Buxoro davlat universiteti
9-1 BTU S-20 guruh talabasi
Odilova Zebinisoning
Ona tili fanidan
TAQDIMOTI
Fe’l so’z turkumining uslubiy xususiyatlari Reja: - Fe’l so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot.
- Fe’lning lug’aviy shakli
- Fe’lning sintaktik (munosabat) shakli
- Fe’l yasalish
Ma’noviy xususiyati. Harakat va holat bildiruvchi so’z fe’l deyiladi: Bola yugurdi (harakat). Sitora uxladi. Fe’l nima qilmoq, nima bo’lmoq so’rog’ini oladi. - Ravishdosh shakli qay tarzda (shoshilib) nima uchun (shoshganidan) nima maqsadda, qachon (o’qigach), qanday, qaysi (o’qigan bola) so’roqlarga javob bo’ladi.
Lug’aviy ma’no turi. Maktab darsligida fe’lning 4 ta ichki lug’aviy ma’no guruh ajratiladi. - Nutqiy faoliyat: gapirmoq
- Aqliy faoliyat: o’ylamoq
- Jismoniy faoliyat: chizmoq
- Holat: kulmoq
Morfologik xususiyati. ega: - Lug’aviy shakl yasovchi: nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik, vazifa shakli, ko’makchi fe’l, harakatning kuchsiz darajasi,va davomiyligini bildiruvchi qo’shimcha;
- Sintaktik (munosabat)shakl yasovchi: tasdiq-inkor, zamon, shaxs-son, mayl.
Grammatik ma’no turi. - Fe’l grammatik jihatdan o’timli va o’timsiz fe’lga bo’linadi.
- O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’zga bo’g’lanadi: o’qidi, ko’rdi,yod oldi kabi. Bu so’z kimni, nimani so’rog’iga javob bo’ladi: nimani o’qidi, kimni ko’rdi, nimani yod qildi kabi.
O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’zga bo’g’lanadi: o’qidi, ko’rdi,yod oldi kabi. Bu so’z kimni,nimani so’rog’iga javob bo’ladi: nimani o’qidi, kimni ko’rdi, nimani yod qildi kabi. O’timsiz fe’l tushum kelishigidagi so’zga bog’lanmaydi: bordi, uxladi, ranjidi, xandon urdi kabi. Bu so’z kimni, nimani so’rog’iga javob bo’lmaydi. Otlashgan so’z otning so’z yasovchidan boshqa qo’shimchasini oladi. - Sintaktik xususiyati. Fe’l gapda quydagi vazifada keladi:
- Kesim: U choyxona yonidan o’tdi
- Hol: Bola shoshilib gapirdi
- Aniqlovchi: O’qigan kishi o’zdi.
- Kirish: Aytishicha, kechga qaytarmish.
Yordamchi fe’l “So’z qo’shib fe’l yasash” mavzusida o’rganildi. - Mustaqil fe’l tuslangan fe’l (sof fe’l) va tuslanmagan fe’lga ajratiladi.
- Kesim vazifasidagi fe’l-tuslangan, ya’ni sof fe’l. Fe’lning nokesimlik shakli (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) tuslanmagan fe’l hisoblanadi.
Fe’lning lug’aviy shakli. - Fe’lning lug’aviy shakli sirasiga nisbat, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli, harakat tarzi (ko’makchi fe’l), harakatning kuchsiz darajasi va davomiyligini bildiruvchi qo’shimcha kiritilgan.
Nisbat. Nisbat-fe’lning lug’aviy shakl hosil qiluvchi. Nisbat shakli harakat va holat bajaruvchiga munosabatini ko’rsatadi. Nisabat turi quydagi: - aniq;
- o’zlik;
- majhul;
- orttirma;
- birgalik;
Aniq nisbat. - Aniq nisabat qo’shimchaga ega emas, ya’ni nol shaklli. Bajruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli aniq nisbat deyiladi: bildi, ko’rdi, so’radi, aytmadi, qaytmadi.
O’zlik nisbati. - O’zlik nisabti bajaruvchisi ustida amalga oshadigan harkat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisabati deyiladi.
-(-i)n: tashlan, ko’rin, yuvin, taran, so’kin, suyan, yutin, kiyin, artin, kavshan, o’pkala -(-i)l tanil, ayril, qayril, bo’g’il, tug’il, qoril, yig’il,otil,qiynal, teshil, tikil. Ayrim manbada o’zlikning –(i)sh shakli ham qayd etiladi: joylashdi, kirishdi, qorishdi. - O’zlik daraja shakli quyidagi fe’lga qo’shilmaydi:
1) o’timsiz fe’l 2) ba’zi o’timli fe’l - O’zlik nisbat shakli ba’zi fe’l o’zakdagi –la so’z yasovchisi bilan yaxlitlanib, bir butunlik hosil qiladi. Bunday fe’l aniq nisbat shaklida deyiladi.
Orttirma nisbat Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakli orttirma nisbat shakli deyiladi. Majhul nisbat. Bajruvchisi noma’lum bo’lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l majhul nisbat deyiladi. Birgalik nisbati. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajrilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi va –(i)sh shakli orqali yasaladi: borishdi. Fe’lning vazifa shakli 4 ta: - Kesim shakli (sof fe’l)
- Ega, to’ldiruvchi shakli (harakat nomi)
- Sifatlovchi-aniqlovchi shakli (sifatdosh)
- Holat shakli (ravishdosh)
Buni ikkiga bo’lish mumkin: - Kesimlik shakli: zamon, shaxs-son, mayl, bo’lishli-bo’lishsizlik;
- Nokesimlik (kesimdan boshqa vazifaga xoslangan) shakli; ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |