Mustaqil ishi mehnat fiziologiyasi asoslari va hayot faoliyatining komfort sharoitlari Reja


Uchinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo‘lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi


Download 2.04 Mb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1746635
1   2   3   4
Bog'liq
Mehnat fiziologiyasi

Uchinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo‘lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi.

I. Aqliy mehnat shakli (Intellektual mehnat shakli) Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo‘lib, unga ham moddiy ishlab chiqrishga aloqador sifatida qaralmoqda.


Masalan: texniklar, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, operatorlar, ishlab chiqarishga aloqasi bo‘lmagan olimlar, vrachlar, o‘qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar.
Aqliy mehnat shundan iboratki, unda turli qismdagi ma’lumotlarning tahlil qilinishi – inson xotirasi va e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi va oqibatda bir kunlik quvvat sarfi 10 – 11,7 MJ yoki 2000 – 2400 kkal ni tashkil etadi.

Gipokeneziya – ishlab chiqarishdagi noxush omillardan hisoblanadi. Shuning uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarda yurak xastaligining kelib chiqish darajasi yuqori hisoblanadi.

Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud:


Operator, boshqaruvchi, ijodiy mehnat, tibbiyot xodimlari mehnati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar mehnati. Bular bir-biridan o‘zining mehnat jarayonidagi ishtiroki, his-hayajon darajalarining turli darajada bo‘lishligi bilan farq qiladi.
Operator ishi – zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning liniyadagi harakatlanishini va uni xaridorlarga yetkazish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Ijodiy mehnat – anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo‘lib, bunda xotira va e’tibor kuchli bo‘lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga olib keladi.


Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, dizaynerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, rassomlar, konstruktorlar kiradi.
Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo‘riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda qon bosimi, tana haroratining oshishi, organizmning kislorodga bo‘lgan tanqisligi oshishi kabi funksional o‘zgarishlar kuzatiladi.

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling