Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja
Download 286.3 Kb.
|
Shohsanam
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mustaqillikkacha bo‘lgan davr bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish, istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish, ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qo‘lga kiritilganini idrok etish masalalarga chuqur yondashish zarur edi 3.Ana shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O‘zbekiston rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar.Ayniqsa, Birinchi Prezident I.Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi , uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o‘rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi. Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19-avgust kuni Toshket shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi.1991-yil 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston SSR Prezidenti xo‘zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi.Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O‘zbekistonning mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi. Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi.Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling