1995-yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi biln O`zbekiston “Xalq birligi” harakati tashkil etildi va faoliyat ko`rsatmoqda.
1995-yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi biln O`zbekiston “Xalq birligi” harakati tashkil etildi va faoliyat ko`rsatmoqda.
“Xalq birligi” harakatining “Birlik” va “Yedinstvo” xaftalik gazetasi nashr etilmoqda.
O`zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq, respublika yoshlarining “Kamolat” jamg`armasi nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. 2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda bo`lgan yoshlar kuriltoyida o`zini-o`zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot- O`zbekiston Respublikasi “Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakati to`zildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi.
4.Davlat hokimiyati tizimida Prezidentlik boshqaruvini joriy etilishi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlar.
Mustaqillik xalqimizga o`z taqdirini, taraqqiyot yo`lini o`zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig`ini, xokimsiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo`l bilan erkin saylab qo`yilishini ta’minladi.
O`zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi Oliy Kengash faoliyat ko`rsatmoqda edi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko`rsatdi. Shu yillar ichida Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qarorlarni qabul qildi. Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo`ladi. Saylov kunigacha 25 yoshga to`lgan O`zbekiston respublikasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |