Mustaqil ta'limni bajarilishi yuzasidan tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida muallif mustaqil ishni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi
Download 35.07 Kb.
|
2 ярим ЖорийучунМустақил иш мавзулари СМ 2022 23 (1)
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida muallif mustaqil ishni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.
Mustaqil ta'limni bajarishning yana bir shakli “Ilmiy loyiha”dir. Ilmiy loyihani talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o’tkazishini dastlabki shakli sifatida ko’rish mumkin. Ilmiy loyiha (lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar, o’qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og’zaki bayoni, o’rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o’z ichiga olgan ma’lum mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o’taydi. Unda muayyan mavzu bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o’quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg’ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi. Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistic ma’lumotlar va boshqa materiallarni to’plash, ularni qayta ishlash, ya’ni hisob kitob qilish, tahlil qilish, o’rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko’z bilan qarashni, baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog’lashni o’rganadi. Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik boyicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so’zga chiqishga qaraganda katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o’z fikrini auditoriya oldida himoya qila olishi kerak. Mustaqil ta’lim bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog’i kerak. Talabalarni fanini mustaqil o’zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qoyilgan: mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma’lumotlar aniq va to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun manbasi ko’rsatilishi shart; Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo’lsa (A4 format qog’oz, chap-3 sm, yuqori-2sm, past-2,5 sm, o’ng-1 sm va 14 shriftda, 1 interntervalda yozilishi kerak) 14-15 betdan va taqdimot ko’rinishida 10-15 slayddan iborat bo’lishi kerak, tarqatma materiallar esa 8-10 tadan kam bo’lmasligi lozim. Case Study – aniq o‘quv vaziatini tahlil qilish orqali mustaqil ta’lim amalga oshiriladi. Mazkur o‘qitish usuli talabalarning quyidapgi sohalardagi malakasini va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi: Muammoni aniqlash, tanlash va hal qilish; Ma’lumotlar bilan ishlash; Ma’lumotlarni tahlil va sintez qilish; Taxmin va xulosalar bilan ishlash; Boshqa kishilarni eshitish va tushinish; Guruhlardan ishlash ko‘nikmasi. Mazkur usul bitta yechimiga ega bo‘lmagan holatlarni o‘rganishga va maqbul yechimni topishga qaratilgan. Yaxshi keys quyidagi talablarga javob berishi kerak: Qo‘yilgan aniq maqsadga javob berishi; Yetarli darajada qiyinlikka ega bo‘lishi; Bugungi kunda dolzar bo‘lishi; Tipik holatni bayon qilishi; Analitik fikirlash qobiliyatni rivojlantirishi; Bir qancha yechimga ega bo‘lishi. Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling