O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Davlat moliyasi fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi: Esanbekov Sunnat
Qabul qildi:Haydarov.A.X
Toshkent-2022
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining rivojlanish bosqichlari va har bir bosqichning ustuvor vazifalari nimalardan iborat bo‘ldi?
Javob:
O‘zbekiston o‘zining davlat suverenitetini e’lon qilib, mamlakatni inqiroz holatidan olib chiqish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil, qudratli, rivojlanib boruvchi, ko‘p qirrali demokratik davlat yaratish Byudjet strategiyasi – ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan uzoq istiqbolga mo’ljallangan va yirik ko’lamdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’lib, u rivojlanishning asosiy konsepsiyalarini ishlab chiqish, byudjet munosabatlarini tashkil etishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishni, uzoq muddatga mo’ljallangan rivojlanish istiqbollarini belgilashni ko’zda tutadi. dasturini belgilab oldi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston davlat byudjetining tarixiy jihatdan juda qisqa, lekin yosh mustaqil davlat uchun sermazmun, serqirra davrdagi rivojlanish bosqichlari boshlandi. Respublika hukumati tomonidan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlari va bozor mexanizmlarini ishga tushirish choralari ko‘rildi, natijada qator moliyaviy institutlarning samarali faoliyati ta’minlandi. Respublikaning davlat byudjetiga uning ichki daromadlari jalb qilindi va ular 1991-yilgacha bo‘lgan sobiq Ittifoq davlat byudjetidan ajratilgan transfertlar summasidan oshib ketdi. Qat’iy moliyaviy cheklashlarning qo‘llanilishi natijasida davlat byudjetining daromadlari, xarajatlari va taqchilligi hajmi YaIM dinamikasiga muvofiq ravishda tartibga solib turildi. Ijtimoiy sohaga xarajatlarning o‘sish sur’atlari umumiy xarajatlarning o‘sish sur’atlariga bog‘liq bo‘ldi, ya’ni O‘zbekistondagi bozor islohotlari mamlakat byudjetiga, uning xarajatlar tarkibi va tuzilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti o‘z rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tdi:
Fiskal bosqich (1991-1995-yillar);
Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar);
Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017)
Do'stlaringiz bilan baham: |