Corel Draw dasturi va uning imkoniyatlari reja: Corel Draw dasturi haqida
Download 7.4 Kb.
|
Corel Draw ишлаш кўникмалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-rasm. 13-rasmda ko`rinib turganinggizdek har bir tugmaga tegishli bo`lgan obyekt sahifada chizilib ko`rsatilgan. Oynaning yuqori qismida joylashgan
Corel Draw dasturi va uning imkoniyatlari REJA:
Corel Draw dasturi haqida Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to’g’ri chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik formula kabi geometrik abstraktciyalar ko’rinishda saqlanadi. Masalan, aylana shaklini kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko’rinishida bo’lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi etarli bo’ladi. To’rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o’rni va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli xildagi shakllarni izohlash mumkin. CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga o’xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang’ich muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko’rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi. Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko’rib o’tamiz. Agar ishchi oyna to’liq ekranni egallamagan bo’lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to’liq ekranda hosil bo’lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi. CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz (2-rasm). Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o’z interfeysini o’zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan. 2- rasm. Dasturning ishchi oynasi COREL DRAW- vektorli grafikaning WINDOWS operatsion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va taHrir qiluvchi dasturidir.Uning yordamida turli grafik ko`rinishlarni loyiHalash, fotomatn,tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko`rinishdagi kompazitsiyalarni taHrir qilish bilan boғliq amallarni bajarish mumkin. COREL DRAW muHarrirni ishga tushirish uchun COREL DRAW ning belgisiga borib «sichqoncha»ni yoki ENTER klavishini bosish kerak. Natijada Windows sistemasining barcha oynalariga o`xshash COREL DRAW muHarririnig oynasi ochiladi. 1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi. Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin: A) Belgilash B) O`chirish V) Nusxa olish va nusxani qo`yish. G) Bir nechta obyektlarni belgilash. D) Kattalashtirish va kichraytirish. E) Obyektni siljitish. J) Belgilashni olib tashlash. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz. Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan foydalaniladi. Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin. Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi. (Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida). Obyektlar ustida esa yana murakkabroq faqat Corel Draw dasturiga xos ishlarni bajarish mumkin. Bu ishlarni bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, «Uskunalar paneli»dan foydalanish mumkin. Foydalanuvchi o`zi tanlaydi qaysi usuldan unga foydalanish qulay. Biz ham faqat ayrim, ommabop usullarini sanab ko`rsatib o`tamiz. Corel Draw dasturida obyektlar yaratish uchun, yuqorida aytib o`tganimizdek, oynaning o`ng qismida joylashgan «Uskunalar paneli» foydalaniladi. «Uskunalar paneli»da joylashgan uskunalarga o`tamiz. Chunki bu uskunalar nafaqat obyekt yaratadilar, yoki obyektga ichki va tashqi rang beradilar, balki bu uskunalarning qushimcha imkoniyatlaridan foydalanib biz belgilangan obyektlar ustida har xil bajarish imkoniga ega bo`lamiz. «Uskunalar paneli» quyidagilar uskunalardan iborat: Pick Tool)-obyektni belgilash. (Shape Tool-F10)-obyekt ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beradi (qirqib olish, o`chirish, siqish). Bu tugma qo`shimcha tugmalardan iborat. (SHu tugma ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, chap tugmasi bosib turilsa shu buyruqlar chiqadi, keraklisi tanlab olinadi. Ichida keraklisi tanlab olinadi. «Uskunalar qatori»da joylashgan ayrim tugmalar shu imkoniyatga ega.) (Zoom)-masshtabni o`zgartirish imkonini beradi. Bu tugma vizifasi va imkoniyatlari to`g’risida, mavzumizning yuqori qismida aytib o`tkan edik. Lekin bu tugmaning yana bir qo`shimcha vazifasi bor, ya’ni 2-dagi ishlar tugma tanlansa, bu tugma bizga sahifani ekran bo`yicha joylashishini o`zgartirish imkonini beradi. (chap tugma bosiq turilgan holda) 13-rasm. 13-rasmda ko`rinib turganinggizdek har bir tugmaga tegishli bo`lgan obyekt sahifada chizilib ko`rsatilgan. Oynaning yuqori qismida joylashgan qator yordamida belgilangan obyekt ustida har xil ishlarni bajarish mumkin. Download 7.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling