Mustaqil ishi topshirdi: Qabul qildi: Namangan2022 Is’hoqxon To’ra Ibratning “Tarixi Farg’ona” asari Reja
Asarda Farg’ona vodiysi va yirik shaharlar tasviri
Download 320.5 Kb.
|
Mustaqil ishi-2023
Asarda Farg’ona vodiysi va yirik shaharlar tasviri
Ma`lumki, XX asrga qadar tarixnavislik badiiy ijod bilan uyg’un holda rivojlandi. "Qisasi Rabg’uziy", "Tarixi muluki Ajam", "Tarixi anbiyo va hukamo", "Boburnoma", "Shajarai Xorazmshohiy" singari asarlar kabi "Tarixi Farg’ona" asari ham badiiy va tarixiy manba sifatida qimmatli va qadrli hisoblanadi. "Tarixi Farg’ona" asari bilan tanishar ekanmiz, Ishoqxon Ibratning geograf sifatida Farg’ona vodiysi, undagi shaharlarning joylashishi,ularni o`rab turgan davlatlar, tog’lar, daryolar, iqlimi, havosi, yerlari, hayvonot dunyosi, qazilma boyliklari, hunarmandchiligi va nomlarining kelib chiqishini zo`r mahorat bilan tasvirlaganining guvohi bo`lamiz. Uning o`ziga xos uslubi shundaki, Farg’ona tarixini va uning atrofidagi shaharlar tarixini berishda nima uchun aynan shu nom bilan aytilishi, kim tomonidan bunyod etilib, kim tomonidan obod etilgani, qaysi hukmdorlar taxtga o`tirganiga e`tiborni qaratadi. Har bir ma`lumotni kamida ikkita dalil asosida berib o`tadi. Bu uning sinchkov, izlanuvchan, qiziquvchan va tinib-tinchimasligidan dalolat beradi. Olim va muarrix Ishoqxon Ibrat xalq og’zaki ijodini namunalarini ham chuqur bilgan. Chunki ba’zi bir o’rinlarda fikrining isboti sifatida rivoyat, naqllardan misol keltiradi. Farg’onaning kim tomonidan bino qilinganini o’qiganimizda xuddi ertak yoki rivoyat o’qigandek bo’lamiz. Bu shahar haqidagi ma’lumotlarni berishda “Shohnoma”, “Ravzat us-safo”, “Ta’rixi Qutadg’u” asarlariga tayangan va ulardagi ma’lumotlardan o’z o’rnida foydalanib, bir-bir berib boradi. “Shohnoma”dagi ma’lumotga ko’ra, Farg’ona shahrini bino qilgan Farg’ona ismli shaxs bo’lib, u Afrosiyobning umarolaridan bo’lgan. Shu o’rinda “Afrosiyob tarixiy shaxsmi yoki to’qimami?”- degan savolning tug’ilishi ajablanarli hol bo’lmasa kerak. Chunki bu shaxs bilan bog’liq ko’pgina afsona va rivoyatlar bugungi kungacha etib kelgan. Bu masalani ayni bir yoqli qilish uchun 1991 yil “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” ro’znomasida “Afrosiyob tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy qahramon?” sarlavhasi ostida maqola chiqqan. Maqolada keltirilishicha, Afrosiyobning asl ismi haqida bahs ketadi. Ishoqxon Ibrat o`zi tug’ilib o`sgan ona yurti Namangan shahrining ham tarixiga e`tibor berib o`tadi. Evropa va Sharq olimlarining asarlarini chuqur o`rgangan adib Namangan tarixi haqida ma`lumotlar yig’a boshlashga harakat qiladi. Afsuski, biror yerda ma`lumot uchratmaganligini aytib o`tadi. Shunda adib: "Namangon asli namangon emasdur.Forsiya lafzi birla namakon - namak2 kondur. Muni ma`nisi shul ekanki, bizni Chig’atoy tilida asli gon yo`q qon yo g’on bo`ladur. Bu lafzi gon konni oson qilubdur. Yoki forsiylar ixtiloti va ham bayoni lafzi forsiy uchun gon deb mashhur va bu lafzda mazkur bo`ldi" (28,92) -degan fikrlarni aytib o`tadi. Demak, bundan fors tilida namak ya`ni tuz, kon esa so`zlashuvda gonga aylanganini tushunish mumkin. Tarixnavis olim o`zining fikrlarini asoslash uchun Namangan yeri haqida ma`lumotlar bera boshlaydi. U: "Namangon avvali holda, ya`ni mundan to`qqiz yuz yil ilgari erlarda hech kim bo`lmay yotgan biyobon - ko`l tuz bo`lub, ul vaqtda Buxoro xonlarindan Abdullohxon bu Farg’ona taraflariga kelib, har erga goh sardobalar3 kavlab, saqqoyi mo`mininga chohlarni tepasiga gumbazlar qilib, ko`b xalqqa naflik ishlarni qilgan xon ekan" (21,92), deb aytib o`tadi. Bundan shuni tushunish mumkinki, Namangan shahri joylashgan er tuzlardan iborat biyobon bo`lgan. Abdullohxon sardobalar qurish davomida biyobonning bir tomoni daryo va bir tarafi tog’ning xush havosi bo`lganini ko`rib, shu erda shahar qurishni maqsad qiladi. Daryo tomonida sho`r ko`l bo`lib yotgan tuzlar bo`lgan. Buxoro xoni og’oliq mansabida turgan kishiga amr qilib, shahar qurdiradi. Shahar namak kon deb, ya`ni tuz koni "namak kon lafzini forsiyda gon qilib yozub, namakkonni namangon deb, bir nuni zoida ilan namangon bo`ldi, asli namakkondur" deb atalgan ekan. Demak, Namangon nomi Buxoro xoni Abdullohxon nomi bilan bog’liq. Download 320.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling