Mustaqil О’zbekistonda tarix falsafasi
Download 81.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMustaqil О`zbekistonda tarix falsafasi
Mustaqil О`zbekistonda tarix falsafasi Reja:
Tarixni xolisona о`rganish masalasi. Milliy о`zlikni anglashda tarixni tutgan о`rni 3. Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi. Birinch Prezident I. Karimov tarixga munosabatni tubdan о`zgartirish hayot taqozosi ekanligini dolzarb masala qilib kо`tardi. Yurtboshimiz о`tmishimizni qayta kо`rib chiqib, uni butunlay yangi nazar bilan g`alvirdan о`tkazishni kun tartibiga qо`ymoqda, buning quyidagi asoslari bor. Birinchidan, bugungi О`zbekiston jahon xaritasida endigina paydo bо`lgan tasodifiy mamlakat emasligini uning ildizlarini nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga kо`rsatish va farzandlarimiz ongiga singdirish. Ikkinchidan, sobiq shо`ro siyosati va kommunistik mafkura taziyqi bilan soxtalashtirilgan tarixni о`z о`rniga qо`yish, tarix haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. Unga munosib baho berish lozim. Uchinchidan shu asosda halqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz qalbida milliy g`urur, milliy iftixor, о`z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg`ularini kuchaytirish. Buyuk о`tmishga munosib buyuk millat bо`lish ertangi kunga katta ishonch va istiqlol g`oyalariga etiqod bilan yashashni turmush tarziga aylatirish. Hammamizga malumki, shо`ro hukumati davrida halqni ataylab savodsizlatirish о`z о`tmishidan ajratib qо`yish ajdodlari, naslu nasabi va butun tarixidan bexabar qilish siyosati darajasiga kо`tarilgan kommunistik mafkuraning butun mazmun mohiyatini tashkil etgan edi. Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bо`lib, malumotnoma tusini olgan edi. Ijtimoiy – siyosiy jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy sanalargina sinab о`tish kabi tarix fani metadologiyasi yaratildi. Bu metadologiyaning asosiy maqsadi odamlar ongini zaxarlash ularni fikrini chalg`itishdan iborat edi. Natijada millatlarni yо`q qilib tasdiqlash, fuqarolar qalbidagi milliy g`urur milliy iftixor tug`ularini sо`ndirish ularni dunyoqarashini chegaralab qо`yish uchun harakat qilindi. О`ziga ham о`tmishiyu kelajagiga ham befarqlik loqaydlilik bilan qaraydigan aholi qatlami “tarbiya” lab yetishtirildi. Ana shunday noqobil va g`ayriinsoniy siyosat barbod bо`lgach, endi о`z tariximizni qaytadan tiklash uni ilmiy, tarixiy va hayotiy haqiqat nuqtai nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning о`zi talab qilmoqda va bunga homiylik qilmoqda О`zbekiston Fanlar akademiyasi tarix insitutining О`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni qaytadan tashkil etish tо`g`risidagi siyosiy qadriyatni manaviy va ijtimoiy ahamiyatini alohida takidlash joiz. Xukumat qarori va shaxsan Birinch Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “О`zbekistonning yangi tarixi” markazining ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Endi biz muarrixlar oldida ham tadqiqotchilik, ham fuqarolik burchi turganini, bir yelkamizda tarixga xolislik, ilmiy haqiqat bilan qarash yuki, ikkinchi yelkamizda esa Vatan va Millat oldidagi javobgarlik о`tmishimizni asrash, ajdodlar ruxini ezozlash va kelgusi avlod oldidagi qarzdorlik yuki borligini butun vujudimiz bilan anglamog`imiz kerak. Zotan, Birinch Prezident I. Karimov xam tarix sohasida mehnat qilayotgan olim mutaxasislarga murojat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki u halqimizga manaviy kuch – qudrat baxsh etsin, g`ururini uyg`otsin. Biz tariximizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug` g`oya kerak. Bu g`oyaning zamirida halqimizning о`zligini anglash yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib – esa о`zlikni anglash mumkin emas – degan edi. Milliy о`zlikni anglashda tarixni tutgan о`rni. О`zlikni anglash eng avallo о`tmishni, о`rganishdan, tarixni bilishga ehtiyoj sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, о`zini anglayotgan о`zini tushunayotgan xar bir odam qanday oilada dunyoga kelgani, о`z ajdodlari kimlar bо`lgani, ota – bobolari nimlar bilan shug`illanganligi va qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib yashaydi. Hayotda abadiy yashaydigan mavjudod yо`q jamiki mavjudodning ibtidosi va intihosi bor. Ana shu ibtido va itiho о`rtasidagi voqelik hayot tarixiga aylanadi. Aslini olganda hayotda faqat abadiyat va unga dahldor bо`lgan tafakkurgina boqiydir. Zamonlar, jarayonlar, xodisa va voqealarning biri о`tkinchi shuning uchun ham vaqt о`tkinchi, tarix esa abadiydir. Voqealar, jarayonlar shaklan о`zgaraveradi, yani hodisalar yangi voqealar hayot mazmunini о`zgartiraveradi. Turmush tarzini va hatto aqidalarni ham yangilaydi. Biroq, yaxlit abadiyatga aylangan hayot va insoniyat shajarasi tarix abadiyatini va uzluksizligini sо`zsiz taminlaydi. Birinch Prezident I. A.Karimov о`zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yо`q” asarida shunday degan edi: “О`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbotlab bо`lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga kо`tarilishi zarur”. Ayni о`zlikni anglash insonning о`z о`tmishi va ajdodlariga qiziqishidan boshlanishini uqtirayapti. Mustaqilikka erishganimizdan keyin halqimizning о`z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, о`zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy xol. Odamzod borki avlod – ajdodlarini kimligini, nasl – nasabini, о`zi tug`ilib voyaga yetgan qishloq, shahar xullaski, Vatanning tarixini bilishni istaydi. Hozir О`zbekiston deb ataluvchi hudud yani bizning Vatanimiz nafaqat Sharq balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bо`lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy bilimlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan, eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari shu kungacha kо`rku fayzini mahobatini yо`qotmagan asori atiqalarimiz qadim – qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaharsozlik sanati yuksak bо`lganidan dalolat beradi degan edi, Birinch Prezident I. A. Karimov. Milliy о`zligini anglashda xozirgi kelajak avlod nimalar qilishi kerak degan savol turadi? Birinchi navbatda dunyoga kelgan xar bir bolani ota – ona, keyin esa murabbiy о`qituvchi uning talimi jarayoni bilan birgalikda tarbiyasi bilan ham jiddiy shug`illanishi-miz lozim.о`zlikni anglash uchun yoshlikdan tarixdagi mashhur olimu fuzalolar, olimlarning, donishmandlarning qilgan ishlariyu о`gitlari orqali shakllantirib borishimiz lozim. Masalan, Geradotning “Tarix” kitobida yozilganidek, uch ming yil avvalgi ajdodlarimizda qadrlanadigan xislatlarning eng asosiysi jasurlik ekan. Undan keyingi muhim xislat adolatlilik va moxirlik bо`lgan. Har bir ishni bajarganda, jumladan otda yurish ov qilish kabilarni yuqori maxorat bilan bajarish ajdodlarimiz uchun fazilat hisoblangan. Manaviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan: “Avesto”, Firdavsiyning “Shohnoma” Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit – turk”, “Gо`rо`g`li” va “Alpomish” dostonlari va boshqa asarlarda ajdodlarimizning vatanni sevish, or – nomus va dо`stlariga sadoqat kabi sifatlar ularning asosiy ijtimoiy xislatlari xisoblangan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da tarbiya hayotning eng muxim tirgakni tarbiyalaganda u avallo yaxshi о`qishni, yozishni о`rganishi kerak, deyilgan “Avestoda” inson о`z mehnati tufayli barcha yomonliklardan, yovuzliklardan qutilishi mumkin degan g`oyalar bor, unda ahloqiylikning asosi – yaxshi fikr, saxovatlilik yaqin kishiga mexribon bо`lish, muxtojlarga kо`maklashish yovuzlikka qarshi kurashish kishilarning tinchligi va baxt saodatini muxofaza qilish axillik va dо`stlikda yashashga intilish yaxshi niyatlar va fikrlar tushunilgan. Mana shunday yuksak fazilatlar, xislatlar orqali hozirgi davrni kelajak avlodni о`tmishimizdagi buyuk daxolarning qilgan ishlari orqali ham ularga saboq berib ularni ana shunday ezgulikka, yaxshilikka, xuddi shularday shu tutishga chorlamog`imiz lozim. Ana shundagina bizning manaviyatimiz boy bо`lishi bilan birgalikda о`tmishimizning naqadar chuqur ildiz otganligi va yuksak taxsinga sazovor ekanligini his qilgan holda qalbda jo qilishimiz darkor. Mana shular orqali ham aytishimiz mumkinki milliy о`zlikni anglashda tarixni tutgan о`rni beqiyosdir. Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi. О`rta Osiyo xalqlarining ulug` tarixiy о`tmishiga murojat qilishi о`z ajdodlarining olamshumil yutiqlaridan mamnunlik, shukuronalik tuyg`usini baxsh etadi. Fuqarolik hissini shakllantirish, о`z milliy birligiga mansubligidan qonuniy faxrlanish hissini uyg`otadi. Bizda, sо`nggi 70 yil mobaynida ildiz otgan milliy qadriyatlar, ananalar, madaniyat va turmush tarzidan xalokatli о`z ishini bartaraf etishda buning ahamiyati beqiyos. Chunki о`z tarixiy ildizlarni о`z halqining tarixini tashkil etuvchi о`tmish avlodlar hayoti bilan uzilmas manaviy aloqalarni anglab yetmay turib, о`z zamining chinakam fuqarosi va chinakam vatanparvari bо`lishi mumkin emas. Ayni vaqtda tarixni idrok etish madaniyatini, tarixiy tafakkur madaniyatini shakllantirish zarur zero tarix nechog`li ahamiyatli bо`lmaslik, kezi kelganda xavfli hamdir. Pol Valeri takidlaganidek, tarix orzular tug`diradi, xalqlarni sarhush qiladi, sohta xotiralarni keltirib chiqaradi. Ularni eski yaralarini qо`zg`atadi, oromini buzadi, о`zini ulug`lashga olib keladi. Tarix har qanday istaklarni oqlaydi. U sirasini aytganda, hech kimga о`rgatmaydi.1[30] Boshqacha qilib aytganda, tarixni bilish faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega bо`libgina qolmay, balki undan milliy biqiqlik hislarini uyg`otishda, boshqa xalqlarga nisbatan adovatga olib kelishda tajovuzkorlik siyosati va maqsadlarini asoslashda ham foydalanish mumkin. Tarixiy tafakkur shunday qilib, milliy mustaqillik hissiyotini halqlarimiz uchun fojeaviy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bо`lgan milliy biqiqlikka aylanib ketishiga yо`l qо`ymaydigan nozik qadni topishga kо`maklashmog`i kerak. О`tgan shunday muddat ichida bizning mudroq ongimizni uyg`otib yubordi. Tushunchalarimizda о`zgarish yasadi. Endi mamlakatning hech bir fuqarosi ertangi kunni aniq ravshan kо`rib turibdi. О`zining ham mamlakatning ham kelajagi buyukligicha qatiy shaklannmoqda. Shuning uchun ham aniq maqsad va qatiy iroda bilan mustaqillik yо`lini tub islohotlar jarayonini tо`la qо`llab quvvatlamoqda. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Qadriyatlar tо`g`risida G`arbda keng tarqalgan aksialogiya (aksio – qadriyat, logos – fan, talimot manosini anglatadi) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq – huquqlariga doir kо`pgina tamoyillar amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bо`lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. Qadriyat tushunchasi nihoyatda xilma – xila manoda, turli sohalarda qо`llaniladi. Qadriyatlarning kundalik hayotdagi manosi kishilar о`rtasidagi muloqotlarda ommaviy axborot vositalarning xabarlarida о`ziga xos tarzda namoyon bо`lmoqda. Kundalik hayotda kо`pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho, buyumlar, taqinchoqlar, tabiat xodisalari, ijtimoiy voqealar jamiyatdagi talablar orzu – umidlar anana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari odamlar о`zlari ishonib gohida intilib, qiziqib, yoki orzu qilib yashaydigan maqsad orzu yoki ideallarga ham “qadriyat”tushunchasini qо`llaydilar. Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bо`lishi mumkin. Lekin biror bir narsa va hodisa xoh, moddiy bо`lsin, xoh manaviy bо`lsin, qadriyatga aylanishi uchun muayyaan bir vaqt о`tishi muayyan bir tajriba ortirilishi va uning ahamiyatini kо`pchilik tomonidan tushunishi maqullanishi lozim. Narsa va xodisa qadriyatga aylanishi jarayonida u о`tish vaqt mobaynida u о`zini ahamiyatiga ega bо`lishi va kо`rsata olishi lozim. Qadriyatlarning xilma – xil shakllari bor: moddiy va manaviy, umumbashariy, mantiqiy, umuminsoniy, jamiyat soxalari bо`yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, hayotning ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar. Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga mos kelishi darajasining aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon bо`ladi. О`zbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga etibor kuchaydi. Negaki milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlaydigan manaviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros bо`lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ularning о`tmishi uch ming yildan ortiq davrni о`zida mujassamlashtirgan. О`rta Osiyo sivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu sivilizatsiyaga hos jihatlar: tug`ilgan makon va ona yurtga ehtirom, milliy urf odat va avlodlar, xotirasiga sadoqat kattalarga hurmat muomalada mulozamat, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi. Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga о`xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusmlar, marosimlar va ananalariga о`ziga xoslik bor. Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog`liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari jamiyatda amalga oshirgan faoliyati boshqalarga va atrof muhitga munosabati, kamolotga yetganligi, ijtimoy xususiyatlarni о`zlashtirib olganligi va ularni manaviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham kо`rinadi. Inson bolasining shaxsga aylanishi о`z qadrini va о`zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi. Umuman uchinchi ming yillikda butun dunyoda qadrlash falsafasining umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qо`llashga extiyoj kuchaydi. Tassufki, inson zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, yer yuzining zamonaviy manzarasi butunlay boshqacha tus olgan, kishilikni ekalogik bо`xronlar urush xavfi va manaviy tanazzul kabi umumbashariy muammolar kutib turmagan bо`larmidi? Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslini uyg`unligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini anglatadi. XX asrning oxirgi va XXI asrning boshlanishining birinchi besh yilliklari BMT tomonidan “Inson huquqlari о`n yilligi” deya elon qilinganligi kishilik jamiyati esa yangi ming yilikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog`lab о`tganligi bejiz emas.hozirgi О`zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini rо`yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog`liq faoliyatlar butun jahonda bu oradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash xarakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda. Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish о`z qadrini kamolga yetkazish, о`zgalar jamiyat, zamon va unda sodir bо`layotgan о`zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir. О`z shaxsi va boshqalar qadrini aniqlab yetish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan manaviy qiyofasi ezgulikka xizmat qilishi yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bо`lishi uning о`zi esa hayotning mohiyati va maqsadini tо`g`ri anglaydigan darajada tarbiyalamog`i lozim. Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish jamiyat qonun qoidalaridan tо`g`ri foydalanish о`zlarining xatti-harakatlarni ana shu manaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba va о`quvchilarga qadrlash va qadrlanish jarayonlarining moxiyatini anglatish, mustaqillik elon qilgan qadriyatlarning axamiyatini tо`g`ri tushunishga erishish nihoyatda dolzarb masaladir. Yoshlar xususan talabalar va о`quvchilarni manaviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg`usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namayon bо`lish shakllari tо`g`risidagi bilimlarning majmuasi bо`lgan zamonaviy aksialogiya, yani qadriyatshunoslikning asoslarini о`rgatish nihoyatda muxim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash meyorlari borasida tо`plangan yutiqlarni umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish talim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar rо`yxati: Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling