Mustaqil O‘zbekiston davlat


Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi


Download 64.5 Kb.
bet2/4
Sana29.01.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1137732
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston mustaqil davlat

Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekistonning tamomila yangi konstitutsiyasini tayyorlashga turtki bo‘ldi. Aynan Oliy Sovetning ushbu ikkinchi sessiyasida mustaqillik g‘oyalari va tamoyillariga tayangan holda davlatimizning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiyani tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq O‘zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga molik islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishidan ancha avvalroq boshlangan edi. Ma’lumki, 1990-yil 24-martida O‘zbekiston Prezidenti lavozimi ta’sis etilishi ana shunday islohotlarning dastlabkisi edi. Prezidentlik boshqaruvining ta’sis etilishi «sovetlar» hukmron bo‘lgan davlat boshqaruv shakliga barham berib, amalda davlatimizning prezidentlik respublikasi shakliga o‘tishini anglatardi. Prezidentlik institutining kiritilishi davlat hokimiyati vakolatlarining yangicha taqsimlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiyaboshqaruv hokimiyatining tizimi takomillashtirildi. Jumladan, 1990-yil 1noyabrda «O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq, Prezidentlik hokimiyati bilan Respublika Ministrlar Soveti birlashtirilib, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Ijroiya hokimiyat Prezident qo‘lida mujassamlashdi. U ham hukumat rahbari, ham davlat boshlig‘i bo‘lib qoldi. Navbatdagi konstitutsiyaviy islohot qadami viloyatlar, shaharlar va tumanlarda davlat hokimiyatining vakillik hamda ijroiya idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlar lavozimini ta’sis etishdan iborat bo‘ldi.
Ayni vaqtda, 90-yillarning boshlarida Sobiq Markazni saqlab qolish, uning mavqeini kuchaytirish yo‘lidagi harakatlar davom ettirildi. Totalitar tuzum tarafdorlari jon-jahdlari bilan talvasali urinishlar qildilar. Xususan, 1991-yil 19–21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga harakat qilib ko‘rildi. To‘ntarishni uyushtirgan shaxslar mamlakatda boshboshdoqlik va parokandalik avjiga chiqqan paytdan foydalanib qolmoqchi bo‘lishdi. Ular markazda hokimiyatni qo‘lga olib, Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP)ni tashkil etdilar. O‘sha davrdagi SSSR hududida g‘ayrikonstitutsiyaviy siyosat yurita boshladilar.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling