Mustaqillik yillari gacha va mustaqillikdan keyingi davr til siyosati


Download 24.8 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi24.8 Kb.
#1395867
  1   2   3   4

Mustaqillik yillari gacha va mustaqillikdan keyingi davr til siyosati
Reja:



    1. Mustaqillikdan oldin ona (o’zbek) tili ta’limini turg’unlikdan chiqarish, zamon talablariga muvofiqlashtirish yo’llarini izlash.

    2. O’zbek tili doimiy anjumani”ning tarixiy ahamiyati.

    3. Ona tilidan davlat ta’lim standart(DTS)larining joriy etilishi va ularning takomillashtirilishi.

    4. Mustaqillikdan kiyin ona (o’zbek) tili ta’limida tub yangilanishlar.


Hayot yo’lida birinchi masala– maktab masalasidir.
A. Fitrat
Ta’lim tizimida uzoq yillar hukmronlik qilgan turg’unlik davri jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy-ma’naviy hayotigа salbiy ta’sir etdiki, bu asoratlar izi hali-hanuz seziladi. Bu salbiy hol, ayniqsa, ta’lim tizimi rivojining orqaga ketishiga, bir joyda depsinishiga sabab bo’ldi. Shu jumladan, tilshunoslik fani, uni o’qitish bilan bog’liq jabhalarda juda katta muammolar vujudga keldi. Eski tuzum o’zining oxirgi umrini yashab, qayta qurish shabadalari esayotgan bir davrda
(1987-1990) soha mutaxassislari o’z yo’nalishlaridagi xato- kamchiliklarni baralla ayta boshladilar. Shuningdek, yangilanish ruhi, qayta qurish jarayoni jamiyatning barcha jabhalarida bo’lgani kabi maorif sohasida ham o’z aksini topa boshladi. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tarixiy voqea sifatida bu jarayonni yanada tezlashtirdi va chuqurlashtirdi. O’zbek tilshunosligi fanining o’sha davrdagi mavjud holati, o’rta, o’rta maxsus va oliy maktablarda tilshunoslik fanini o’qitish metodlari zamondan orqada qolib ketayotgani, pirovard natijada, o’zbek bolalari savodxonlik darajasining pastligi, ularda o’z fikrini yozma va og’zaki tarzda to’g’ri, lo’nda va tinglovchiga tushunarli tarzda bayon qilish ko’nikmalarining yetarli emasligi davr ziyolilarining ko’pchiligini haqli ravishda tashvishga sola boshladi. Respublika Xalq ta’limi vazirligi va “O’qituvchilar gazetasi” shu masala bilan bevosita shug’ullanib, nafar taniqli tilshunos olimga rasmiy xat bilan, keng jamoatchilikka esa ularning bu boradagi aniq fikr-mulohazalarini bilish maqsadida gazetaning1987-yil 11-noyabrdagi soni orqali savollar bilan murojaat qildi.
O’zbek tilshunosligini qayta qurish zarurati bormi?, Bu sohada, sizningcha, nimalarni qayta qurish talab etiladi?, Tilshunoslikda qayta qurish qanday amalga oshishi mumkin va u qanday samara beradi?, O’rta maktabda ona tilining o’qitilishi hozirgi kunda qanday holatda va uni qayta qurishda nimalarni nazarda tutish kerak?, Oliy va o’rta maktabda o’zbek tilining o’qitilishi orasida qanday davomiylik mavjud? Bu kabi anketa savollari yetuk mutaxassislar va gazetxonlarni qizg’in bahs-muhokamaga chorladi va o’zbek tilshunosligi hamda uning keyingi taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilashda muhim omil bo’ldi. Ya’ni Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o’zbek (ona) tilidan ta’lim maqsadi, mazmuni, usuli va vositalarini yangilash, ularni turg’unlikdan chiqarish, zamon talablariga hamda jahon mezonlariga muvofiqlashtirish yo’llarini izlab o’zbek tilshunoslari-yu metodistlari orasida katta munozara va fikr almashish muhiti vujudga keltirildi.
Ushbu savollar bilan boshlangan va qamrov darajasi kengayib borgan munozara O’zbekistondagi o’quv yurtlarining barcha turlarida o’zbek (ona) tili o’qitilishini davr ruhiga moslashtirish, bu borada yuqori sifat ko’rsatkichlariga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan to’liq va o’z o’rnida foydalanish tashabbusiga keng yo’l ochdi. Respublika yetakchi o’zbek tili mutaxassislari va tilshunoslarining
1989-yil mart oyida o’tkazilgan amaliy kengashida ona tili bo’yicha o’quv metodik kengash tuzish haqida qaror qabul qilindi. Respublika o’quv metodik markazining aprel oyida chiqargan buyrug’iga asosan oliy va o’rta maktab, o’rta maxsus o’quv yurtlari, nashriyot va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlaridan iborat 40 kishilik yangi kengash tuzildi.
1989 yilning 9-iyunida yangi tuzilgan o’quv metodik kengashning birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kengashning 1990-yil aprel oyida Samarqandda o’tkazilgan birinchi konferensiyasi 30.000dan ortiq mutaxassisni birlashtirdi. Konferensiyada mazkur ilmiy-tadrisiy (ilmiy-metodik) kengash zimmasiga ona tilidan ta’lim mazmunini yangilash vazifasi yuklatildi.
O’zbek tili doimiy anjumani” haqida. 1989-yil 25-sentabrda O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligining 386-buyrug’i asosida har bir yig’ini qariyb ming mutaxassis olim-u amaliyotchi o’qituvchilarni birlashtirgan “O’zbek tili doimiy anjumani” ta’sis etildi. Anjuman 1989-yil 25-sentabrda ta’sis etilgan bo’lsa-da, uning birinchi yig’inini o’tkazish ikki yildan keyin amalga oshdi. Sababki, o’sha davrda ham yangilanishlarni qabul qila olmaydigan buyrokrat rahbarlar bor edi. Til va uning ta’limi jonkuyarlarining sa’y-harakatlari bilan 1991-yildan to hozirgacha (har ikki yilda bir marta) anjumanning o’n uchta yig’ini o’tkazildi. Bular quyidagilar:
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 1-yig’ini 1991-yil Samarqand shahrida o’tkazildi va “O’zbek tilini o’rganish va o’qitishni qayta qurish hamda takomillashtirishning dolzarb masalalari”1 deb nomlandi. Tarixiy ahamiyat kasb etgan mazkur yig’inda o’sha davrda amalda bo’lgan, “stabillashgan” ona tili ta’limi tizimi, ta’lim mazmuni, usulini yangilash zarurligi, qotib qolgan andozalar asosida ishlash mumkin emasligi yig’inda qatnashgan 500 dan ortiq mutaxassislar – o’qituvchilar-u olimlar tomonidan baralla aytildi. Mavjud tanazzuldan chiqish yo’llari belgilandi. Munozara jarayoni, fikr almashinishlar o’tkazilib, ona tili o’quv predmeti bo’yicha muqobil dasturlar keng muhokama etildi va umumiy o’rta ta’lim tizimida bugungi kunda takomillashgan holatda amal qilayotgan o’quv dasturining ilk ko’rinishi ham xuddi shu anjumanda tasdiqlandi. Zeroki, mustaqillik davrida ona tili ta’limi oldiga nafaqat bilimdon, balki bilim olish yo’llarini biladigan, bir maqsadga erishishning turli usul va vositalaridan (imkoniyatlardan) muayyan sharoitda eng qulay, samarali yo’lni tanlay oladigan va amalda tatbiq etish ko’nikmasiga ega bo’lgan o’quvchi shaxsi –mustaqil ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish maqsadi qo’yildi. Keyingi tajribalar birinchi yig’in to’g’ri yo’l tanlaganini ko’rsatdi, chunki u tanlagan yo’l Istiqlol yo’li, milliy an’anaviy ravnaq yo’li bilan uyg’unlashdi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 2-yig’ini 1993-yilning aprelida Qarshi shahrida o’tkazildi va “Ta’lim bo’g’inlarida ona tili o’qitish mazmunini yangilash asoslari”2 deb nomlandi. Yig’inida yangi maqsadga muvofiq ona tili ta’limining mazmuni, usuli va vositalari, shuningdek, ona tilidan Davlat ta’lim standarti, o’rta umumta’lim maktablarida ona tili o’qitish konsepsiyasi masalalari keng muhokama etildi. Natijada O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yilning oktabrida “O’zbek maktablarida ona tili ta’limi konsepsiyasi” qabul qilindi. Mazkur konsepsiya “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingandan keyin ham muhim hujjatlar mazmunini to’ldiruvchi hujjat sifatida o’z kuchida qoldi. Shuningdek, anjumanning birinchi va ikkinchi yig’inlari tavsiyalari asosida ona tilidan sinov darsliklari yaratish ishiga kirishildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 3-yig’ini 1995-yilning aprelida Jizzax shahrida o’tkazildi va “Ta’lim jarayonida so’z 63 deb nomlandi. Yig’in Xalq boyligini oshirishning asosiy omillari”
ta’limi vazirligidan takomillashtirilgan “Induktiv-2”* dasturi asosida respublika miqyosida tajriba-sinov ishlarini boshlash hamda sinоv darsliklari nashr etishni so’radi. (V-IX sinflar uchun mo’ljallangan “Induktiv-2”da ta’lim usuli induktiv bo’lib, tahlildan qonuniyatga, umumiylikdan xususiylikka qarab borishni ko’zda tutdi. 1997-1998- yillarda 30 000 (o’ttiz ming) nusxada, shu dastur asosidagi darsliklar 5- va 6-sinflar uchun nashr etildi hamda respublika maktablarida sinaldi.64)
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 4-yig’ini 1997-yilning aprelida Toshkent shahrida o’tkazildi va “Ta’lim jarayonida matn deb nomlandi. Yig’inda ta’lim ustida ishlashning asosiy omillari” jarayonida shaxsning qobiliyatini, ichki olamini yuzaga chiqaruvchi (siyratning surati) – ijodiy matn yaratish ustida ishlashning asosiy omillariga e’tibor qaratildi. Zaruriy tavsiyalar ishlab chiqildi, sinov ishlarining jadal odimlari qutlandi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 5-yig’ini 1999-yilning aprelida Buxoro shahrida o’tkazildi va “Ta’lim jarayonida nutq masalalari” deb nomlandi. Tabiiyki, o’quvchilarning nutqi(og’zaki va yozma)ni rivojlantirish ularda avvalo ijodiy tafakkurini shakllantirish va uni avaylab “parvarishlash”ni taqozo etadi. Amaliyotda tatbiq etilishi mumkin bo’lmagan, ya’ni kundalik mustaqil ijodiy tatbiq bilan bog’lanmagan bilimlar o’quvchi xotirasida ortiqcha yuk bo’lib, tezda izsiz yo’qolib ketadi. Zero, jamiyat bilimli shaxsni emas, balki bilimlaridan jamiyat talablariga mos foydalana oladigan, mustaqil fikrlaydigan, bunday odat uning tabiatiga aylangan, ya’ni tarbiyalangan, madaniyatli, ma’naviyatli shaxsni yetishtirib chiqarishni maktab oldiga maqsad qilib qo’ygan. Anjumanda ana shu jihatlarga e’tibor qaratildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 7-yig’ini 2003-yilning aprelida Namangan shahrida o’tkazildi va “O’zbek tili ta’limida milliy istiqlol g’oyasini singdirish masalalari” deb nomlandi. Anjuman sho’balarida ta’limning barcha tur va bosqichlarida Milliy istiqlol, uning sharofati bilan rivojlangan davlatlar hamjamiyatidan qat’iylik bilan o’rin olayotgan O’zbekistonda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari farzandlarimiz shuuriga milliy qadriyat sifatida shingdirilishi zarurligiga e’tibor qaratildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 8-yig’ini 2005-yilning aprelida Xorazm shahrida o’tkazildi va “O’zbek tili ta’limi jarayonida fanlararo bog’lanish masalalari”34 deb nomlandi. Anjumanda o’rta umumta’limda ona tili ta’limi jarayonida o’qitiladigan barcha fanlararo bog’lanish bo’lgandagina ko’zlangan maqsadga oson erishilishi masalalari muhokama etildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 9-yig’ini 2007-yilning aprelida Termiz shahrida o’tkazildi va “Yigirma birinchi asrda o’zbek 70 deb nomlandi. Anjumanda zamonaviy ta’lim, tili ta’limi masalalari”
ona tili ta’limini jahon standartlariga moslashtirish masalalari muhokama etildi. Davr hozir–globallashuv, cheksiz miqdorda bilimlar yig’ilgan va sistemalashtirilgan axborot asrida o’zlashib singgan bilimdan ko’ra bilim topish yo’lini bilish afzalligini taqozo etayotganligi; jamiyatga mustaqil, ijodiy fikrlovchi qanday sharoitda qanaqa bilim kerakligini va uni qayerdan olish mumkinligini biladigan shaxslar zarurligi masalalariga diqqat qaratildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 10-yig’ini 2009-yilning aprelida Andijon shahrida o’tkazildi va “Til ta’limi bosqichlarida uzviylikni ta’minlashning ilmiy-amaliy muammolari” deb nomlandi.
Anjumanda umumiy o’rta ta’lim bosqichlarida: boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilganligi; umumiy o’rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini berishi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati ва amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantirishi, dastlabki tarzda kasbga yo’naltirishga hamda ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam berishini nazardan qochirmaslik kabi masalalarga diqqat qaratildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 11-yig’ini 2011-yilning aprelida Navoiy shahrida o’tkazildi va “O’zbek tili ta’limida pedagogik texnologiyalarning o’rni” deb nomlandi.
Mаmlаkаtimizning bоzоr iqtisоdiyotigа bоsqichmа-bоsqich o’tib bоrishi tufаyli ishlаb chiqаrishning bаrchа jаbhаlаri uchun ishbilаrmоn, o’z kаsbini mukаmmаl bilаdigаn, tаdbirkоr, tаshаbbuskоr mutахаssislаr tаyyorlаsh dаvr tаlаbigа аylаndi. Zеrо, mаmlаkаtning jаhоn hаmjаmiyatidа egаllаgаn o’rni mutaxassislarning intеllеktuаl sаlоhiyati bilаn bеlgilаnаdi. Bugungi kundа insоn vа jаmiyat ehtiyojlаrini qоndirishni tоbоrа tаkоmillаshib bоrаyotgаn tехnоlоgiyalаrsiz tаsаvvur qilib bo’lmаydi. Buni rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr tаjribаsi misоlidа ko’rishimiz mumkin. Rеspublikаmizdа bаrkаmоl shахs vа yetuk mutахаssislаrni shаkllаntirish dаvlаt siyosаti dаrаjаsigа ko’tаrilgаn. Dеmаk, hаr qаdаmdа ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrgа ehtiyoj sеzmоqdаmiz. Vаhоlаnki, ertаngi kun mutахаssisi bugungi kun mаktаb pаrtаsidа o’tirgаn yoshlаrdir. Аn’аnаviy o’qitish mаktаbigа tаyangаn tа’lim muаssаsаsi, hоzirgi zаmоn ishlаb chiqаrish vа bоshqа sоhаlаrning аniq tаlаblаrigа jаvоb bеrаdigаn mutахаssislаrni tаyyorlаshgа qоdir emаs. Shuning uchun o’quv jаrаyonini tаkоmillаshtirish, o’quvchilаr qiziqishini оshirish, o’qitish nаtijаlаrini yaхshilаshning eng sаmаrаli yo’llаrini izlаsh ishlаri uzluksiz dаvоm ettirilmоqdа. O’qitish sifаtini оshirish obyektiv zаrurаtgа аylаngаnligi tufаyli аn’аnаviy o’qitish usullаridаn ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrgа o’tish muаmmоsining dоlzаrbligi оrtib bоrmоqdа.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya, оmmаviy tа’lim shаrоitidа dаvlаt tа’lim stаndаrtlаri tаlаblаri dаrаjаsidа kаdrlаr tаyyorlаshni tа’minlаydi.
O’quv jаrаyonining tехnоlоgik tаyyorgаrligi o’qitish jаrаyonini (ishlаb chiqаrish–tехnоlоgik jаrаyondа, bu mаhsulоt tаyyorlаshning tехnоlоgik оpеrаtsiyalаri, uni mаqbullаshtirish vа sаmаrаdоrligini) o’z ichigа оlаdi. O’qitish jаrаyonini birхillаshtirish (unifikаtsiyalаsh), o’qitishdа mаksimаl sаmаrаdоrlikni qo’lga kiritishga pеdаgоgik tехnоlоgiyani yarаtish vа qo’llаsh оrqаli erishilаdi. Anjumanda ana shunday masalalar xususifa fikr, tajriba almashildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 12-yig’ini 2013-yilning aprelida Chirchiq shahrida o’tkazildi va “Axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish– o’zbek tili ta’limi samaradorligini deb nomlandi. Anjumandabugungi kun ta’limidagi oshirish omili” yangilanishlar jarayoni pedagoglar oldiga qo’yayotgan malakaviytalablar, jumladan, ona tili ta’limi o’qituvchilarining axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni bilishi zarurligi, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ona tili ta’limi samaradorligini oshirish omili ekanligi masalalari keng muhokama etildi.
O’zbek tili doimiy anjumani”ning 13-yig’ini 2015-yilning aprelida Navoiy shahrida o’tkazildi va“Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning asosiy omillari”74deb nomlandi. Anjumanda yozma savodxonlikning bugungi ahvoli borasidagi mavjud holat tahlil etildi va yozma savodxonlikni takomillashtirish yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berildi.
Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliydasturi” va ona tili ta’limi haqida. Mustaqillik memorondumidan keyin (31-avgust 1991-yil) “mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va birinchi darajali masala sifatida ko’nikmalari darajasiga chiqarish” kun tartibiga qo’yildi.
Mustaqillik yillarida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun quyidagi davrlarda qabul qilindi:

  1. O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni44 moddadan iborat bo’lib, bu qonun ta’lim tizimida erkinlik, ittifoq tizimidan chiqish, ta’limni milliylashtirishga qaratilgan edi;

  2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi. Mazkurqonun V bo’lim 34 moddadan iborat edi. (“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun birinchi bor qabul qilingandan keyin oradan ko’p o’tmay, mustaqil O’zbekiston jahon hamjamiyatidan, mustaqil davlatlar tizimidan barqaror o’rin oldi va bu ta’lim tizimimizni yangi ehtiyojlarga moslash zaruratini keltirib chiqardi.) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunini hayotga tatbiq qilish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (KTMD) ishlab chiqilildi hamda ijtimoiy hayotga tatbiq etildi;

  3. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining yangi loyihasi davr o’zgarishlari bilan bog’liq ravishda 2019-yil avgust oyida umumxalq muhokamasiga tashlandi. (Unda O’zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ta’lim turlari: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim; kasbiy ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim tuzilmasidagi o’zgarishlarga keng e’tibor qaratilmoqda.)

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunini hayotga tatbiq qilish uchun ishlab chiqilgan hamda amalga joriy etilgan edi. Mazkur dastur besh bo’limdan iborat. Bular quyidagilar:

  1. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari;

  2. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari;

  3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli;

  4. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;

  5. Milliy dasturni ro’yobga chiqarishga doir tashkiliy chora- tadbirlar.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dastur uch bosqichda (1-bosqich 1997-2001-yillar–o’tish davri;2-bosqich 2001-2005-yillar–yangilash davri; 3-bosqich 2005- va undan keyingi yillar rivojlantirish davri) amalga oshirildi.
Mustaqillikning o’tgan chorak asrdan ko’proq davri mobaynida ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yangilandi, mustahkamlandi, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-metodik adabiyotlar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlandi.

Download 24.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling