Mustaqil ishi mavzu: Volt-Amper xarakteristikalari va parametrlarning temperaturaga bog‘liqligi


YARIMO‘TKAZGICHLARNING ELЕKTROFIZIK XUSUSIYATLARI


Download 95.16 Kb.
bet2/4
Sana13.01.2023
Hajmi95.16 Kb.
#1090765
1   2   3   4
Bog'liq
Volt-Amper xarakteristikalari va parametrlarining temperaturaga bog\'liqligi

YARIMO‘TKAZGICHLARNING ELЕKTROFIZIK XUSUSIYATLARI
Bipolyar tranzistor ixtiro qilingandan (1948-yil) buyon yarimo’tkazgichlar elektronikasi deb ataluvchi soha tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Issiqlik ta’sirida yarimo’tkazgichdagi valent elektronlarning ma’lum qismi erkin zaryad tashuvchilarni yuzaga keltirishi mumkin. Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi yorug’lik oqimi, zarralar oqimi, kiritmalar konsentratsiyasi gradienti, elektr maydon va boshqalar ta’sirida ham o’zgarishi mumkin. Yarimo’tkazgichlarning bu xossasidan turli vazifalarni bajaruvchi diodlar, tranzistorlar, termistorlar, fotorezistorlar, varikap va boshqa yarimo’tkazgich asboblar tayyorlashda foydalaniladi.
Elektr o’tkazuvchanlik, ya’ni elektr kuchlanish ta’sirida moddalardan elektr tok o’tishi uning elektr maydonga nisbatan asosiy xususiyatini belgilaydi.
Yarimo'tkazgichlar oʻtkazuvchanligi jihatidan metall va dielektriklar orasidagi moddalar boʻlib, oʻz fizik xususiyatlarini turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va hokazo) natijasida keng intervalda oʻzgartira olish xususiyatiga ega.Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich modda  kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.
Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Yarimo'tkazgich kristalda kiritmalar va kristali panjara tuzilmalari nuqsonlari (bo’sh tugunlar, panjara surilishlari va boshqalar) bo’lmasa, u xususiy yarimo’tkazgich deyiladi. Bunday yarimo'tkazgichni i-bilan belgilash qabul qilingan.
Bir vaqtning o'zida valent zonada bo'sh sath hosil bo'ladi va valent elektronlarda o'zining energiyasini o'zgartirish imkoniyati tug'iladi, ya’ni valent zonaning ruxsat etilgan bir sathidan boshqasiga o'tish imkoniyati ochiladi. Elektron, shunday qilib, yarimo'tkazgich orqali tok hosil bo'lishida ishtirok etishi mumkin. Temperatura ortishi bilan o'tkazuvchanlik zonaga o'tayotgan elektronlar soni ko'payadi va natijada, elektr o'tkazuvchanlik ortadi.
Qattiq jism o‘tkazuvchanlik turi bilan farqlanuvchi yoki o'tkazuvchanlik turi bil xil bo‘lib, solishtirma qarshiligi bilan farqlanuvchi sohalari orasidagi kontakt natijasida hosil bo'ladigan o‘tkinchi qatlam elektr o'tish deb ataladi. Yarimo'tkazgich asboblarda elektron-kovak o'tish yoki p —n o'tish deb ataluvchi elektr o'tishdan keng foydalaniladi.

Download 95.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling