Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja


Download 286.3 Kb.
bet1/4
Sana19.01.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1101889
  1   2   3   4
Bog'liq
Shohsanam

Namangan Abu Ali Ibn Sino jamoat salomatlik texnikumi Hamshiralik ishi 102-guruh talabasi Nuriddinxoʻjayeva Shohsanamning tarix fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.

Reja:

  • O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi. Mustaqillik to‘g‘risida Referendum.
  • 2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar

    3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.

O‘ZBEKISTON DAVLAT MUSTAQILLIGINING E’LON QILINISHI. MUSTAQILLIK TO‘G‘RISIDA REFERENDUM.

XX asrning so‘nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverentetini va inson hukuklarini poymol kilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi.

I.Karimov xalq hohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989-yil 28-oktabrda Respublika Oliy Kengashida O‘zbekistonning davlat tili haqida qonuni qabul qilindi.

Respublikadagi barcha rasmiy xujjatlar o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi1.1990-yillarning boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish bosh masala bo‘lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi. 1990-yil oxirlariga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari mustaqillik to‘g‘risidagi talablarni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga ko‘ndalang qilib qo‘yganlaridan so‘ng Prezident M.


Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling