Mustaqillik sari qo‘yilgan qadamlar quyidagilar 1989 yil 21 oktyabrda “O‘zbekiston ssrning Davlat tili haqida”
Download 14.83 Kb.
|
Mustaqillik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan , bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to‘g‘risida muayyan mo‘‘tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan
Mustaqillik sari qo‘yilgan qadamlar quyidagilar 1. 1989 yil 21 oktyabrda “O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun 30 moddadan iborat edi. 1-moddada “Davlat tili – o‘zbek tilidir” deyildi. Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis, kengash va boshqa masalalar davlat tilida olib borilishi aytilgan. 1990 yil 19 fevralda “Davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat programmasi qabul qilindi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasi davlat tili o‘zbek tili ekanligi aytildi. 1993 yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilishi qayd qilindi. 1994 yil 16 iyunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu qonunni amalga oshirish maqsadida davlat dasturi qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutiq belgisidan, so‘zlari 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan so‘zlar bilan almashtirildi). 1995 yil 21 dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunning yangi tahriri 24 moddadan iborat. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan 2, 10-bandlardagi “2005 yil” so‘zlari “2010 yil” deb almashtirildi Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to‘g‘risida muayyan mo‘‘tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umume’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, xalqning milliy-ma’naviy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlari tobora keng miqyosda o‘z ifodasini topmoqda. Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida barpo qilinganligi e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanini deyarli barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‘lam kasb qilayotganligi demokratiyani fan sifatida o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.
Download 14.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling