Mustaqil ishi topshirdi: Qabul qildi: Namangan2022 Is’hoqxon To’ra Ibratning “Tarixi Farg’ona” asari Reja


Download 320.5 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi320.5 Kb.
#1462271
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ishi-2023



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNVERSITETI
_______________________________ fakulteti
______________________________ yo’nalishi
_____ kurs _____ guruh talabasi
___________________________________________ ning
_________________________________________ fanidan
Mavzu: ___________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________


MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: _________________________________
Qabul qildi: _________________________________


Namangan2022


Is’hoqxon To’ra Ibratning “Tarixi Farg’ona” asari
Reja:



  1. “Tarixi Farg’ona” asarining yaratilishi, tuzilishi va mavzular olami.

  2. Asarda Farg’ona vodiysi va yirik shaharlar tasviri.

  3. Tarixiy shaxslar va hukmdorlar obrazi – qiyofalari talqinida badiiylik unsurlari.

  4. “Tarixi Farg’ona” asarining badiiy xususiyatlari.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

KIRISH
XX asr o’zbek xalqi ijtimoiy- siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida buyuk o’zgarishlar, istiqlol, milliy mustaqillik uchun kurash asri bo’lib kirib kelgani barchamizga ayon. Shu davrda xalq hayoti va uning kelajagi uchun qayg’uradigan istiqlol fidoyilari avlodi yetishib chiqqan edi. Bu haqiqatlar esa avlodlardan yashirilib, yolg’on va bo’htonlar bilan qorishtirildi. Rus mustamlakasi davrida xalqimizning ma’naviyati, uning o’tmishida sodir bo’lgan voqealarni bayon etgan ajoyib farzandlari faoliyati hamisha noto’g’ri talqin etib kelindi. Mustaqillikka erishilgach, bu yolg’onlarning bariga chek qo’yildi.Vatan, millat, xalq taqdiri uchun o’z jonini qurbon etgan yurtning chinakam farzandlari nomini tiklash, ularning faoliyatini o’rganish, yozgan asarlarini tadqiq etish dolzarb muammoga aylandi. Bu borada, ayniqsa, tarixchi va adabiyotshunos olimlar zimmasiga qator masalalarni hal etish vazifasi yuklatildi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Madomiki, o’z tarixini bilgan,undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”
XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy hayotda o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lgan shaxslardan biri Ishoqxon to’ra Ibrat edi. Uning hayoti va faoliyatini o’rganar ekanmiz, Ibrat hayoti haqiqiy Ibrat maktabi bo’lganiga amin bo’lamiz. Uning serqirra ijodi, ayniqsa, “Tarixi Farg’ona” asarini g’oyaviy-badiiy jihatdan o’rganish ilmdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ibrat va uning “Tarixi Farg’ona” asarini tahlil etish bizga birinchidan, o’z tariximiz, millat hayoti, ayniqsa Farg’ona viloyati, uning tarixi, kelib chiqishi va XX asr boshlaridagi siyosiy-ijtimoiy hayotiga oid qiziqarli, hali biz uchun noma’lum voqealarni bilib olish imkonini beradi. Ikkinchidan esa, Ishoqxon Ibratning ijodkorlik salohiyati, uning badiiy so’zga munosabati masalasini oydinlashtirishga xizmat qiladi..
Tarixi Farg’ona” asarining yaratilishi, tuzilishi va mavzular olami
Ishoqxon Ibrat o`z davrining yirik muarrixi sifatida “Ta`rixi Farg’ona”, “Tarixi madaniyat”, “Mezonul - zamon” ilmiy asarlarini yaratdi. Ibrat ushbu asarlarini yaratishda Sharq tarixchilari bilan bir qatorda rus va Evropa sharqshunoslarining asarlaridan ham foydalandi.
Adabiyotshunos G’.Murodov tarixnavislikning o’ziga xos mashaqqatli ish ekanini shunday ta’kidlaydi: “Yaqin yoki uzoq o’tmish haqida asar yozayotgan ijodkor buzilib, vayron holiga kelgan tarixiy obidani qayta tiklayotgan me’morga o’xshaydi. Bunday binoni qayta tiklash uchun qo’shimcha materiallar talab qilinadi. Shundagina obida ko’hna davr me’morchiligi namunasi tarzida ko’z oldimizda namoyon bo’lishi mumkin”.
Ishoqxon to’ra ham “ko’hna davr obida”sini qayta tiklash uchun ko’pgina tarixiy ilmiy asarlarni o’rgangan. Ayniqsa, o’z salaflari tomonidan xonlarga bag’ishlangan, ularning qonli urushlarini maqtab, mubolag’a tarzida yaratilgan asarlarni, xonlarga va beklarga bag’ishlab yaratilgan dostonlarni tanqid qilgan. Shu nuqtai nazardan, uning quyidagi so’zlari tarixiy asar yaratishda ko’zda tutgan maqsadini, estetik ko’rinishlarini yaqqol ifodalaydi: “ Tarixni islom muarrixlari aksariyat ila hama tarixlari umaroiy bo’lub, jug’rofiy, madaniy yoki sanoiy bo’lmay, faqat u xonlarning urushlari birla ado qiladurlar.Binobarin men bu tariximda mubolag’aga oshurub, maktab va aqlning kosasig’a sig’adurgan so’zlarni oldim va aqlning kosasig’a sig’maydurgan so’zlarni olmay ba’zi xurofiy so’zlarni yozmay, to’g’ri so’zlarni oldim… Bu “Tarixi Farg’ona”ni yozmoqdin maqsad izhori hunar yoki musannif qatoriga kirmak yoki ta’mini tiriklik yo’lidan bo’lmay, balki bani basharni tiriklik qilish, sanoat va ziroatlari, madaniyat va badaviyatlarini xalqlarga ko’rsatmak, bizdan keyin keladurganlar o’tganlarni turmush va qilmush va bilmush ishlaridan ibrat olsun. O’z zamoni bilan o’tgan zamonni tarozu qilib, vaznini bilsun uchun va ham ilmu tarix bir ilmi ta’rifdur” (18,34).
Olimning tarixiy asarlarga bunday to’g’ri munosabatda bo’lishi, xalq hayotini haqqoniy aks ettirishiga intilishi shundan dalolat beradiki, muallif Sharq tarixnavislari bilan bir qatorda rus va Evropa sharqshunos olimlarining asarlarini ham chuqur bilgan.
Uning tarixiy asar yaratish usuliga va tarixiy voqealarga bo’lgan munosabati Xorazmda yashab ijod etgan atoqli tarixnavis olim va shoir Muhammad Yusuf Bayoniyning tubandagi so’zlariga hamohangdir: “Afsuski, mendan ilgarigi davr tarixini yozganlar. Ularning qancha – qancha ayblarini berkitib kelganlar. Asfandiyordan qo’rqib, men bu masalalar haqida (“Shajarai Xorazmshohiy” asarimda) hech narsa aytolmagan edim. Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. Tarix kitobi yozishda voqealarni yozuvchi tarafdorlik etmasdan, bo’lgan voqealarni rostlik bilan bayon etilmasa, uning so’zlari hech bir odamga ma’qul bo’lmaydi” (18,35).
Bu ikkala ijodkorning dunyoqarashidagi umumiylikni ularning bir xil ijodiy – estetik nuqtada turib ijod qilganliklaridan dalolat beradi. Bayoniyning yuqoridagi so’zlari 1920 yilda aytilgan bo’lib, Ibrat so’zlarining yanada rivojlantirilgan shaklidir.
Ibrat ushbu asarini yaratishda rus sharqshunoslari: V.V.Radlov, V.V.Bartol’d, 1863 yilda O’rta Osiyoga sayohat qilgan turkshunos, etnograf, sayyoh G.Vamberi asarlaridan foydalanish bilan bir qatorda, ularning asarlariga o’z munosabatini ham bildirgan: “…Sulton Sodiq Bug’roxon amri bilan nazm “Qutadg’u bilig” degan tarix Yusyf Hojib tarafidan uyg’urcha – o’zbek tilida yozulub, oni Rodlov ruscha, turkcha, nemischa, ko’b jildda ta’b qilgan. Mundan boshqa islomdan avval bo’lgan asarlar Farg’onada matruk1 bo’lgan, bu sababdan hozirda islomdan avvalgi hali bizga qorong’u…Bartol’d degan Peterburgdan kelib munda yurub, necha vaqtlar muomala va ma’lumotlar olib ketgan edi.Mana, tarix qilib, matbuotda nashr bo’ldi. Ko’b kishilar foyda ko’rubdurlar va so’ngidan Vamberi degan Xitoyiston Qoshg’arini aylanib chiqib, ko’b tarixlar nashr etdi, bizga tarix bo’lub turubdur. Bularni ko’rganda bizga nega o’z mamlakatimiz ning hama ishlaridan avlodi basharga bir nishona qoldurmaduk degan afsus bor” (18,35).Bundan tashqari V.P.Nalivkinning asarlaridan, ayniqsa “Kratkaya istoriya Kokandskogo xanctvo” (918,35) (Qozon – 1886 yil) asarlaridan unumli foydalangan va ba’zi o’rinlarda unga tanqidiy munosabatda bo’lgan.
Ishoqxon Ibrat ilmiy – tarixiy asarlarini yaratishda katta mas’uuliyatni his qilgan. Chunki yozgan har bir satri uchun o`zini javobgar hisoblaydi. Kelajak avlod uning har bir so`zidan o’sha davrga, shaxslar hayotiga o’z munosabatini va qarashini bilib oladi. U tarixiy voqealarni, ma’lumotlarni xolisona baholashga katta e’tibor bera olgan. Bundan shuni bilish mumkinki, olim juda ko’p sharqshunoslarning asarlarini chuqur o’rgangan va bu uning ijodiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan.
Ishoqxon Ibrat “Tarixi Farg’ona” asarida tarixiy voqealarga xon va beklarning munosabatini tasvirlashga alohida e`tibor berdi. Muallif Buxoro amiri Nasrulloning 1842 yilda Qo`qonda mash`um voqeaga qarshi chiqib qo`qon xonligi bilan birlashish va yaqinlashib kelayotgan rus bosqinining oldini olish harakatlarini qilish taklifi bilan chiqqan amir Nasrullo vazirlaridan biri Abdusamad noyibning oqilona so`zlarini keltiradi. “Xolo Xo`qand zabt o`ldi, Farg’ona katta mamlakatdur, qancha askar va sipohu xazina sarf o`lub olindi, alholda Rusiyaning kelmagi mahalliy xavfdur, agarda xonni onti aqd berib, tavba qildurub, Ho`qandga qo`yub, Buxorog’a tobe` qilib, bir mulk bizlarga kelgan dushmanlarga bir qalqon bo`lur edi”, -deganida, so`zi amirga ma`qul bo`lmay og’zig’a kafsh bilan urdurg’on ekan”(18,24).
Ishoqxon Ibrat “Ta`rixi Farg’ona” asarida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va u keltirgan fojealarga keng o’rin beradi. Ma’lumotlar asosida izohlab berishga harakat qiladi.
Ishoqxon Ibrat o`z xalqining porloq kelajakka, ozod va hur hayot qurajagiga zo`r umid va ishonch bilan qaradi. Uning ilmiy-tarixiy asarlari Vatanimiz tarixini o`rganishda, shubhasiz, zarur mo`tabar manba hisoblanadi. Olimning “Ta`rixi Farg’ona” asari katta tarixiy - madaniy ahamiyat kasb etib, o’zbek xalqining qimmatli yozma yodgorliklaridan hisoblanadi. U bu asarni qayta ishlash niyatida bo’lgani uchun, uni nashr etmagan.

Download 320.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling