­­­Mustaqillik yillarida O’rta Osiyo allomalari, shaharlari hamda tarixiy obidalar yubileylarining nishonlanishi Reja: Kirish


Download 1.22 Mb.
bet6/6
Sana04.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1328200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqillik yillarida O’rta Osiyo allomalari, shaharlari hamda tarixiy obidalar

9- rasm. Ismoil Samoniy maqbarasi
Samarqand. Shohizinda maqbaralar majmuasi
XI - XIX asrlar. Samarqandning Afrosiyob tepaligi janubida barpo qilingan bu majmuaga yigirmadan ziyod maqbara, masjid, xonaqoh va chillaxonalar kiradi. Ularning ichida eng qadimiysi - Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchalari Qusam ibn Abbosning maqbarasi. Inshootlarning aksari XIV - XV asrlarga mansub. Majmua tarkibida sohibqiron Amir Temurning singlisi Shirinbeka oqa, opasi Turkan oqa va xotini Tuman oqalarning maqbaralari ham mavjud.

10-rasm. Shohizinda maqbaralar majmuasi. (Samarqand) Buxoro Minorai Kalon
XII asr. 1127 yil Qoraxoniylar davlati amiri Arslonxon tomonidan qurilgan bo'lib, pishiq g'ishtdan naqshdor shakllar uslubida ishlangan. Balandligi 50 metr, aylanma eni 9 metr. Minoraning salla shaklidagi yuqori qismi g'isht o'ymakorligi bilan bezatilib, karniz holiga keltirilgan. O'qsimon tirgak o'rtasida Arslonxonning nomi hamda binokor ustaning ismi Baqo bitilgan. Minora ichida g'ishtin aylanma zinapoya bo'lib, mezanaga olib chiqadi. Minora azon chaqirish uchun masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qilib qurilgan. Minorai Kalon mezanasining qubbasi va devorlari muazzin ovozini yanada kuchaytirib berishga xizmat qilgan.

11-rasm. Minorayi Kalon (Buxoro) 12-rasm. Hazrati Imom (Shahrisabz)
Qashqadaryo viloyati. Shahrisabz. Hazrati Imom maqbarasi
XIV asr. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dorussiyodatga, o'g'li Jahongir qabri oldiga dafn ettirgan. Amir Temur ko'rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. Muhammad Shayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag'dodiy "nomi bilan mashhur bo'lgan. Majmuaga Amir Temur o'zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o'n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan.
3. Tarixiy obidalar- ma'naviyatimiz ko'zgusi.
Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusi O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo'qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.
Toptalgan tariximiz, qutlug' qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko'tardi.
Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi.
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo'lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug' zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko'ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihat bo'lishga xizmat qilmoqda.
Masjid 1920 yillargacha musulmonlarning eng sevimli maskaniga aylangan. Bu masjidda Buxoro madrasalarini tamomlab kelgan mudarrislar, ulamolar dars berganlar, namozxonlarga shariat va tariqat yo'llaridan sabok berganlar, ularni halollik va poklikka, tinchlik va osoyishtalikka da'vat etganlar. Birok, o'sha mustabid sovet tuzumi boshlangandan keyin mullalar, namozxonlar qatagon kilindi. Masjidlar yopib qo'yildi. Biri "quloq", biri "Xalq dushmani", biri "Ruxoniy", biri "Bosmachi", deb ayblangan xalqimiz masjidlarga borishdan uzoqlashdilar. Urush yillarida esa boshqa masjidlar kabi Oqmasjid xam omborxonaga aylantirildi. Sayyid ota qabrlari xam, masjid xam qarovsiz qolib, ko'rimsiz bir joyga aylanib qolgan edi. 1980 yillar atrofida xam namozxonlar kommunistik mafkura siyosatchilaridan qo'rqa-pisa masjidga kelib-ketar edilar. 1981 yil 1 sentyabrda tuman markazidagi Shayx Gadoy Selkin masjidining faoliyat ko'rsatishiga ruxsat berildi. Shu jumladan, Oqmasjidga xam.
Shundan so'ng din peshvolari, namozxonlar hashar uyushtirib, darhol obodonlashtrish ishlarini boshlab yuborishdi. 2003 yil 5 sentyabr kuni Oqmasjidning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Masjid yana faoliyat yurita boshladi.
Bugungi kunda Xatirchi tumanini o'zining mahobatli ko'rinishi bilan bezab turgan bu masjid kishilarni ezgulikka chorlab, namozxonlarga sharoit yaratib bermoqda.
O'tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk o'tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan.


Xulosa
O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharlar tarixini o‘rganishda arxeologik tadqiqotlar, tarixiy ma’lumotlar, tarixiy manbalar, arab va xitoy manbalari, buyuk geografik kashfiyotlar davridagi sayohatchilarning yozma manbalari muhim o‘rin egallaydi. Yurtimizda ilk shaharsozlik asoslarining paydo bo‘lishi, shakllanish bosqichlari asosan yozuvsiz davrlarga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati nihoyatda ulkan bo‘lib, ilk shaharlar tarixini yoritishda manbalar sifatida foydalanildi va bundan tashqari shaharlar tarixini yoritishda yurtimizga kelgan elchilar va sayyohlarning yozib qoldirgan manbalari haqida yozilgan kitoblar, asarlar mavzularni yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi tarixini o‘rganishning eng asosiy xususiyatlaridan yana biri shundaki, sivilizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan yangi shaharsozlik madaniyati markazlarining turli hududlarda paydo bo‘lishi o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, jamiyat rivojlanishining o‘zaro aloqalari va umummadaniy an’analarida ham kuzatiladi. Shaharlar tarixini o‘rganish natijasida har bir hududda aholining yashash tarzi va ularning mehnat faoliyati, shaharning iqtisodiy va madaniy sohasidagi yutuqlarni, avlodlarga qoldirilgan moddiy va ma’naviy boyliklar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. Talabalarda Vatanimiz tarixiga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada shakllantirish uchun mavzuni yoritishda davlatchilik va shaharsozlik madaniyati, toponimik, etnologik, etnografik, arxeologik, numizmatik ma’lumotlarga tayanib shaharlar tarixini batafsil yoritishda ularning xronologiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Xullas, oliy o‘quv yurtlari “Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar davri urbanizatsiya jarayonlari va uning tarixiy bosqichlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berib, fan bo‘yicha mustahkam ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Berilgan har bir mavzu so‘nggida nazorat savollari va test topshiriqlari talabalarga mustaqil ravishda fikr yuritishga, mavzu bo‘yicha olgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.https://uz.wikipedia.org/
2. Karimov I. A. Amir Temur haqida so‘z. Toshkent. “O‘zbekiston”, 1996.
3. https://uniwork.buxdu.uz/
4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз // Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ. Тошкент: Ўзбекистон, 2016.
5. Абу Бакр Мухаммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро тарихи. Тошкент, 1993.
Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling