Mustaqillik yillarida kashtachilik san’ati tarixi reja: Kashtachilik tarixi. Kashta buyumlari
Download 0,73 Mb.
|
Mustaqillik yillarida kashtachilik san’ati tarixi
Kashta buyumlari.
So’zana- forscha so’zdan olingan bo’lib, igna bilan tikilgan degan ma’noni bildiradi. Palak- devorga osiladigan bezak buyumi bo’lib, naqshlari oy ko’rinishida aylanasimon bo’ladi. Zardevor-uyning tepa qismiga osiladigan kashta buyumi bo’lib, balandligi 60 sm,uzunligi uyning o’lchamiga mos qilib olinadi. Choyshab- forscha so’z bo’lib ,tun chodiri degan ma’noni bildiradi. Joynamoz- bir tomoniga mehrob shakli kashtada tikilgan bo’ladi. Yostiqqosh- eni 30sm ,uzunligi 60sm gazlamaga naqsh tushurilib tikiladigan bezak buyumi. Qiyiqcha- belbog’ erkaklar beliga bog’lanadigan ro’mol. Kashta tikishda bosqichlari Gazlama tanlash asbob va moslamalrni tayyorlash buyumni pardozlash chok tanlash XTQ va SGT ish o’rnini tashkil etish ip tanlash rang tanlash naqsh chizish Kashta tikish asboblari va moslamalari Qo’lda kashta tikish uchun o’ziga xos asboblar bo’ladi. Kashtachilikda ignalar, angishvona, qaychi, santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda chambarak ishlatiladi. Kashtachilikda oq, kulrang, och sariq, och mallarangli surp, bo’z, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday matolarda naqshlar chizilganda yaxshi ko’rinadi, rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi. Gul, rasm, naqshlar chizish uchun chizg’ichlar, yumshoq va qattiq qalamlar, daftar, al’bom, o’chirg’ich, millimetrlangan qog’oz, nusxa ko’chiradigan qog’oz va shaffof qog’ozlarkerak bo’ladi. Chambarak gazlamani tarang tortib turish uchun ishlatiladi. 20-40 smli ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir- birini ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak. U juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa, atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin. Download 0,73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling