Mustaqil ta’lim ishi. Mavzu: Yorug’likning kogerentligi. Yorug’likning interferensiyalanishi. I kirish II
Download 392.32 Kb.
|
Abdunazarov Abdurashid
Andijon Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti Fizika ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi Abdunazarov Abdurashidning “Optika” fanidan tayyorlagan Mustaqil ta’lim ishi. Mavzu: Yorug’likning kogerentligi.Yorug’likning interferensiyalanishi. I Kirish II Reja: Chiziqli optikada superpozitsiya prinsipi. Elektromagnit tebranishlarning qo’shilishi.Kogerentlik va interfrensiya. Yung ,Frenel, Bie… usullari. Interferension yo’llarning kengligi. Interferension manzaraning hisoblash usullari va formulalari. III Xulosa. IV Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari ro’yhati. Yorugʻlik interferensiyasi - ikkita yoki bir nechta yorugʻlik toʻlqinlarining qoʻshilishi natijasida yorugʻlik nurlanishi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi. Interferensiyasining xususiy holi. Yorug’lik. interferensiya ekran yoki sirtda yorugʻ yoki qorongʻi yoʻllar yoki dogʻlar (monoxromatik yorugʻlik uchun) yoxud rangdor qismlar (oq yorugʻlik uchun) yonmayon joylashgan holda koʻrinadi. Yorug’lik. interferensiya XVII asrda Nyuton tomonidan tadqiq qilingan boʻlsada, uning korpuskulyar nazariyasi ushbu xrdisani tushuntira olmadi. Uni XIX asr boshida T. Yung va O. Frenel lar toʻlqin hodisa sifatida nazariy talqin qilib berdilar. Doimiy faza farqi sharoitida, yaʼni kogerent yorugʻlik dastalarining qoʻshilishi natijasida vujudga keluvchi, fazoda kuchaygan va susaygan intensivliklarning muntazam almashinuvidan iborat boʻlgan Yorug’lik. interferensiya eng keng tarqalgan — statsionar interfere n siya dir. Yorug’lik. interferensiya turlari asosan yorugʻlikning kogerent dastalarini hosil qilish usullari bilan bogʻliq. Yorugʻlikning kogerent dastalarini hosil qilishning ikki usuli: toʻlqin frontini boʻlish usuli va amplitudani boʻlish usulidan keng foydalaniladi. Toʻlqin frontini amplitudaviy boʻlish tuzilmalarida birlamchi manbaning nurlanishi optik muxitlarning yarim shaffof boʻlinish chegaralari bilan boʻlinadi. Masalan, sovun pufaklari, suvdagi yogʻ pardalarida shunday tur Yorug’lik. interferensiya vujudga keladi. Bu hollarning bar chasida ikkita sirtdan qaytgan yorugʻliklarning interferensiyasi xreil boʻladi. Amplitudani boʻlish usuli interferometrlarda keng qoʻllanilib, unda toʻlqin maydonlari maxsus yarim shaffof koʻzgular vositasida boʻlinadi. Yuqoridagi ikki nurli interferensiyadan tashqari, koʻp nurli Yorug’lik. interferensiya ham mavjud. Fabri — Pero interferometri koʻp karrali qaytuvchi nurlarda ishlasa, difraksiya panjaralari va Maykelson eshelonlari koʻp elementli davriy tuzilmalarga asoslangan. Yo. i.dan yorugʻlikning spektral tahlilida, masofalar, burchaklar va tezliklarni aniq oʻlchash hamda refraktometriyada keng qoʻllaniladi. Yorug’lik. interferensiya golografiya asosini tashkil qiladi Yorug'likning interferensiyasi yorug'lik tabiatini yoritishda muhim rol o'ynagan hodisalardan biridir. Aynan shu hodisa Arago va Fresnelga nafaqat yorug'likning to'lqinli tabiatini tasdiqlashga, balki yorug'lik to'lqinlarining ko'ndalang tabiatini aniqlashga imkon berdi. Gyuygens, shuningdek, bir nurning teshikdan o'tishi boshqa bir nurning xuddi shu teshikdan o'tishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmasligiga e'tibor qaratdi. Gyuygens shunday deb yozgan edi: “Yorug'likning eng ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, u turli va hatto qarama-qarshi yo'nalishlardan kelganda, uning nurlari hech qanday shovqinsiz bir-biridan o'tib, o'z ta'sirini hosil qiladi. Bu bir nechta tomoshabinlar bir vaqtning o'zida bir xil teshik orqali turli xil narsalarni ko'rishlari mumkinligini tushuntiradi ... ". Matematik jihatdan, bu ikki yorug'lik manbalari tomonidan kosmosning ma'lum bir nuqtasida yaratilgan maydonning kuchi ular alohida yaratadigan 1 va 2 kuchlarining vektor yig'indisiga teng ekanligini anglatadi, ya'ni E= E1 + E2. Bu mazmuni superpozitsiya printsipi deb ataladi. Download 392.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling