Mustaqil o'zbekistonning bmtga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati


Download 229.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi229.24 Kb.
#1035279
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasining BMTga a\'zo bo\'lishi

Tashkilot a'zolri 
Xozirgi to'la ro'yxatga ko'ra tashkilotga 185 davlat a'zo. 1999 yilning 
14 sentabrida Kiribati, Nauru va Tonga davlatlari qabul qilindi. Shunday 
qilib, BMTga a'zo davlatlar umumiy soni 188 taga yetdi. 
Rasmiy tillar 
Nizosga muvofiq BMTning rasmiy tillari ingliz, ispan, titoy, rus va 
fransuz tillaridir. Bosh assambleya, Xavfsizlik kengashi va Iqtisodiy 
hamda Ijtimoiy Kengash tomonidan arab tili ham rasmiy til sifatida 
qabul qilingan. 
Tashkilot tarkibi 
BMTning oltita bosh organi Nizom bilan tasdiqlangan, ular 
qo'yidagilar: 
Bosh assambleya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash, 
Vasiylik kengashi, Xalqaro sud va Kotibiyat. Shu bilan birga BMT
OILASI bir muncha kengroq, u 15 muassasa va bir kancha dastur
organlarni o'z ichiga oladi. 
Bosh assambleya 
Asosiy maslahat organi hisoblanadi. U barcha a'zo davlatlar 
vakillaridan tarkib topgan bo'lib, unda har bir davlat bir ovozga ega. 
Xavfsizlik kengashi 


Xavfsizlik kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni SAqlash uchun 
Nizomga muvofik bosh ma'suliyatni o'z zimmasiga oladi. 
Kengash 15 a'zodan iborat: 5 doimiy a'zo - Xitoy, Fransiya, Rossiya 
Federasiyasi, Buyuk Britaniya va Qo'shma Shtatlardan va Bosh 
assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylangan 10 a'zodan iborat. 
Kengashning har bir a'zosi bir ovozga ega. Rasmiy masalalar 15 
a'zodan kamida 9 tasi ovoz bergandagina qabul qilinadi. Doimiy a'zolar 
“veto” huquqiga ega. 
 
Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash 
Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash BMTning iqtisodiy va ijtimoiy 
faoliyatini koordinasiya qilish bo'yicha bosh organ sifatida Nizom bilan 
tasdiqlangan, shu bilan birga u BMT maxsus muassasalari va institut 
faoliyatini bir oiladek yuritib turadi. Kengash uch yil muddatga 
saylangan 54 a'zodan iborat. Qarorlar ko'pchilik ovoz bilan qabul 
qilinadi. Kengashning har bir a'zosi bir ovozga ega. 

Download 229.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling