Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda”. - Uyg‘unlik masalasi jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida faylasuflar, nafosatshunoslar, huquqshunoslarning doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Falsafiy - axloqiy, siyosiy va huquqiy adabiyotlarda ko‘rsatilgandek, Aflotun, Arastu, Sitseron, Gegel, J. Lokk, J.J. Russo, I.Kant, T. Gobbs, SH.L. Monteske kabi mashhur faylasuflar qayd etilgan mavzuni tadqiq etganlar.
- Sharqning buyuk alloma, mutafakkirlari hamda davlat arboblari – Abu Nasr Farobiy, Ibi Sino, Beruniy, Ibn Rushd, A.Temur, A.Navoiy, M.Bobur, kabilar adolatli davlat hamda jamiyatda axloq va huquqning o‘rni haqidagi g‘oya, fikr va mulohazalarini o‘z asarlarida aks ettirishga harakat qilganlar.
- Mustabid tuzum davrida ushbu ta’limotlar etarli darajada o‘rganilmagan, agarda o‘rganilgan bo‘lsa ham o‘sha davrda hukmron bo‘lgan g‘oya va maqsadlardan kelib chiqqan holda taqiq etilgan.
- Mustaqillikka erishilgandan keyin bebaho ma’naviy merosni o‘rganishga, tarixiy haqiqatni tiklash va rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshlandi.
- Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakillantirish va uni har tomonlama rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish bo‘yicha olimlarimiz tomonidan qator tadqiqotlar olib borilmoqda, bulardan:
- A.A.Azizxo‘jaev, M.A.Rajabova, A.H.Saidov, H.T.Odilqoriev, SH.Z.O‘razaev, M.Rustamboev va boshqa olimlarning ilmiy ishlari fuqarolik jamiyatini shakillantirishning ijtimoiy – falsafiy, huquqiy - siyosiy jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lsa, N.Komilov, A.SHer, I.Karimov, M.Ollayorov, SH.Qaxxorova U.Mahkamov, E.YUsupov, Muhammadjonova. L, Boytemirova Z kabi olimlarning ilmiy asarlarida, tadqiqot mavzularida ma’naviy - axloqiy masalalar chuqur o‘rganilmoqda.
- Lekin, “axloq va huquqiy madaniyat uyg‘unligi” masalasiga oid fikr, g‘oya va ta’limotlarning nazariy tomonlarini keng yoritish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalar hali lozim darajada ishlab chiqilmagan.
- Uyg‘unlik (garmoniya – yunon. harmoniya) falsafiy tushuncha bo‘lib, unda borliqdagi barcha narsa, hodisalarning muayyan fazo va vaqtdagi shakl va mazmun birligi, ichki mutanosibligi, yaxlit sistema tarzida mavjudligini ifodalaydi.
- Shunga ko‘ra uyg‘unlik tashqi dunyo bilan insonning o‘z-o‘zini anglashi hamda maqsad, manfaat va ehtiyojining muvofiq, mutanosib kelishining ob’ektiv tarzda namoyon bo‘lishidirki, shu bois u (uyg‘unlik) mohiyatan borliqning universal qonuni hisoblanadi.
- Bugungi kunda, demokratik islohotlar jamiyat hayotining barcha jabhalarini, shu jumladan, ma’naviyat va qonunchilik sohalarini ham chuqur qamrab olmoqda.
- Islohotlarning pirovard maqsadi ma’rifiy davlat va fuqarolik jamiyatni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir, shuning uchun uyg‘unlikning ijtimoiy borliq qonuni sifatida amal qilishi jamiyat hayoti tizimi tarkibiy qismlari, elementlari bog‘lanishlari, aloqadorliklari o‘zaro muaofiq, mutanosib kelishligi, rivojlanishlarning muayyan darajasida namoyon bo‘lishi bilan shartlangandir.
- Demak, fuqarolik jamiyatining tub mohiyati quyidagi uch jihatning mushtarak birligi orqali amalga oshadi: huquqiy davlatchilik va unga mos bo‘lgan siyosiy tizimni tashkil etishida; iqtisodiyotning xususiy mulkchilikka tayanuvchi rivojlangan bozor iqtisodiyotini ifoda qilishida; barcha ijtimoiy munosabatlarning yuksak ma’naviy zaminga tayanishida.
- Jamiyatni demokratik shakillantirishda, rivojlantirishda siyosiy va iqtisodiy omillarning ahamiyati nihoyatda kattaligini e’tirof etgan holda, madaniy, ma’naviy omil va ularning uyg‘unligiga erishish va bunda ayniqsa, huquqiy va axloqiy madaniyat roli masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
- Aholini, ayniqsa, yoshlarni boy ma’naviy merosimiz, milliy va tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, demokratiya va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning hal qiluvchi omilidir-ki bunda, axloqiy va huquqiy madaniyat uyg‘unligi muhim o‘rin tutadi.
- Huquqiy madaniyat davlatchilik rivoji va huquqiy tizim etukligining, fuqarolik jamiyati ma’naviy kamolotining, muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
- Mazkur madaniyat ijtimoiy hayot jarayonlariga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolar, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi hamda mamlakatning barqaror rivojlanishini, mustahkamlovchi me’yoriy qadriyatdir.
- Ma’lumki, huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar soni va hattoki, ularning sifati bilan ham emas, balki uni og‘ishmay hayotga joriy qilish, jamiyatdagi insonlar faoliyatida aks etishi va umuman ijtimoiy hayotning barcha sohalari bilan uyg‘unlashishida ko‘rinadi.
- Axir, eng pishiq va puxta qonun ham amalda o‘z ifodasini topmasa, ustivor bo‘lmay qolaveradi.
- Ijtimoiy ma’nodagi “axloqiy-huquqiy madaniyat” tushunchasi ikki darajada: butun jamiyatning axloqiy-huquqiy madaniyati va alohida shaxsning huquqiy-axloqiy madaniyat darajasida talqin etilishi mumkin.
- Shunga ko‘ra, ijtimoiy axloqiy - huquqiy madaniyat, huquqiy institutlar va muassasalar, huquqiy ong va axloqiy normalar, tamoyillar ular faoliyatning dialektik mushtarak birligini ifodalovchi qadriyatlar va me’yorlarining sifat holati deb baholanishi mumkin. SHaxsga nisbatan esa u huquqiy reallikni o‘zlashtirish me’yori, ijtimoiy hayot, borliqni idrok etishning o‘ziga xos axloqiy ko‘zgusi tarzida namoyon bo‘ladi.
- Ayni vaqtda, huquqiy madaniyatning mazmuni ko‘p jihatdan huquqiy tizim, huquqiy tamoyillar, huquq tarmoqlari va normalari majmui bilan belgilanadi. Qonunchilikning takomillashuvi va qonuniylikning mustahkamlanishi, jamiyat va shaxs huquqiy ongini mustahkamlaydi.
- Axloqiy va huquqiy madaniyatning yuksalib borishi ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi huquqiy demokratik davlatga xos ob’ektiv qonuniyatdir.
- Huquqiy madaniyat darajasi jamiyatda qaror topgan huquqiy qadriyatlar ko‘lami, ularning omma orasida keng tarqalganligi hamda ular tomondan ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov tamoyili asosida o‘zlashtirilganligi bilan o‘lchanadi.
- Har bir alohida olingan insonning huquqiy madaniyati uning huquqiy qadriyatlarni, qonunlar mazmunini o‘z qalbi, shuuriga qanchalik ma’naviy-axloqiy mezonlar uyg‘unligida singdirganligi bilan belgilanadi.
- Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, qayd etilgan jihatlar va ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar ham shaxs huquqiy madaniyati shuningdek, aholi ijtimoiy huquqiy faolligi darajasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Eng muhimi ushbu tadbirlar shoshmashosharliklardan holi biri ikkinchisini to‘ldiradigan sohadagi mavjud muammolarni hal qila oladigan, uzoqni ko‘zlangan holda tadrijiylik asosida amalga oshirishni taqozo etadi.
- Bu boradagi vazifalarni samarali hal qilish maqsadida quyidagi tashkiliy-huquqiy va ta’lim-tarbiyaviy choralarni amalga oshirish taklif etiladi:
- -«axloqiy va huquqiy madaniyat uyg‘unligi» tushunchasining ilmiy makomini asoslashda ma’naviyatning davlat siyosati darajasidagi mazmunini nazariy umumlashtirish, uni ijtimoiy-gumanitar fanlar hamkorligida ilmiy tadqiq etishning mukammal rejasini tuzish zarur;
- -jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning etuklik ko‘rsatkichidir.
- -respublika ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar, o‘quv muassasalari milliy ma’naviyat, axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qilishda o‘smirlarning yosh xususiyatlari, pisixologik qobiliyatlarini xisobga olgan holda konsepsiya ishlab chiqish, O‘zbekistan televideniesining «Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi», «Oddiy haqiqatlar», «Odami ersang», «Ming bir rivoyat», «Vatanparvar», «Ezgulik», «Hidoyat sari» kabi dasturlarining ma’naviy-axloqiy ta’sirchanligini yanada oshirish, bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, talabalar, umuman, muxlislarga mo‘ljallangan maxsus ma’naviyat ko‘rsatuvlari seriallarini tayyorlash, ulardan ma’naviyat va tarbiyaviy soatlarda ijodiy foydalanishga erishish lozim;
- -jamiyatni faol demokratik yangilash va mamlakatni modernizatsiya qilish deb nomlangan va bugungi kunda mantiqiy davom etayotgan jamiyat rivojlanishining ikkinchi bosqichida quyidagi dasturiy vazifalar: siyosii va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat kurilishining barcha jabhalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish; mustaqil sud tizimini mustaxkamlash; inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada kengaytirish va takomillashtirish; jamoat tartibi va xavfsizligini, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash tizimini takomillashtirish; fuqarolarning siyosii, iqtisodiy faolligini, huquqiy ongini oshirish; fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish; kuchli davlatdan kuchli jamiyatga izchil va bosqichma-bosqich o‘tilishini huquqiy ta’minlash talab etiladi.
- -O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishni huquqiy ta’minlashni takomillashtirish, birinchidan, huquq tizimini yanada erkinlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida inson huquq va erkinliklarini amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan yangi qonunlar ishlab chiqishni; ikkinchidan, davlat hokimiyati, ayniqsa huquqni muxofaza qilish idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy mexanizmini takomillashtirishni; uchinchidan, jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning eng samarali yo‘nalishi bo‘lgan inson huquq va erkinliklari monitoringi tizimini yaratishni taqozo etadi;
- Xullas, har bir fuqaro uchun qonun chizib bergan yo‘ldan bir qadam ham chetga chiqmaslik – eng muqaddas qonun bo‘lmog‘i kerak.
- Zero, uyg‘unlik masalasi nafaqat umumfalsafiy nazariya balki, umumhayotiy ahamiyatga molik bo‘lgan tom ma’nodagi “qonun”dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |