Mustaqillik va milliy ma’naviy yuksalish asoslari


Unutilmas uchrashuv arafasi


Download 1.45 Mb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1587851
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu (1)

Unutilmas uchrashuv arafasi

  • Unutilmas uchrashuv arafasi
  • 1999 yilning 16 fevralida bir guruh yoshlar oppozitsion kuchlarning soxta chaqriqlariga uchib, Toshkent shahrining bir qancha nuqtalarida bir vaqtda dinamitlar portlatish yo‘li bilan O‘zbekiston Prezidenti hayotiga suiqasd qilishga urinib ko‘rishdi. Oqibatda voqea sodir bo‘lgan joylarda bo‘lgan ko‘plab begunoh fuqarolar qurbon bo‘ldi, binolar vayron bo‘ldi, ayrim yo‘lovchilar nogiron bo‘lib qolishdi. Lekin, yovuz maqsadni rejalashtirgan oppozitsionerlar maqsadiga erisha olmadi va butun xalqimizga o‘zlarining jirkanch basharasini oshikora ko‘rsatib qo‘yishdi. Ularning asosiy maqsadi konstitutsion tuzimni ag‘darib, hokimiyatni egallash edi. Mazkur ig‘vogarlikni amalga oshirganlar orasida hali o‘zligini anglab etmagan yoshlarimiz ham bor edi. Ular hali kimga va nima uchun xizmat qilayotganligini ham anglab etishmagan edi. Bu xodisa zudlik bilan yoshlar orasida mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish kerakligini, bu ish kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatayotgan edi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi mazkur xodisadan keyin 1999 yil fevral oyining oxirida bir guruh olimlar qarshisiga 1 hafta ichida milliy istiqlol g‘oyasi haqida o‘z fikrlarini referativ tarzida yozib kelish vazifasini qo‘yadi. Olimlar bu vazifa bo‘yicha, har kim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, referativ ishlar tayyorlashdi. Ana shu jarayonda mazkur maqola muallifi ham maxsus maqola yozdi, bu maqola keyinchalik “Milliy tiklanish” gazetasining ikki sonida bosilib chiqdi.

Agar yurtimizga bugun o‘zimiz egalik qilmasak, ertaga unga egalik qilishni xoxlaydiganlar istagancha topiladi

I.Karimov

  • Bugungi kunda Islom Karimovning sadoqatli shogirdi O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev o‘z ustozining ilgari surgan rejalari, konsepsiyalari va g‘oyalarini chuqur anglagan izdosh sifatida, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda bu g‘oyalarni muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham I.Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.
  • Demak, Birinchi Prezident orzu qilgan zamon keldi. Bu zamonning muammolarini I.A.Karimovning sadoqatli shogirdlari, izdoshlari muvaffaqiyatli ravishda echib fidoyilik ko‘rsatishmoqda.
  • Xullas, Islom Abduganievich Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasining asoschisi hamda amaliyotga faol tatbiq etuvchisi, O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning xassos etakchisi, Ona Vatan taraqqiyotining yirik ilhomchisidir.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling