 yilgi Turist xartiyasi va Kodeksi;
- turistik sayohatlar va safarlarni soddalashtirish bo‘yicha 1992 yilgi Budapesht konvensiyasi.
Lekin bu hujjatlarda transport turi, geografik qamrov va yondashuv kengligiga oid ma’lum cheklashlar mavjud, ya’ni ular universal emas. Shu bois turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish va erkinlashtirish masalalarini turli xalqaro tashkilotlar o‘rtasida muvofiqlashtirish talab etiladi. Bu sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar turistik sayohatlarni soddalashtirish bo‘yicha Budapesht konvensiyasida o‘z aksini topgan.
MDHda, xususan, Markaziy Osiyoda turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish masalalari hukumatlar tomonidan endigina ko‘rib chiqilmoqda, lekin, ekspertlarning fikricha, bu jarayon ancha uzoq davom etadi va bir necha o‘n yilga cho‘ziladi. Agar mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatlar o‘rtasida fuqarolar harakatlanishining vizasiz va soddalashtirilgan tartibi amal qilgan bo‘lsa, keyinchalik chegaralarni himoya qilish zarurati davlatlarni mazkur tartibni ancha qattiqlashtirishga majbur qildi. Bu turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda, oxirgi ikki yil ichida chegaralardagi muammolar mintaqaga keluvchi turistlar oqimi 30-50% ga kamayishiga olib keldi.
Shu bois hukumatning turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish va erkinlashtirish faoliyati mutaxassislar tomonidan har xil baholanadi (1.4-jadvalga qarang). Aksariyat ekspertlarning fikricha, davlatlar turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirishdan ko‘ra, turizm sohasidagi tadbirkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shganlar (soliq sohasida, kreditlar olishda, uskunalar va tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda imtiyozlar berganlar). Ayni vaqtda, turkman ekspertlarining fikricha, hokimiyat organlari muammoning ikkala jihatini hal qilishga ham kam yordam berganlar.

1 -jadval


Hukumatlarning o‘z mamlakatlarida turizmni rag‘batlantirish sohasidagi faoliyati yuzasidan Markaziy Osiyo ekspertlarining fikr-mulohazalari, foiz hisobida

Ekspertlar

Ha

Yo‘q

Javob yo‘q

Hukumat siyosati mamlakatda turistik faoliyatni erkinlashtirishga ko‘maklashadimi?

Qozog‘istonlik ekspertlar

62

14

24

O‘zbekistonlik ekspertlar

78

20

2

Qirg‘izistonlik ekspertlar

60

10

30

Tojikistonlik ekspertlar

55

22

23

Turkmanistonlik ekspertlar

34

54

12

Hukumat siyosati turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirishga ko‘maklashadimi?

Qozog‘istonlik ekspertlar

50

30

20

O‘zbekistonlik ekspertlar

42

50

8

Qirg‘izistonlik ekspertlar

63

21

16

Tojikistonlik ekspertlar

69

21

10

Turkmanistonlik ekspertlar

29

53

28

Eslatma: besh respublikadan 204 ekspert so‘rovdan o‘tkazildi.

JTT ekspertlarining prognozlariga qaraganda, 2020 yilga borib aksariyat mamlakatlar hozirda amalda bo‘lgan viza tartib-taomillaridan voz kechadi. Shaxsni aniqlash chet el pasportlari o‘rniga barmoq izlari, ko‘z qobig‘i va ovoz xususiyaitlariga qarab amalga oshiriladi. Rasmiyatchiliklardan o‘tish vaqti mumkin qadar qisqaradi. Bunday mexanizmlar hozirgi vaqtdayoq Yevropa mamlakatlarida qo‘llanilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada yo‘lovchining shaxsi ko‘z qobig‘ini skanerlash orqali aniqlanadi.

2. Turizmdagi asosiy rasmiyatchiliklar

Tabiiyki, xalqaro turizmni rivojlantirishda muammolar bisyor. Ulardan chegaradan o‘tishda va chet mamlakatda bo‘lishda rasmiyatchiliklarni hal qilish bilan bog‘liq asosiy muammolarga to‘xtalib o‘tamiz:



Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling