partiyalar vakillari mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning mantiqiy davomi
bo„ladigan chinakam hayotiy takliflar bilan chiqdi. Jumladan, inson qadr-qimmati,
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, xususiy mulk muhofazasini,
mamlakatda millatlar va elatlararo totuvlikni kuchaytirish, mahallaning o„rni va
maqomini oshirish, oila institutining ahamiyati, davlat yoshlar va gender siyosatini,
innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy sohaga investitsiyalar hajmini
kengaytirish, shuningdek, Orol dengizi qurishi bilan bog„liq vaziyatda insonning
ekologik huquqlari, xalqimizning hozirgi va kelajak avlodlarining qulay va toza
atrof-
muhitga bo„lgan huquqlarini ta‟minlash kabi qator masalalarni Konstitutsiyada
aks ettirish dolzarbligi ta‟kidlandi.
O„zbekiston Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiyaga
rioya etilishining kafili sifatida aholining ushbu takliflarini amalga oshirish uchun
konstitutsiyaviy islohotlarni o„tkazish g„oyasini ilgari surdi. Shu bilan birga,
Konstitutsiyani yangilashdek g„oyat muhim, strategik vazifani hal etishda yetti
marta emas, yetmish ma
rta o„ylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlashgan
holda, yurtimiz va jahondagi ilg„or tajribalarni chuqur o„rganib, aniq qaror qabul
qilish zarurligini ta‟kidladi.
Prezidentimizning «O„zbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishgan
barcha
yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo„lib kelmoqda. Buni
hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Konstitutsiyamiz xorijiy ilg„or
tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos keladi. Bunga
hech qanday shubha yo„q», deb e‟tirof etgani konstitutsiyaviy vatanparvarlikning
Do'stlaringiz bilan baham: |