Mustaqil ishi “telekommunikatsiya texnologiyalar va kasb ta’limi” fakulteti “telekomunikatsiya texnologiyalari”


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1028280
1   2   3   4   5
Bog'liq
adhamjon

Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni
yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super 
Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida
AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous
6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib
keltirish mumkin. 



Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan
blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti
(hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari
yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm
Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan
VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va
boshqa mini Kompyuterlar misol bo‘laoladi.



Shaxsiy Kompyuterlar- hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng
foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik
ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-
1000 megagertsni, xotira hajmi 64128, 512 megabaytni tashkil qiladi. 

U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: 

sistema bloki

monitor

klaviatura

sichqoncha

tashqi qurilmalar

Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy
qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir: 

Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor
xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.

Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir
registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan
zaryadlangan holda 1 ni , aks holda 0 ni ifodalaydi.

Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu
yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki

Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi.

Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki). 

Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver) 

Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver) 

Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), 
shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat. 

Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni

ulash mumkin. 

Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM 
portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. 



Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash
ko‘rish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil ko‘rinishlari mavjud, ya‘ni ular
o‘zidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) so‘zlarini uchratish
mumkin.Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda bo‘lgan 17-
21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-ya‘ni katta video grafik adapter) 
monitorlar ishlab chiqarilmoqda.

Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan
beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 
dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli
monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar
sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan
monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa
piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga
bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. 
Ularni tez ishlashini o‘rnatish mumkin. 



Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlayotganida, 
telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi
qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa
demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy
vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos
chastotadagi elektr signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini
modem quyi va yuqori chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni
uzatishda, yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi. IBM 
rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar: 


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling