Mustaqil yechish uchun misollar


Download 24.5 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1740270
Bog'liq
3-topshiriq


MUSTAQIL YECHISH UCHUN MISOLLAR
1. Qutida 10 ta: 7 ta qora va 3 ta oq shar bor. Qutidan tasodifiy ravishda bir shar olindi. Bu shar: a) oq; b) qora bo’lishining ehtimolini toping.
2. “Daftar” so’zidan tasodifiy ravishda bir harf tanlandi. Bu harf “D” yoki unli harf bo’lish ehtimoli nimaga teng?
3. 3 ta tanga tashlandi. 2 ta tanga “gerb” tomoni bilan tushish ehtimoli nimaga teng?
4. O’yin soqqasi bir marta tashlanganda, 4 raqami yoki 4 dan katta raqam tushish ehtimoli nimaga teng?
5. Nishonga otishda tekkizishlar nisbiy chastotasi 0,6 bo’lgan. Agar mergan 12 marta nishonga tekkiza olmagan bo’lsa, jami bo’lib necha marta o’q otilgan?
6. 64 ta katakdan iborat shaxmat taxtasiga 2 ta shaxmat donasi – oq va qora rangli fil qo’yildi. Ularning bir-birini “urish” ehtimoli nimaga teng?
7. Kitob javonining bir bo’limida 10 ta kitob tasodifiy ravishda taxlandi. 3 ta ma’lum bir kitoblar yonma-yon qo’yilishi ehtimolini toping.
8. Bo’rondan so’ng 40- va 70- kilometrlar orasida telefon simi uzildi. Uzilish 50- va 55- kilometrlar orasida sodir bo’lganligining ehtimolini toping.
9. Uzunligi 1 ga teng bolgan kesma tasodifiy ravishda 3 bo’lakka bo’lindi. Hosil bo’lgan bo’laklardan uchburchak yasash mumkinligining ehtimolini toping.
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling