Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahlilining zamonaviy, ilg‘or tendensiyalari bo‘y ko‘rsata boshladi
Download 91.43 Kb.
|
Istiqlol davri
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili 196-guruh talabasi Bazarbayeva Mahbubaning Matnshunoslik fanidan Mustaqil ishiMustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahlilining zamonaviy, ilg‘or tendensiyalari bo‘y ko‘rsata boshladi. Adabiy merosga yangicha nuqtai nazardan yondashish, mumtoz adabiyotimiz namunalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan asosi sifati har jihatdan o‘rganish faollasha boshladi. Yaqin o‘tmishda o‘qish-o‘rganish man etilgan asarlar ilmiy o‘rganilib, ko‘p nusxalarda chop etildi. Bu borada matnshunos tadqiqotchilar xizmati e’tirofga loyiq.Biroq adabiy merosimiz na’munalarini bugungi talab darajasida mukammal tadqiq etish va nashrga tayyorlash matnshunoslik sohasi oldiga jiddiy vazifalarni qo‘yayotgani sir emas. Ayni paytda matnshunoslik sohasidagi muammolar ham yetarlicha. Bir qator olimlarimiz tomonidan bu muammolar chuqur o‘rganilib kelinmaoqda. Mustaqillik davri matbuoti esa bu sohada erishilgan yutuqlar bilan birgalikda kamchiliklarni ham keng omma e’tiboriga havola etib, dolzarb muammolar yechimini topishga barchamizni davat etib kelmoqda.
O‘zbek matnshunosligi muammolari salmoqli darajada ko‘tarilgan, bu soha rivojida erishilgan yutuq va kamchiliklar e’lon qilib borilayotgan asosiy davriy nashrlarimiz quyidagilar: “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” (“O‘zbekiston madaniyati”) gazetasi, “Til va adabiyot”, “Sharq yulduzi” jurnallari va yana shu kabi filologik gazeta-jurnallardir. Izlanishlarimiz davomida davriy matbuotimiz sahifalarida berilgan bir qancha maqolalarni tahlilga tortdikDownload 91.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling