Mustaqil ishlarni tashkil etish
Download 69.71 Kb.
|
mustaqil ishlarni tashkil etish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va atamalar
Aim.uz Mustaqil ishlarni tashkil etish.
Ma`lumki, O`MKHT markazining akademik litsey va KHKlarida o`quvchining mustaqil ishini tashkil etish to`g`risida 2005 yil 17 avgustda 192-sonli qaror qabul qilingan bo`lib, unda quyidagi umumiy qoidalar belgilab chiqilgan. Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi «O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida»gi 400-sonli qaroriga muvofiq Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, o`kuvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy va ijtimoiy faollikka, kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirishda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va nazorat qilish tartibini belgilaydi. -O`quvchilarning mustaqil ishi o`quv rejasidagi umumta`lim, umumkasbiy va maxsus fanlarni o`zlashtirish uchun belgilangan o`quv ishlarining ajralmas qismi bo`lib, uslubiy, ilg`or pedagogik va axborot resurslari jihatdan ta`minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. -O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida o`quvchilarning haftalik mustaqil ishlarining umumiy hajmi 16 soatni tashkil etadi. -O`quv semestri yakunida o`quvchining mustaqil ishi bo`yicha to`plagan reyting ballari har bir fan bo`yicha auditoriyadagi o`quv ishlariga berilgan reyting ballari bilan birgalikda guruh reyting qaydnomasida, o`quvchining reyting daftarchasida (qaysi fandan mustaqil ish bajarilganligi aniq ko`rsatiladi) va o`qish yakunida bitiruvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o`quvchilari mustaqil ishining asosiy maqsadi fan o`qituvchisining rahbarligi va nazorati ostida o`quvchi umumta`lim va kasbiy fanlar, kasb va ixtisosliklar bo`yicha nazariy va amaliy ishlarni mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, fikrlash va ijodkorligini oshirish, axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan mustaqil ishlash qobiliyatlarini yuksaltirishdir. O`quvchining mustaqil ishini nazorat qilish va baholash Tayyorlov yo`nalishlarining fanlari bo`yicha o`quvchi mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi (ishchi o`quv rejasida keltirilgan) fan o`qituvchilarining shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bo`limida 1440 soat doirasida aks ettiriladi. O`quvchi mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedralarda tuziladigan konsul tatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi. O`quvchi mustaqil ishini nazorat qilish o`quv mashg`ulotlarini bevosita olib boruvchi o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. O`quvchining mustaqil ishi «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risidagi nizom»ga muvofiq joriy nazorat sifatida baholanadi. O`quvchining mustaqil ishi kafedra arxivida ro`yhatga olinadi va o`quv yili mobaynida saqlanadi. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida mustaqil ishlarni mazmunli va sifatli bajargan o`quvchilarni ma`naviy va moddiy jihatdan rag`batlantirilib boriladi. Aim.uz Download 69.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling