Mustaqil talim 1-Mavzu: Maktabgacha talim


Download 13.56 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi13.56 Kb.
#130829
Bog'liq
1-mustaqil taʼlim


Mustaqil talim

1-Mavzu: Maktabgacha talim

1. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimi haqida....

Hozirgi kunga kelib 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab oladi. " Ilk qadam " oʻquv dasturi va Davlat talablari , konsepsiya,nizomlar va boshqa hujjatlar asosida ish yuritadi. Mttning bir qancha turlari bor. Masalan, xususiy, xususiy sheriklik,uy bogʻchalari,maktab bogʻchasi, qisqa muddatli bogʻchalar va hakazolarga ajratiladi.Yurtboshimiz Mttning rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Mttda 4 ta guruh mavjud boʻlib bularga kichik,oʻrta,katta va tayyorlov guruhlaridir.

2. 2016 yildan 2020 yilgacha maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 9774 maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud. Ularda 3-7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab olish darajasi 40,5 foizni tashkil etadi. Qolgan 60 foiz bolalar qachon va qanday qilib bogʻchaga jalb etiladi? Ogʻir shart-sharoitlarda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim muassasalaridagi ahvol oʻnglanadimi? Ota-onalar bunday dargohda tarbiyalanayotgan oʻgʻil-qizining taʼlim-tarbiyasi, sogʻligʻi, ovqatlanishi, umuman, kelajagidan qachon xotirjam boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etgan matbuot anjumanida jurnalistlarning shu kabi savollariga atroflicha javob qaytarildi. Unda maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 8-may kuni Prezidentimiz qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Bu har bir shahar va tuman kesimida MTMlar soni, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish boʻyicha aniq koʻrsatkichlarni belgilab bergan birinchi hujjatdir. Jumladan, unda Maktabgacha taʼlim vazirligi MTMlar quvvatini oshirib borishi belgilangan. Aniqroq aytadigan boʻlsak, 2021-yilga borib yangi bogʻchalar ochish, davlat-xususiy sheriklik asosida hamda chekka hududlar uchun dolzarb boʻlgan maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini tashkil etish hisobiga ulardagi oʻrinlar soni 56,8 foizgacha koʻpaytiriladi. 2030-yilda esa bu raqamni 132,3 foizga yetkazish kutilmoqda. Ayni shu davrda bolalarning MTMlarga qamrab olish koʻrsatkichini 80,8 foizgacha oshirish koʻzda tutilgan.

Qayd etilishicha, hozirda MTMlarda ishlovchi pedagoglarning 31 foizigina oliy maʼlumotli. Bu ogʻriqli muammo yechimi ustida ham jiddiy ish olib borilmoqda. Jumladan, vazirlik taklifiga asosan davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-iyundagi “2019/2020 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorida maktabgacha taʼlim muassasalariga zarur kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Unga muvofiq, ayni maqsadda bakalavr bosqichining kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllariga jami 6400 dan ziyod kvota ajratildi.

– Pedagoglar sonini koʻpaytirish, shuningdek, xodimlarni saralash, tayyorlash va malakasini oshirishga yangi yondashuvlarni tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz, – dedi maktabgacha taʼlim vaziri A.Shin. – Vazirlik vakillari masʼul xodimlar faoliyatini har daqiqada nazorat qilish imkoniga ega emas. Shuning uchun ham MTMlarda malakali, vijdonli kadrlar ishlashi biz uchun nihoyatda muhim.

Tadbirda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari soni tobora ortib borayotgani taʼkidlandi. Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda ularning soni 3942 tani tashkil qilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi tegishli qaroriga asosan bunday faoliyat turini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladigan boʻldi.

MTMlarda bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashlash ham doimiy eʼtibor markazida boʻlib kelmoqda. Bu borada tadbirkorlarning autsorsing asosida xizmat koʻrsatish tizimi joriy etildi. Bu usul MTM mudiralariga asosiy diqqatini taʼlimga qaratish imkoniyatini yaratishi bilan ham yanada ahamiyatlidir.

Mutasaddilar bildirishicha, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari natijasida yangi qurilayotgan uylar atrofida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga boʻlgan ehtiyoj yanada oshib bormoqda. Ayni vaqtda hududlardagi 981 mahallada maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish zarurati mavjud. Taʼkidlanishicha, bu masala bosqichma-bosqich hal etiladi. 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida esa 461 maktabgacha taʼlim muassasasida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

3. MTT faoliyatining asosiy vazifalari nimalarda iborat?

Bolalarni xalqning milliy boy, madaniy tarixiy merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va maʼnaviy- ahloqiy jihatdan tarbiyalash.

Bolalarda milliy gʻurur va vatanparvarlik hissini shakllantirish

Bolalarni bilim olishga ,oʻqishga intilishini,muntazam ravishda oʻqishga tayyorlash

Bolalar tafakkuri rivojlantirish,oʻzini fikrini mustaqil va erkin bayon etishni shakllantirish

Bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini taʼminlash.

4. Hozirgi bosqichda maktabgacha ta'limning Ilk qadam o’quv dasturuning asosiy maqsadi, vazifasi va yangiligi nimalardan iborat?

“Ilk qadam” dasturining muhim jihati bolaning rivojlanish kartasining yuritilishidir.U o‘zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. Karta bir yilda uch marta to‘ldiriladi va bola bog‘chada tarbiyalanganidan so‘ng, ya’ni 6—7 yoshida uning maktabga tayyorligi kartasi bilan ta’lim dargohiga yuboriladi.

5.MTTning asosiy o’quv dasturini amalga oshirishda 5 rivojlantirish sohaslarini tahlil qiling va interaktiv usullarida tushuntirishga harakat qiling....

1" Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

yirik motorika;

mayda motorika;

sensomotorika;

sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.

2 “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

“Men” konsepsiyasi;

hissiyotlar va ularni boshqarish;

ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

3 “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

nutq va til;

o‘qish malakalari;

qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.

4 “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

intellektual-anglash malakalari;

elementar matematik malakalar;

tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.

5 “Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

dunyoni badiiy tasavvur etish;

badiiy-ijodiy qobiliyatlar.

Shu kabi 5 ta rivojlantiruvchi sohalarga ajratilgan,bular bolajonlarni kelajagi barkamol boʻlib voyaga yetishida koʻmakdosh boʻladi.

6. Maktabgacha talim tizimni yangilash uchun ustuvor vazifalar .. (sizning takliflaringiz ..)

Barcha mttlar zamonaviy axborot texnologiyalari bn taʼminlanmoqda. Yanada yangi texnologiyalar asosida oʻquv dasturlarini amalga oshirsak yaxshi samara beradi deb oʻylayman . Masalan , kompyuter asosida bolalarga mashgʻulot jarayonlarini tashkil qilsak . Ularning kelajagi un poydevor boʻladi. Shu asosda maʼlum darajada eng sodda jarayonlarini amalga oshirishga harakat qilishadi.



Bolalar bog'chasi pedagog xodimlarining kasbiy vazifalariga ta'riflar bering .. !!!!

Direktor


Maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to‘laqonli xal etishga qaratilgan boʻladi.U bolalarni ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlab beradi.U oʻz jamoasida ishchanlik maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Direktor har bir chiqarilgan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. YUksak onglilik va siyosiy etuklik prinsiplilik ,o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchan boʻlishi kerak.

Uslubchi 


oliy pedagogik ma’lumotga (maktabgacha pedagogika fakulteti) ega bo‘lgan yoki o‘rta pedagogik (maktabgacha bo‘limi) ma’lumotiga va kamida 3 yil pedagogik stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi.

Tarbiyachi

Mtt tarbiyalanuvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalash,ularning sogʻligʻiga,gigiyenik jihatdan eʼtiborli boʻlib bolalarga gʻamhor,mehribon,odob ahloqli,oliy maʼlumotga ega shaxs hisoblanadi.

Musiqa rahbari

Bolalarga nota ,ovozni baland pastligini ,qanday tovushda kuylash ,eshitish qobiliyatlarini yaxshi boʻlishida,ona tabiatning musiqasini eshita olishga oʻrgatuvchi shaxsdir.

Jismoniy tarbiya instruktori




Psixolog

Har bir bolani ruhiyatidagi oʻzgarishlarga masʼul hodim,bolalarni bogʻchaga moslashib ketishiga koʻmakdosh ,mttni yaxshi taraflarini ochib beruvchi shaxs .

Logoped

Bolajonlarni nutqini ravon boʻlishiga yordamlashuvchi,ularni nutqini qatʼiy nazoratga oluvchi shaxs . Ularning talaffuzi ravon boʻlib gapirishlarini taʼminlaydi.

Xamshira

Har kuni ertalabdan bolajonlarni gigiyenik jihatdan ,sogʻligʻini nazorat qiluvchi shaxs

Yordamchi tarbiyachi

Hozirgi kunda yordamchi tarbiyachilar ham oliy maʼlumotga ega boʻlishlari kerak . Ular bolalarni yaxshi tushunib ,anglab olishlari va tarbiya qilishlarida qoʻl keladi.

Download 13.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling