Polsha — 249 mln dollar (6,4 foiz);
Latviya — 232,7 mln dollar (6 foiz);
Chexiya — 199,3 mln dollar (5,1 foiz);
Ispaniya — 157,8 mln dollar (4,1 foiz);
Vengriya — 115 mln dollar (3 foiz);
Avstriya — 105,9 mln dollar (2,7 foiz) va boshqalar.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportining asosiy hajmi Polsha (umumiy eksportning 15,9 foizi), Germaniya (12,9 foiz), Niderlandiya (12,5 foiz), Litva (12,0 foiz), Latviya (9,9 foiz), Italiya (7,2 foiz) kabi mamlakatlarga jo‘natiladi.
Yevropa Ittifoqi davlatlaridan O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning asosiy yetkazib beruvchilari Germaniya (umumiy importning 20,9 foizi), Litva (13,2 foiz), Italiya (11,7 foiz), Fransiya (7,8 foiz), Niderlandiya (6,6 foiz), Latviya (5,3 foiz) va boshqalar hisoblanadi.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksporti sezilarli darajada oshganiga qaramay, import hajmi eksport hajmidan bir necha baravar yuqori. Masalan, 2021-yilda deyarli 6 barobar ko‘p edi.
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |