Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti sirtqi ta`lim 060-22-gurux 1-kurs talabasi xudayberganova umidaning mutaxasislik bo`yicha tayyorlagan taqdimoti mavzu: Umumta’lim maktablari kutubxonalari ishini to’g’ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan


Download 1.07 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1539029
  1   2   3   4
Bog'liq
Mutaxasislik bo`yicha taqdimot



 
KUTUBXONA-AXBOROT FAOLIYATI FAKULTETI SIRTQI TA`LIM 060-22-GURUX 1-KURS TALABASI XUDAYBERGANOVA UMIDANING MUTAXASISLIK BO`YICHA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI 
Mavzu: Umumta’lim maktablari kutubxonalari ishini to’g’ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi, kutubxona hodimlariga qo’yiladigan kasbiy talablar
R E J A:
1. Umumta’lim maktabi kutubxonachisining lavozim yo’riqnomasi.
2. Umumta’lim maktab kutubxona hodimlariga qo’yiladigan kasbiy talablar.
3. Maktab, ota-ona va o‘qituvchilar hamda boshqa AKM, milliy madaniy markazlar bilan o’zaro hamkorlik
Maktab kutubxonachisining asosiy vazifasi o‘quv-tarbiya jarayonini kutubxona va axborot xizmati ko‘rsatish vositalari orqali ta’minlash va Xalq ta’limi bo‘lim mudiriga, maktab direktoriga hamda oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalarni hal etishda yordam ko‘rsatish hisoblanadi.
Maktab kutubxonachisi maktab direktori tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi. Kutubxonachi bevosita viloyat Axborot-resurs markazi, tuman, shahar Xalq ta’limi bo‘limi o‘quv va darsliklar bo‘yicha metodistiga, maktab direktori, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Umumta’lim maktabi kutubxonachisining lavozim yo’riqnomasi
Maktab kutubxonachisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ta’limni boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari, umumta’lim muassasasi rahbariyatning buyruqlari, faoliyati to‘g‘risidagi Nizomda ko‘rsatilgan ichki tartib –qoidalariga amal qiladi.
 
- kutubxona ishi sohasida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
- shaxsiy kompyuterlar bilan ishlash ko‘nikmasiga, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi va Internet bilan ishlash bo‘yicha asosiy tushunchalarga ega bo‘lishi;
- kasbiy fanlar ( kutubxona ishining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik, informatika) sohalaridan bilimlarga ega bo‘lishi;
- kutubxonalar faoliyatining qonuniy asoslari va bolalar huquqini himoya qilish bo‘yicha qonun-hujjatlari yuzasidan bilimlarga ega bo‘lishi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling