Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahlilining zamonaviy, ilg‘or tendensiyalari bo‘y ko‘rsata boshladi
Download 91.43 Kb.
|
Istiqlol davri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Filologiya fanlar doktori Q.Pardayev ham shu o‘rinda muhim adabiy manba — XX asr boshlari matbuoti materiallarini o‘rganish muammolarini ham eslab o‘tadi. “Oyina”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Hurriyat” singari mashhur matbuot nashrlarida chop etilgan adabiyot materiallari anchagina o‘rganilganligi, biroq “Al-Izoh”, “Al-Isloh”, “Izhor ul-Haq” jurnallari haqida bunday deb bo‘lmasligini, ulardagi adabiyot materiallarining adabiy manbashunoslik va matnshunoslik aspektida tadqiq qilinishi, ularning XX asr adabiyotida tutgan o‘rni va maqomi belgilanishi dolzarb ilmiy muammolardan biridir deb aytadi.
o‘zbek matnshunosligini tadqiq etish yo‘lida xizmat qilgan ilm fidoyilarining tinimsiz mehnatlari natijasida bu sohada ko‘plab ilmiy ishlar bajarildi. Olimlarning kun tartibiga qo‘ygan matnshunoslikning dolzarb muammolari va ularning yechimlari masalasiga doir qimmatli fikrlar davriy matbuot sahifalarida doimiy aytilgan bo‘lsa-da, hali bu sohada keragicha ishlar amalga oshirilmagan, bu da’vatlar orqali sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsakda, maqolalarda ko‘rsatilgan kamchiliklar to‘la bartaraf etilmagan. Ana shu kamchiliklarga takror yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bugungi kunda shu yo‘nalishda ish olib borayotgan mutaxassislar barcha imkoniyatlarini ishga solib matnlarni puxta o‘rganishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 91.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling