Mustaqil ishi mavzu: Turizmda rasmiyatchilik


Download 73.75 Kb.
bet2/2
Sana30.10.2023
Hajmi73.75 Kb.
#1734983
1   2
Bog'liq
Nizomiddin Karimov

- pasport va viza muammosi;
- valyuta nazorati hamda valyuta ayirboshlash ustidan nazorat;
- bojxona qoidalari;
- tibbiy rasmiyatchiliklar;
- politsiya nazorati;
- turistik hujjatlar;
- sayohat mamlakatida milliy hujjatlarni legalizatsiya qilish (ularning huquqiy layoqati)
Bu rasmiyatchiliklar turist yashaydigan mamlakatda yuzaga keladi (viza, chet el pasporti) hamda u boshqa mamlakatda bo‘lgan davr mobaynida amal qiladi (masalan, valyuta rejimi, tibbiy rejim, politsiya rejimi). Bu tartiblarga amal qilish zarurligi shubhasiz, lekin haddan ortiq tartibga solish (majburiy ro‘yxatdan o‘tish va h.k.) ba’zan turistga psixologik jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Turistik muhitga va mehmondo‘stlik sanoatining faoliyatiga rasmiy tartib-taomillarning salbiy ta’siri haqida Markaziy Osiyo turfirmalari bergan javoblarning taqsimlanishi 1.5-jadvalda keltirilgan.

2-jadval
Markaziy Osiyoda xalqaro turizmning rivojlanishiga xalaqit berayotgan asosiy rasmiyatchiliklar


Rasmiyatchiliklar


Milliy ekspertlarning fikrlari, foiz hisobida

qozog‘iston

O‘zbekiston

Tojikiston

qirg‘iziston

Turkmaniston

Viza yoki taklifnomani rasmiylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar

10

12

23

15

10

Bojxona tartib-taomillarini bajarish

30

23

36

22

20

Valyutani tartibga solish muammolari

16

34

20

10

26

Politsiya nazorati (shu jumladan ro‘yxatdan o‘tish va h.k.)

20

15

11

20

40

Tibbiy nazorat (shu jumladan sug‘urta qilish)

3

1

6

8

3

Chegaradan o‘tishda murakkab psixologik muhit

11

15

4

3

1

Ekspertlarning fikricha, yuqorida zikr etilgan muammolarni hal qilish (kriminogen vaziyatni, Afg‘oniston bilan chegaradagi murakkab siyosiy vaziyatni, inflyatsiya va iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bilan bir qatorda) turistik oqimlar dunyoning boshqa mintaqalaridan Markaziy Osiyo mamlakatlariga oqib kelishiga ko‘maklashadi.

3. Pasportlar va vizalar

Xalqaro ekspertlarning fikricha, hujjatlarni rasmiylashtirish yomon yo‘lga qo‘yilgan, arizalar erkin qanoatlantirilmagan, haddan tashqari katta haq olinadigan yoki tartib-taomillar haddan tashqari murakkab bo‘lgan hollarda hujjatlar bilan bog‘liq barcha talablarga turizmning rivojlanishi yo‘lidagi to‘siq deb qarash mumkin. Bu fikrga qo‘shilmay bo‘lmaydi, albatta. Chunonchi, hozirda O‘zbekistonda AqShga, ayrim Yevropa mamlakatlarga turistik viza olish juda ham qiyin. Xalqaro ekspertlarning hisob-kitobiga qaraganda, faqat pasport va vizani rasmiylashtirish tartib-taomillarini murakkablashtirish mamlakatga keladigan chet ellik turistlar oqimini 25-30% ga kamaytiradi. Vaholanki, vizasiz tartib turistik oqimlarni ko‘paytiradi.


Muayyan shaxs mamlakatga kirishiga imkon bermaydigan ayrim cheklashlar amal qiladi. Avvalambor, sudlanganlikning olib tashlanmagani yoki sudlanganlik holatining mavjudligi, muayyan shaxsning jinoiy (nosiyosiy) ta’qib qilinishi bunga asosiy sabab bo‘lib xizmat qiladi. Turist to‘ldirgan so‘rovnomadagi noaniqlik ham uning mamlakatga kirishini rad etishga sabab bo‘lishi mumkin. Mavjud muayyan tartib-taomillar mazkur noaniqliklarni aniqlash imkonini beradi (masalan, konsullik yoki migratsiya xizmati xodimi bilan suhbatda). quyidagi holatlar:
- mamlakatda bo‘lish uchun zarur pul mablag‘larining yo‘qligi;
- taklifnoma, turistik vaucherning yo‘qligi;
- turist mamlakatda qolish va o‘z vataniga qaytmaslik niyatida ekanligiga shubhaning mavjudligi;
- turist mamlakatga so‘rovnomada ko‘rsatilgandan boshqa maqsadlarda (norasmiy mehnat faoliyati, josuslik, diversiya va terrorizm) ketayotgani to‘g‘risida axborotning mavjudligi;
- turistning jinsi (masalan, ayrim arab mamlakatlariga, xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahreyn, Saudiya Arabistoniga 35 yoshga to‘lmagan ersiz ayollarning kirishi taqiqlanadi), er-xotin familiyasining har xilligi;
- xizmatlarning o‘zigagina ma’lum boshqa sabablar viza berishni rad etishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ayni vaqtda, o‘z mamlakati doirasida nafaqat viza olish, balki pasportni rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar ham uchraydi. Masalan, Turkmaniston fuqarolari chet mamlakatlarga, shu jumladan O‘zbekistonga chiqishga ruxsat beruvchi chet el pasportini olish uchun 150 dollar to‘lashlari lozim. Vaholanki, qozog‘iston va Tojikiston mamlakat chegarasidan chiqishga ruxsat berish jarayonidan voz kechgan, O‘zbekistonda esa chet elga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun chet el pasporti muddatini har ikki yilda militsiya bo‘limida uzaytirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida shunday deb belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir». Fuqarolar bu huquqdan kelib chiqib o‘z sayohatlarini tartibga solishlari mumkin. O‘zbekistondan tashqariga chiqish uchun fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
- amaldagi milliy pasport;
- to‘rt dona 3x5 o‘lchamli rangli fotosurat;
- 14 yoshga to‘lmagan bolalarning ikkitadan rangli fotosurati, basharti turist ularni o‘zi bilan sayohatga olib ketmoqchi bo‘lsa;
- bolalarni chet elga olib chiqishga er (xotin)ning notaril tasdiqlangan ruxsati;
- barcha qoidalarga binoan to‘ldirilgan, shuningdek mehnat faoliyati to‘g‘risidagi sahifa kiritilgan, ishlovchilar uchun – kadrlar bo‘limi, ishlamaydiganlar va pensionerlar uchun – mahalla qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan so‘rovnoma;
- boj to‘langani to‘g‘risida bank kvitansiyasi.
quyidagilar:
- davlat sirlaridan xabardorlik;
- olib tashlanmagan sudlanganlikning mavjudligi;
- sudda ko‘rilayotgan ishning (jinoiy tergovning) mavjudligi;
- turistning harbiy chaqiriq yoshidaligi viza berishni rad etishga sabab bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, uzoq xorij mamlakatlariga chiquvchi o‘zbekistonlik turistlar uchun viza olish jarayoni qanday kechadi? Masalan, Vetnamga chiqish uchun O‘zbekiston fuqarolari Vetnamning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bergan kirish vizasiga ega bo‘lishi lozim1. Mazkur vizani olishning ikki varianti mavjud. Birinchi variantga ko‘ra, turistlar o‘z niyatini bildirish uchun diplomatik idoraga amaldagi pasport bilan murojaat etishlari va so‘rovnoma blankasini to‘ldirishlari lozim. Bunga ko‘ra elchixona Vetnam IIVga murojaatnoma yo‘llaydi. So‘rovnoma to‘ldirilgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida turistlar viza berishga rozilik yoki rad javobini olishlari mumkin. Ikkinchi variantga ko‘ra, turistlar Vetnamning vakolatli turistik kompaniyalaridan biriga viza berishni so‘rab bevosita murojaat etadilar. Turistik kompaniya ham Vetnam IIVga tegishli murojaatnoma yo‘llaydi. Birinchi usul turistlar uchun qulayroq, ikkinchi usulda esa javob tezroq keladi. Viza olganidan keyin turist elchixonaga shaxsan yoki ishonchli vakili orqali murojaat etishi lozim.
Chexiya Respublikasiga chiqish uchun o‘zbekistonlik turist bir nechta talablarni bajarishi shart2. Birinchidan, OVIRning chiqishga ruxset beruvchi shtampi bosilgan pasportga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, Chexiyada bo‘lishning moliyaviy ta’minoti to‘g‘risida hujjat taqdim etish zarur. Turist ega bo‘lishi talab etiladigan pul summasi: kuniga 1,065 ming chex kronasi (taxminan 30 AqSh dollari).
Turistlarga viza berish masalasiga kelsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997 yil 21 noyabrda qabul qilgan «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi, chiqishi, bu yerda bo‘lishi va bu yerdan tranzit tartibida o‘tishi tartibi to‘g‘risida»gi 408-son qaroriga muvofiq, davlat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan keluvchi chet ellik fuqarolarga kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish vazifasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklangan. qoidaga binoan, O‘zR Tashqi ishlar vazirligiga viza berish to‘g‘risida ariza berilganidan keyingina «yuridik shaxs» (turistik kompaniyalar) chet el fuqarolariga taklifnoma yuboradilar.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida chet el fuqarolari uchun yagona viza amal qiladi. Chet ellik turistlar vizani O‘zbekistonning chet eldagi konsulligida shaxsan yoki turistik firmalar orqali, shuningdek Tashqi ishlar vazirligining aeroportdagi vakolatxonasida olishlari mumkin. Viza olganlik uchun ma’lum haq to‘lanadi: 7 kungacha – 40 dollar, 7 kundan 15 kungacha – 50 dollar, guruhlar (15 kishidan ortiq) uchun 15 kungacha – har bir turistga 15 dollardan.
Viza turist tanlagan marshrutning davomiyligi muddatiga beriladi. Bunda O‘zbekiston chegarasidan birinchi xizmat ko‘rsatish punktigacha va undan chegaragacha borish uchun zarur muddat ham hisobga olinadi. Respublika orqali temir yo‘l transportida va avtotransportda tranzit tartibida o‘tuvchi shaxslar tranzit vizalariga ega bo‘lishlari kerak. Agar turist samolyotda uchayotgan bo‘lsa, tranzit vizasi talab etilmaydi.

4. Valyuta nazorati hamda valyuta ayirboshlash ustidan nazorat

JTT ekspertlarining fikricha, rasmiyatchiliklar turistik xarajatlarni shakllantiribgina qolmasdan, balki bunday choralar ko‘rilgan joylarga keluvchi turistlar hajmining qisqarishiga ham olib kelishi mumkin. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, turistlar keluvchi mamlakatning milliy valyutasiga chet el valyutasini ayirboshlash kursining nomutanosibligi turistik oqimning 15-20% ga kamayishiga olib keladi. Bu psixologik jihat (turistlar o‘zini kamsitilgan va aldangan hisoblaydi) hamda iqtisodiy jihat bilan bog‘liq.


Valyuta ayirboshlash muammosi aksariyat mamlakatlarda ijobiy hal qilingan. Masalan, Venesuelaga pullarni AqSh dollarida olib kirgan ma’qul, chunki bu yerda pullarni istalgan joyda ayirboshlash mumkin, lekin eng maqbul ayirboshlash kursi banklarda va valyuta ayirboshlash shoxobchalarida taklif etiladi. Misrda chet el valyutasini banklar, restoranlar va mehmonxonalarda ayirboshlash mumkin. Banklar juma va shanba kunlaridan tashqari, har kuni 8.30 dan 15.30 gacha ishlaydi. Yirik mehmonxonalardagi bank bo‘limlari ba’zan uzzukun ishlaydi. Chet el valyutasini aeroportda ham ayirboshlash mumkin. Mamlakatdan chiqishda qolgan funtlarni qayta dollarlarga ayirboshlash mumkin, shu bois pul ayirboshlashda berilgan kvitansiyani saqlab qo‘yish kerak. Olib kirilgan chet el valyutasini olib chiqishga ruxsat etiladi. Milliy valyutani 20 funtdan ortiq olib chiqish mumkin emas.


11 2000 йилнинг июнигача бўлган ҳолатга кўра.

22 2000 йилнинг июнигача бўлган ҳолатга кўра.

Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling