Mustaqil ishi zubilo va kreytsmeyselni ishga sozlash zubiloning charxlanish burchagi


Download 399 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi399 Kb.
#1534312
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZUBILO VA KREYTSMEYSELNI ISHGA SOZLASH ZUBILONING CHARXLANISH BURCHAGI

yordamida qirqish
Zubila va bolg‘a bilan metallni qismlarga ajratish yoki uning ortiqcha qatlamini olib tashlashdan iborat chilangarlik operasiyasini qirqish deyiladi. Metallarni qirqishda kesuvchi asbob sifatida zubila va kreysmeyseldan, urish asbobi sifatida yesa chilangarlik bolg‘alaridan foydalaniladi. 
Zubila tig‘ining o‘tkirlik (charxlash) burchagi ishlov beriladigan metallning
qattiqligiga qarab tanlanadi. Masalan, cho‘yanni va bronzani qirqish uchun o‘tkirlik burchagi 70°, po‘latni qirqish uchun o‘tkirlik burchagi 60°, mis va latunni qirqish uchun o‘tkirlik burchagi 40°, rux va alyuminiyni qirqish uchun o‘tkirlik burchagi 35° li zubilalardan foydalaniladi. Zubilaning ishchi qismi va kallagi odatda birmuncha kengroq qattiqlikka toblanadi, shunda u bolg‘a bilan kuchli zarbalar berilganida qiyshayib va sinib ketmaydigan bo‘ladi. Zubilaning kesuvchi (yoki .ishchi) qismi pona shaklida uning metallga botishini osonlashtiradi Zubila xosil bo‘lgan bir sirtni zubilaning oldingi kesuvchi qirrasi, ikkinchi sirtni yesa ketingi kesuvchi qirrasi deyiladi.
Ana shu sirtlar kesishgan joyda o‘tkir milk hosil bo‘ladi va uni kesuvchi qirra deyiladi. Ular orasidagi burchak yesa o‘tkirlik burchagi bo‘ladi. Ketingi qirra bilan ishlov berilayotgan sirt o‘rtasidagi burchak asbob bilan ishlanayotgan detal orasidagi ishqalanishning oldini oladi va uni ketingi burchak deyiladi. O‘tkirlik va ketingi burchaklar hosil qilgan burchak burchagini qirqish burchagi deb ataladi.Qirqish vaqtida bolg‘ani o‘ng qo‘l bilan dastasining uchidan 1520 mm qoldirib ushlash lozim (7-rasm).
Qirqishda bolg‘a bilan urishning uch xil usuli qo‘llanadi. Ularni: panja zarbi, tirsak zarbi va yelka zarbi deb ataladi . Panja zarbi faqat qo‘l panjasining harakati bilan amalga oshiriladi va bu usul juda yupqa qirindilar chiqarishda, g‘adirbudirlarni hamda ozgina bo‘rtiqlarni yo‘qotishda qo‘llanadi. 
Tirsak zarbi qo‘lning tirsakdagi harakati bilan (qo‘l barmoqlarini yozib va siqib, panjani, bilakni, yuqoriga ko‘tarib va pastga tushirib) bajariladi. Metallni plita ustida qirqishda yaroqsizlikka 
yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi talablarga ye’tibor berish lozim: 
1. Zubilaning qirrasi dumaloqlangan bo‘lishi kerak. 
2. Qirqish chizig‘i reja chizig‘idan 2—3 mm naridan utishi lozim. 
3. Qirqishda foydalaniladigan plitada yoriqlar va chuqurchalar bo‘lmasligi kerak. 
4. Zubila va bolg‘a to‘g‘ri ushlash qoidalariga rioya qilish shart. 
1. Faqat sozlangan asbob bilan ishlash lozim. Zubila va bolg‘aning uriladigan qismlarida 
yoriqlar hamda g‘adir-budirlar bo‘lmasligi kerak. 
2. Bolg‘a dastasi yorilmagan va u mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 
3. Jarohatlanishning oldini olish uchun zubilaning yuqorigi uchiga rezina halqa kiydirilishi 
shart. 
4. Qirqishni himoyalovchi yekran va himoyalovchi ko‘zoynak bilangina bajarish mumkin. 
5. Ishlovchining orqasida turish mumkin emas. 

Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling