3. Siyosiy isloxatlar O`zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi. Ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi.
Demokratik, huquqiy davlat rivojlanishining mantig`i, ichki qonuniyatlari davlat xokimiyati organlari va boshqaruvining siyosiy partiyalar va jamiyat birlashmalari-kasaba uyushmalari, faxriylar, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari, ijtimoiy va ijodiy jamg`armalar, fuqorolarning boshqa ko`ngilli birlashmalari bilan har tomonlama yaqin aloqalari va hamkorligini taqozo etadi.
"Fuqarolik jamiyati" va "Jamiyat" tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat-bu kishilar umumiyligi, davlatning butun belgilarini ham o`z ichiga oladigan birligi. Fuqarolik jamiyati bu jamiyatning bir qismi. Xokimiyatning davlat organliri va boshqaruvdan tashqari qismi.
Fuqarolik jamiyati davlatning vujudga kelishi bilan yuzaga keladi va shakllanadi. Mavqei, uning demokratik darajasiga muvofiq belgilanadi.
Hozirgi vaqtda Respublikada beshta siyosiy partiya faoliyat olib bormoqda
1.O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O`zbekiston XDPsining “O`zbekiston ovozi”, “Golos O`zbekistana” gazetasi va “Muloqat” jurnali nashr etilmoqda.
2. 1995-yil 18-fevralda O`zbekiston “Adolat” sottsialdemokratik partiyasi to`zildi. Partiyaning Toshkentda bo`lgan 1-ta’sis quriltoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.“Adolat” nomli ijtimoiy-siyosiy xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
3. O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan partiyalardan yana biri “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi. U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo`lib o`tgan ta’sis quritoyida to`zildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. “Milliy tiklanish” xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
4. 1998-yil 28-dekabrda O`zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998-yil 28-dekabrdagi ta’sis konferentsiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlandi. Partiyaning “Fidokorlar” gazetasi nashr etilmoqda.
5. 2003-yil ohirida O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini ximoya qilishdan iborat. O`zLDPning “XXI asr” xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |