Mustaqillik yillarida barcha sohalar singari O‘zbekistonda qonunchilik sohasida ham ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xususan qonun ijodkorligi va uni takomillashtirishga qaratilgan mustahkam huquqiy bazaning yaratilishi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati


Download 42.29 Kb.
bet4/21
Sana06.11.2021
Hajmi42.29 Kb.
#170951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Qonun ijodkorligi

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

1) o‘z tashabbusi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

2) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash to‘g‘risida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi;

3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi;

4) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning amaldagi qonun hujjatlarining qo‘llanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi axborotlarini eshitadi;

5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini ta’minlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi.




Download 42.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling