o„tkazilgan tadbirlar haqidagi ma‟lumotlar yoritildi.
Institut veb-
saytida «Konstitutsiyaviy islohotlar» (lpri.uz/constitutional-reforms/)
maxsus rukni yo„lga qo„yildi va hozirga qadar ushbu ruknga hamda Institutning
telegramm va feysbuk ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga konstitutsiyaviy
islohotlarga doir
jami 300 dan ziyod material joylashtirilgan bo„lib, mazkur
ma‟lumotlar bilan tanishganlar umumiy soni 70 ming nafardan ortiqni tashkil
etmoqda.
Muxtasar
aytganda,
umumxalq
muhokamasi
davrida
fuqarolarimizdan
konstitutsiyaviy qonun loyihasiga jami 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushganligi
xalqimizning konstitutsiyaviy islohotlarga daxldorlik hissi yuqori darajaga
chiqqanligini ko„rsatib turibdi.
Men bu jarayonlarni bevosita kuzatar ekanman, bir narsaga quvondim:
boshlanayotgan
yangi
davrdagi
o„zgarishlarga
vatandoshlarimiz
befarq
bo„lmasdan, o„zlari tashabbuskor bo„lib ko„plab takliflar bermoqda va islohotlarni
faol qo„llab-quvvatlamoqda. Ulardan kelib tushgan hech bir taklifni e‟tiborsiz
qoldirmasdan, Asosiy qonunimizni takomillashtirish jarayonida, albatta, inobatga
olishimiz
zarur.
To„rtinchi – Konstitutsiyaga o„zgartish va qo„shimchalarni referendum orqali qabul
qilish bosqichi
Umumxalq muhokamasi yakunlanganidan keyin konstitutsiyaviy qonun loyihasi
referendum yo„li bilan qabul qilinadi. Shu o„rinda «Parlamentda Konstitutsiyaga
o„zgartish kiritish vakolati yo„qmi?» degan savol tug„ilishi mumkin. Amaldagi
Do'stlaringiz bilan baham: |