Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Download 20.35 Kb.
|
MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI
MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o’qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat) tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; maket, model va namunalar yaratish; ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k.. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar, masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha amaliy masala va misollar yechish uslubi va mustaqil yechish uchun masalalar keltiriladi. «Ekologik menejment» bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga berilgan vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. Fan bo’yicha talabalarga mustaqil ish uchun 60 soat ajratilgan. Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida o’zlashtirish; amaliy mashg’ulotlar uchun topshirilgan, mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o’quv loyihalarini Axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish ob’ekti bo’lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlarini to’plagan holda bajarish; ilmiy-amaliy anjumanlarga ma’ruza tezislari va ilmiy maqolalarni tayyorlash. Yozma ko’rinishdagi ishlarni to’g’ri rasmiylashtirish ko’nikmalarni rivojlantirishdir.
A) bibliografik qayd etilishi: - F.I.SH.ning nomi; - nashriyot, yil; - sahifalar soni. B) Referat matni: - mavzu, muammo, referat qilinadigan ish predmeti, maqsadi va mazmuni; - tadqiqot usullari; - aniq natijalari; - ish natijalarini qo’lannish sohasi. «Ekologik menejment» fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va fan bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlariga rejalashtirilgan mustaqil tahlim mavzulari quyidagi ko’rinishida shakllantirilgan. «Ekologik menejment» fanidan mustaqil ta’lim sifatida o’rganiladigan quyidagi mavzular tavsiya etiladi: Download 20.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling