Mustaqil ishi mavzu: Volt-Amper xarakteristikalari va parametrlarning temperaturaga bog‘liqligi
Download 95.16 Kb.
|
Volt-Amper xarakteristikalari va parametrlarining temperaturaga bog\'liqligi
Volt-amper xarakteristikasi
Volt-amper xarakteristikasi — tokning elektr zanjir elementiga qoʻyilgan kuchlanishiga yoki elektr zanjir elementidagi kuchlanish tushishining element orqali oʻtayotgan elektr tokiga bogʻlanishini ifodalovchi grafik: l=f(U). VAX asboblarning turiga qarab toʻgʻri chiziq yoki egri chiziq koʻrinishida boʻlishi mumkin. Agar element qarshiligi tok qiymatiga bogʻliq boʻlmasa, VAX koordinata boshi orqali oʻtuvchi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻladi. VAX yordamida asboblarning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish va ularning tegishli parametrlarini aniqlash mumkin. Elektron asboblarning qanday sxema va qurilmalarda ishlatilishi ularning VAXga qarab belgilanadi. p-n o‘tishning volt-amper xarakteristikasi p-n o ‘tish orqali oqayotgan tokning unga berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligi I= f( ) volt-amper xarakteristika (VAX) deyiladi. Umumiy holda p-n o‘tish VAXi eksponensial bog'liqlik yordamida ifodalanadi. p-n o‘tishga to‘g‘ri siljitish berilganda ishorasi musbat, teskari kuchlanish berilganda esa - manfiy olinadi. To‘g‘ri kuchlanish > 0 ,1 bo'lganida ifodadagi eksponensial tashkil etuvchiga nisbatan birni hisobga olmasa ham bo‘ladi, bunda to‘g‘ri tok kuchlanish ortishi bilan eksponensial ortadi. Teskari siljitish berilganda teskari tok kuchlanishning - 0,2 V qiymatida qiymatga yetadi va undan keyin kuchlanish ortishi bilan deyarli o'zgarmaydi. Bu tok p-n o'tishning to'yinish toki deb yuritiladi. Teskari tok to'g'ri tokka nisbatan bir necha tartibga kichik, ya’ni p-n o'tish tokni to'g’ri yo‘nalishda yaxshi, teskari yo‘nalishda esa yomon o‘tkazadi. Bundan p-n o‘tishning to‘g‘rilash, tokni bir tomonga o‘tkazish xususiyati kelib chiqadi va undan o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokga o‘giruvchi to‘g‘rilagich sifatida foydalanish imkoniyati tug‘iladi. p-n o'tishga teskari siljitish berilganda uning VAXi teskari shaxobchasida ham farq kuzatiladi. Teskari kuchlanish qiymati ortgan sari p-n o‘tish kengligi ham ortadi. Natijada issiqlik generatsiyasi hisobiga p-n o‘tishda generatsiyalanayotgan elektron-kovak juftliklari soni ortadi. Demak, teskari tok qiymati ham ortadi Eksponensial tashkil etuvchi exp[q /kT] temperatura ortishi bilan kamayishiga qaramasdan, VAXning to‘g‘ri shaxobchasi tikligi temperatura bilan ortadi. Bu ning temperaturaga kuchliroq bog‘liqligi bilan belgilanadi. Natijada berilgan to‘g‘ri kuchlanishlarda temperatura ortishi bilan tok ortadi. Amalda temperaturaning VAXga ta’siri Download 95.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling