Mustaqil ishi Mavzu


posterior) bilan shishasimon tanaga tegib turadi. Gavhaming qutblarini qo'shib turuvchi uzunligi 4 mm bo'lgan shartli chiziq gavhar o'qi (axis


Download 110.03 Kb.
bet2/2
Sana13.09.2023
Hajmi110.03 Kb.
#1676551
1   2
Bog'liq
Ko\'z

posterior) bilan shishasimon tanaga tegib turadi. Gavhaming qutblarini
qo'shib turuvchi uzunligi 4 mm bo'lgan shartli chiziq gavhar o'qi (axis
lentis), uning oldingi va orqa yuzalari qo'shilgan chekkasi gavhar ekvatori
(equator lentis) deyiladi. Gavhar moddasi rangsiz, qattiq, qon tomir va
nervlari bo'lmaydi. Uning xususiy to'qimasi substantia lentis deyiladi.
Gavhaming ichki qismi - gavhar o'zagi (nucleus lentis), periferik -
po'stloq qismiga (cortex lentis) nisbatan qattiq. Ko'z gavhari tashqi
tomondan tiniq, elastik xalta (capsula lentis) bilan qoplangan bo'lib,
gavhaming oldingi va orqa yuzalaridan boshlanuvchi sinnon boylamlari
vositasidakiprikli tanaga birikadi. Gavhaming kiprikli tanabilan birikish
qirrasiga zonulla ciliaris deyiladi. Kiprikli mushak qisqarganida xususiy
tomirli parda oldinga suriladi va kiprikli tana gavhaming ekvatoriga
yaqinlashadi, tsinnon boylami bo'shashib, gavhaming oldingi-orqa
o'lchami kattalashadi. Uning qavariqligi oshib, nur sindirish qobiliyati
ortadi. Kiprikli mushakbo'shashganida kiprikli tana gavhar ekvatoridan
uzoqlashadi, sinnon boylami taranglashib, gavhar yassilashadi va uning
nur sindirish qobiliyati kamayadi.
Shishasimon tana (corpus vitreum) gavhaming orqa tomonida joylashadi.
U tiniq, qon tomirlar va nervlari yo'q quyuq massadan iborat. Tahsqi
tomondan tiniq parda (membrana vitrea) o'ralib, asosiy modda (stroma
vitreum) va tiniq suyuqlikdan (humor vitreus) iborat. Ko'z gavhari botib
tuigan joyda chuqurcha (fossa hyoloidea) bor. Uning nur sindirish qobiliyati
ko'z olmasi kameralari suyuqligi ko'rsatkichiga yaqin.
Ko'z olmasida shox parda bilan rangdor parda o'rtasida ko'z olmasining
oldingi, rangdor parda bilan gavhar o'rtasida ko'z olmasining orqa kameralari
mavjud bo'lib, ularda joylashgan kamera suyuqligi (humor aquosus) ham
nur sindiruvchi apparat tarkibiga kiradi. Shox va rangdor pardalami o'zaro
birikkan joyda oldingi kamera taroqsimon boylam (lig.pectinatum iridis)
bilan chegaralangan. Uning tolalari orasida yassi hujayralar bilan
chegaralangan (fontanov) bo'shliq (spatia anguli iridocorneales) bo'lib,
u orqali suyuqlik oldingi kameradan shlem kanaliga,u yerdan oldingi
kiprikli venalarga oqadi. Oldingi va orqa kameralar o'zaro qorachiq
teshigi orqali qo'shiladi. Orqa kamera ki prikli belbog' (sinnon boylami)
tolalari orasidagi petit kanali bilan qo'shilgan. Bu bo'shliq (spatia
zonularia) ko'z gavhari atrofida halqa shaklida yotadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq ko'z gavhari shar shaklida bo'lib, uning oldingi
va orqa egriШarining~qalinligi bir xil bo'lib, elastik bo'lmay, qattiq o'zagi
bo'lmaydi. Gavhar xaltasi va sinnon boylami yupqa bo'ladi. Ko'z gavhari bola
hayotining birinchi yilida tez o'sadi.
Ko'z olmasi va uning hosil qiluvchi qismlari bola hayotining birinchi
yilida tez o'sib, keyin sekinlashadi.
Download 110.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling