Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoralovchi Oqlovchi
Ota va o„g„il suhbatidan ayon bo„ladiki, toj-taxt, boylik Abdullatif ko„ngil ko„zini ko„r qilib, iymonidan ayiradi. Shahzoda maqsadiga yetishish uchun hatto zimmasidagi farzandlik, og„alik burchini ham yodidan chiqarib qo„yadi. Ulug„bek taxt qo„lidan ketganiga aslo achinmaydi, balki zurriyodining kelajagidan xavotirlanadi. Yoshlik qilib yo„l qo„ygan xatolari tufayli badnom bo„lib qolmasligidan tashvishlanadi. Chunki u shoh bo„lsa ham oddiy insonlar kabi mehribon va kuyunchak ota. Mavzu asosida tashkil qilinadigan taqdimotda guruhlarga muammoning oqibatlari haqidagi fikr-mulohazalarini quyidagicha jadvalga qayd etish vazifasi topshiriladi: 1 Shermuhamedov P. Tarixning ruhiy muammosi. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –195-bet. 25 Qoralovchi Oqlovchi Abdullatif qilmishlari nafratga loyiq. Uning xalqiga, qondoshlariga, otasiga xiyonati jazosiz qolmadi. “Qilmish- qidirmish” – diyonatsiz o„g„il umrining xotimasi. Shahzoda kechirilmas xatoga yo„l qo„yib, qabihlikka qo„l urganidan cheksiz pushaymon. Vijdon azobiga tushishdan ortiq jazo yo„q, albatta. Tahlil yakunida quyidagicha xulosaga kelinadi: Bu dunyoda insonlardan faqat yaxshi nom qoladi. Qilingan ezgu ishlar ila insonlar nomi umrboqiydir. Yovuzliklar esa faqat tavqila‟natga loyiq. Bu esa Mirzo Ulug„bek faoliyati va Abdullatifning ayanchli qismati misolida yaqqol namoyon bo„ladi. Xulosa qilganda, adabiy ta‟lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish mustaqil tafakkurli Barkamol shaxsni tarbiyalash va yosh avlodning jamiyat oldidagi fuqarolik burchini anglatishga xizmat qiladi. 1.2-§. Badiiy asar tahliliga tayyorgarlik bosqichlari Ifodali, sharhli, badiiy o„qish, hikoya qilish, suhbat o„quvchilarni tahlilga tayyorlaydi va asarning g„oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga, yozuvchining mahorati xususida tasavvur uyg„otishga yordam beradi. Tahlil uchun o„qituvchi qanday usulni tanlamasin, g„oyaviy-badiiy muammolar, bosh qahramonlar, ularning taqdiri va muallifning hayotga qarashi diqqat markazida bo„lishi lozim. Asar tahliliga kirishayotib o„qituvchi ishning asosiy bosqichlarini belgilash bilan quyidagi masalalarni nazarda tutadi: – tahlilning maqsad va mazmunini (o„quvchilar nimani va qanday maqsadda o„rganadi) aniqlashi; – ishni tashkil qilish rejasini tuzishi (mashg„ulot bosqichlarini rejalashtirish, topshiriqlar tizimini ishlab chiqish); – o„quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish jarayonlarini e‟tiborga olishi kabilar. Adabiyot o„qitish metodikasida kirish mashg„ulotlaridagi o„qituvchi so„zi, asar ustida ishlash va yakunlovchi mashg„ulotlar tahlilga tayyorlash bosqichlari sifatida qaraladi. 6-sinfda Mirpo„lat Mirzoning “Irmoq” 1 she‟rini mustaqil o„rganish maqsadini belgilashda shoir poetik olamiga nigoh tashlash orqali umr haqidagi falsafasi anglanishi nazarda tutiladi. She‟rda tasvirlanishicha, nogoh osoyishta, bamaylixotir yo„lida davom etayotgan zilol irmoq qarshisida shiddatli bo„tana paydo bo„lib, uni o„z domiga tortadi. Lojuvard irmoq jonholatda o„zini har yonga urib mavjlanmasin, cho„ng nahrning shafqatsiz to„lqinlari qarshisida ojiz qolib, loyqa muhitga qo„shilib ketadi. Shu zaylda mahv etilgan irmoq ko„z yoshi to„ka-to„ka qismatiga ko„nika boshlaydi. Chorasizki, na beayov bahri muhit ichida o„z yo„lini topa biladi, na daryo suvini toza qila oladi... 1 Мirpo„lat Mirzo. Saylanma. She‟rlar. –Т.: Sharq, 2004. –197-bet. 26 Irmoq taqdirini xuddi A.Oripovning “Tilla baliqcha” she‟ridagi baliqchaga ravo ko„rilgan hayot tarzi bilan qiyoslash mumkin. Muallif irmoq va daryo obrazlari orqali haqsizlik, zo„ravonlik inson hayotini tubdan o„zgartirib yuborishi, erksizlik ulkan halokat ekanligini majoziy yo„sinda aks ettiradi. She‟r tahlili bosqichlarini “Birgalikda o„rganamiz” (“Koop-koop”) usuli talablariga muvofiq quyidagicha rejalashtirish mumkin. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling