Mustaqillik yillarida barcha sohalar singari O‘zbekistonda qonunchilik sohasida ham ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xususan qonun ijodkorligi va uni takomillashtirishga qaratilgan mustahkam huquqiy bazaning yaratilishi


-modda. Qonun loyihasining tuzilishi


Download 42.29 Kb.
bet13/21
Sana06.11.2021
Hajmi42.29 Kb.
#170951
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Qonun ijodkorligi

19-modda. Qonun loyihasining tuzilishi

Qonun loyihasi, qoida tariqasida, bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflarga ajratiladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Qonun loyihasi uning qabul qilinishi sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan muqaddimaga ega bo‘lishi mumkin. Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi.



(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflar sarlavhaga ega bo‘ladi hamda raqamlanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Qonun loyihasida huquqiy normalar tartib raqamiga ega bo‘lgan moddalar ko‘rinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Kodekslar va boshqa qonunlar loyihalarining moddalariga, qoida tariqasida, sarlavha qo‘yiladi.



(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar, moddalar, shuningdek moddalarning qismlari, bandlari va kichik bandlari loyiha mavzui mantiqan rivojlanib borishini ta’minlaydigan tarzda ketma-ket joylashtiriladi.

Qonun loyihasining matniga:

qonun loyihasining yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi;

ilgari qabul qilingan qonunlarni yoki ularning ayrim qoidalarini mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qoidalar kiritilishi mumkin.

 LexUZ sharhi



Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 2-bobi.

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunlar loyihalarining matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan aniq davlat organlari ko‘rsatiladi.



(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)


Download 42.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling