Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 0.54 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1593136
Bog'liq
Maxsus 4- mustqil ish


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi mumkin:



  • o’quv - metodik qo’llanmalarga taqriz yozish;

  • seminar, ma’ruza, topshiriqlar matnini yozma tarzda bajarish;

  • pedagogik masalalarni yechish, ilg`or o’qituvchilar tajribasini o’rganib, ular faoliyatidan namunalar keltirish;

  • tanlagan mavzu bo’yicha ma’ruzalarda berilgan ma’lumotlarni ilmiy metodik adabiyotlardan foydalanib, to’ldirish;

  • ilmiy metodik adabiyotdagi ta’lim tarbiya masalasiga doir mavzuni mustaqil o’rganib, fikr yuritish, tahlil qilib, fikrlarini isbotlash;

  • chuqurlashtirilgan yakka tartibdagi dasturlar bilan tanishish va ularni o’zlashtirish;

  • maxsus fanlarni o’qitish metodikasining nazariy - metodologik asoslarini mustaqil o’qituvchi tavsiyasiga qarab o’rganish;

  • o’qitish shakllarini turli xilda o’zgartirish (ijodiy darslar namunasini tuzish);

  • dars ishlanmasi (konspekti)ni tuzish;

  • o’quvchilar bilim, ko’nikma, malakalarini reyting usulida baholash;

  • jadval tuzish, o’tmish allomalarining pedagogik faoliyatiga oid ma’ruza matni tuzish;

  • kalendar-mavzuli reja tuzish metodikasini egallash, dars jarayonida o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash metodikasini o’zlashtirish kabi metodik ishlarni olib borish;



Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari quyidagilardan iborat:



  1. O’qitish shakllarini turli xilda o’zgartirish (ijodiy darslar namunasini tuzish);

  2. Dars ishlanmasi (konspekti)ni tuzish;

  3. O’quvchilar bilim, ko’nikma, malakalarini reyting usulida baholash;

  4. O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog`liqligini yoritish.

  5. Talabalarning yoshi va individual imkoniyatlarini hisobga olish.

  6. Ta’lim metodlari va o’qituvchi hamda tahsil oluvchining yagona maqsadga erishish borasidagi o’zaro hamkorlik faoliyatlari.

  7. Faol o’qitish metodlari bo’yicha dars tahlili.

  8. Maxsus fanlardan o’quv maqsadlarini belgilash.

  9. Kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan bironta maxsus fanni tanlab o’quv va didaktik materiallarni tayyorlash.

  10. Maxsus fanlardan amaliy mashg`ulotlarni o’tkazish metodikasi. O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholashning zamonaviy metodlari.

  11. Maxsus fanlardan namunaviy mustaqil ishlar ishlab chiqish.

  12. Kasb-hunar kollejlarida maxsus fan darslarini tahlil qilish.

  13. Maxsus fanlardan faol usullarni tanlash.

  14. Ixtisoslik fanlarni tahlil qilishni o’rganish.

  15. Maxsus fan bo’yicha mustakil ishlarni metodik tashkil etish.

  16. Maxsus fanni o’qitishda zamonaviy didaktik vositalardan foydalanishni metodik tashkil etish.

  17. Maxsus fan bo’yicha o’quv uslubiy majmuani ishlab chiqishning metodik asoslarini tashkil etish.

  18. Maxsus fanlarni o’qitishda faol usullarni qo’llashni metodik tashkil etish.

  19. Maxsus fanlar bo’yicha muammoli o’qitish texnologiyasini metodik tashkil etish.

  20. Kasb-hunar kollejlarida maxsus fan bo`yicha mustaqil ishlarni metodik tashkil etish.

4 - MUSTAQIL ISH

Mavzu: O‘QITISHDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING BOG‘LIQLIGINI YORITISH – 6 soat


Topshiriq.
1. Tanlangan ta’lim yo‘nalishi haqida tushuncha bering.
2. O‘qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligini yoritish.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Olimov Q.T. va boshqalar. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. T., Fan, 2012. – B. 172.


2. G.K.Kulidjanova, S.S.Musayev. Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi. Toshkent, «Gafur Gulom», 2002.
3. E.Olimboyev, Sh. Davirov. O’zbekiston to’qimachilik sanoati mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. T., 2002 y.
4. Ҳалимахон Алимова, Габриеле Ментгес, Лола Шамухитдинова. Перспективы узбекской текстильной культуры: традиции и инновации.

  1. Jrats woven silks from Central Asia. The Ray Collection. – Cambridg, 1998.



Internet saytlari
6. http://www.ziyo.net/
7. http://www.odejda.com/


Mustaqil ishga qo’yilgan talablar

Talabalar berilgan mavzu bo’yicha quyidagi savollarga javob yozishlari kerak:
1. Tanlangan ta’lim yo‘nalishihaqidatushunchaberadi
2. O‘qitish jarayonini qanday tushunasiz?
3. O‘qitish jarayoni necha bosqichdan iborat va qaysilar?
4. Ta’limda tashkiliy shart-sharoitlar qaysi talablarni o‘z ichiga oladi?
5. Darsning mazmuniy va didaktik tuzilishi asosini nima tashkil etadi?


Uslubiy tavsiyalar
Mavzu bo’yicha berilgan savollarga og’zaki ravishda javoblar beriladi. Tanlangan ta’lim yo‘nalishi haqida tushuncha beradi. O‘qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi yoritiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling