Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti sirtqi ta`lim 060-22-gurux 1-kurs talabasi xudayberganova umidaning mutaxasislik bo`yicha tayyorlagan taqdimoti mavzu: Umumta’lim maktablari kutubxonalari ishini to’g’ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan


o’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur


Download 1.07 Mb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1539029
1   2   3   4
Bog'liq
Mutaxasislik bo`yicha taqdimot

o’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur
 
Kutubxonachi – psixolog bo’lishi zarurligi, psixologik ta’sir- foydalanuvchilarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlarini o’rganish orqali uning ehtiyojini aniqlaydi va kutubxonaga jalb eta oladi. Kutubxonachining foydalanuvchiga motivatsiya o’tkazish orqali kutubxonaga jalb etishi oson kechadi va kitobga bo’lgan munosabatini o’zgartira oladi.
Kutubxonachi – har ishda tashabbuskor, tashkilotchi bo’lishi zarur, chunki bugungi kuning talabi va maqsadiga bu orqali erishish mumkin. Yangidan-yangi tashabbuslar, g’oyalar, fikrlar ishni oldinga siljishiga imkoniyat yaratadi.
Kutubxonachi – layoqatli bo’lishi zarurligi, chunki layoqatlar asosida iqtidor va qobiliyatlar rivojlanadi. Har doim ham qobiliyat va iqtidor egasi har qanday vaziyatda qobiliyati va iqtidori bilan g’olib chiqadi.
Kutubxonachi – o’z-o’ziga tanqidiy ko’z bilan qarashi lozim, sababi o’z ishidan qoniqmaslik, yana bir yangi bir g’oyaning kelib chiqishiga, o’z ustida ishlashiga turtki bo’ladi.
Kutubxonachi «universal» kutubxonachi bo’lishi shart va zarur. Albatta, bunday qobiliyat, iste’dod har bir kutubxonachida bor, faqatgina kutubxonachidan ozgina harakat, bilim va malaka zarur.
KO’P NARSA KUTUBXONACHINING SHAXSIY SIFATLARIGA HAM BOG’LIQDIR.
Ular bir tomondan axborot- kutubxona faoliyatida ishlash natijasida xosil bo’lgan umumiy xarakterlar: konservatizm, tartibni sevish, bilimlarni tizimlashtirish, avtoritetlarni xurmatlash, kasbi bilan faxrlanish, etikaga rioya qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan kutubxonachining individualligi, ichki qarashlar, qaror qabul qilishdagi qat’iylik, jamoadagi muxit va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishda axloqiy me’yorlarga rioya qilish kabilar kiradi. SHu bilan birga foydalanuvchilar bilan muloqotda kutubxonachilik odob -axloqi xam katta rol o’ynaydi. Kutubxonachining kasbiy odob- axloqiga kutubxonaga tashrif buyuruvchilar, ularning ijtimoiy statusi, egallab turgan mansabi, yoshi, tashqi ko’rinish va boshqalarga qaramasdan barchasiga birday samimiy va hurmat bilan muomala qilishga rioya etish kiradi.
Shu bilan birga, kasbiga xos xususiyatlarga ega bo’lishi vazminlik, ko’ngilchanlik, iltifotlilik, o’z fikrni aniq yetkazib berishni bilishi, kutubxonadan foydalanuvchini qiziqtirgan mavzuda suxbat olib bora olishi,o’z nuqtai nazarini asoslab bera olishi kerak.

 
Foydalanilgan adabiyotlar.
  • O.Qosimova. Umumiy kutubxonashunoslik. Toshkent.1994.
  • D.A.G`aniyeva. Kutubxona faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari. Toshkent. 2018.
  • lex.uz
  • natlib.uz

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling