Mustaqil ta'limni bajarilishi yuzasidan tavsiyalar
Download 35.07 Kb.
|
2 ярим ЖорийучунМустақил иш мавзулари СМ 2022 23 (1)
MUSTAQIL TA'LIMNI BAJARILISHI YUZASIDAN TAVSIYALAR Bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan, iqtisodiyotni regulyatori sifatida soliq tizimining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Soliqlar davlat byudjetining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining noinflyatsion moliyalashtirish asosiy manbasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari, soliqlar milliy iqtisodiyotda tabirkorlikni rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratuvchi vosita rolini ham bajarmoqda. Studentlarning mustaqil ta’limi shaklari tarkibida mustaqil ish, referat, kes stadi, ilmiy loyihalar, taqdimotlar faol va samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Mustaqil ta’limga tayyorlanish vaqtida, talabalar tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganadilar, statistika boshqramalaridan, davlat soliq idoralaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qiladilar, ma’lumotlarni taqqoslaydilar, jadvallar tuzadilar, ilmiy asoslangan xulosalar qiladilar. Bu esa talabalarda qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllanishiga, o‘quv materiallarini chuqur o‘zlashtirilishiga, professional sohada ixtidorli bo‘lishga xizmat qiladi. “Soliq tushumlari hisobi va prognozi” fani bo‘yicha mustaqil ta’limni bajarishdan maqsad- kurs bo‘yicha o‘quv materiallarni chuqur o‘zlashtirish, nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, kompleks bilimlarni qo‘llash borasidagi ijodkolik qobiliyatlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot mavzusiga oid birlamchi va hisobot hujjatlar bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Mustaqil ta’lim aniq tanlangan mavzu doirasida bajariladi. Ma’ruza o‘qituvchisining ruxsati bilan, ayrim ilmiy tadqiqot mavzusiga oid mustaqil ishlarni bajarishda shartli ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Mustaqil ta’lim unga qo‘yilgan minimal mazmun, “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha, barcha o‘quv shakllarida tahsil oluvchi talabalarning tayyorgarlik darajasiga javob berishi kerak. Mustaqil ta’lim umumiy standart talablari asosida rasmiylashtiriladi. Mustaqil ta’limga qo‘yilgan umumiy talablarga: materialni bayon qilishda mantiqiy ketma-ketlik, argumentlarning ishonliligi, takliflarning aniqligi, xulosalarning isbotlanganligi, tavsiyalarning asoslanganligi. Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling