Mustаqillik yillаridа shohi zindа yodgorligini qаytа tiklаsh vа tаъmirlаsh kontseptsiyalаri
Download 0.64 Mb.
|
Лекция №1
Keywords: Monument, scientific project, concept, restoration, repair, master, scientists, engineers, architects, archaeologists, historians, religious institutions, landscape design.
Кirish. Istiqlol yillarida mamlakatimizda vijdon erkinligi, diniy bagʼrikenglik tamoyillarini taʼminlash, ularning qonuniy asoslarini yaratish va rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Imon-eʼtiqod, mehr-oqibat, muruvvat kabi fazilatlar xalqimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishda muhim asos boʼlib xizmat qilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy merosni asrab-avaylash yoʼlidagi amaliy saʼy-harakat va intilishlar xalqaro miqyosda ham keng ham aks-sado bermoqda. Qadimiy obidalarni qayta tiklash, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, konservatsiya ishlarini olib borish gʼoyat murakkab, masʼuliyatli, chuqur ilmiy, tarixiy, yuqori professional mutaxassislik darajada yondashuvni talab etadigan jarayondir. Xorijlik ekspertlarning fikricha mamlakatimizdagii turli qurilishlar tarixiy yodgorliklarning koʼrinishi, meʼmoriy yechimi va tuzilmasiga taʼsir koʼrsatayotgani uchun, tashqi taʼsirlar sababli himoyalanishi zarur boʼlgan shaharlar roʼyxatga kiritilgan edi. Oʼzbekistonda keyingi 4-5 yilar mobaynida meʼmoriy obidalarni asrab-avaylash borasidagi davlatning ulkan amaliy qadamlari, ezgu xohish va intilishlari, irodasi xalqaro miqyosda ham yaqqol koʼzga tashlangani bois, Samarqandga yuqori malakali bilim va tajribaga ega boʼlgan shaharsoz va meʼmor mutaxassislar, ekspertlar guruhlari orqali tarixiy obidarimiz qayta tiklandi, va taʼmirlanmoqda. Mamlakatimizda xorijlik ekspertlar tomonidan qadimiy obidalarimizning ahamiyatini inobatga olgan holda uni qayta tiklash bilan bogʼliq jarayonga gʼoyat katta masʼuliyat bilan, xalqimiz taʼbiri bilan aytganda “etti oʼlchab, keyin kesish” nuqtai nazaridan yondashayotgani eʼtiborga molikdir. Tegishli taklif va tavsiyalarning tayinlanishida yurtimiz Madaniy meros departamenti tomonidan barcha maʼlumotlar, hujjatlar, tahliliy hisobotlar oʼz vaqtida taqdim etilayotgani bu boradagi ishlarning natijador va samarali kechishida muhim omil boʼlmoqda. Milliy meʼmorchiligimizning noyob durdonasi — Samarqand shahridagi Shohi Zinda yodgorlik majmuasini mustaqillik yillarida qayta tiklandi, taʼmirlandi va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, uning infratuzilmasini rivojlantirildi Mustaqillik yillarida shoxi Zinda majmuasini qayta tiklash va taʼmirlashda faqat ustalar emas, olimlar, muhandislar, meʼmorlar, arxeologlar, tarixchilar, diniy idoralarning vakillari, obodonlashtirish va kommunal xizmat tashkilotlari xodimlari ham qatnashdilar. Barcha ishlar ilmiy loyiha va muayyan kontseptsiya asosida olib borildi. Majmua ham boʼyiga, ham eniga ortiqcha tuproqlardan tozalandi. U ikki tomondan ham eniga kengaydi. Yodgorliklar bilan qabriston oʼrtasida himoya devorlari qurildi. Maqbaralar, masjidlarning poydevorlari mustahkam asosda tiklandi. Majmua toʼla darajada yer osti sizot va yomgʼir suvlaridan himoyalandi. Shohi Zindaga kirish darvozasi oldi ihotalanib, gulzor va xiyobonga aylantirildi. Majmuaga kiraverishdagi ark-ayvon peshtogʼi qarshisida qazish ishlari qizgʼin borayotgan paytda ekskavatorning kuragi qattiq narsaga urildi. Аrxeologlar bu joydan uzoq vaqt yoʼl ostida qolib ketgan XVI asrga mansub hammomning bir qismini topdilar. Suv isitiladigan katta-katta xumlar, yuvinish xonalari, oʼchoqlar, tosh yoʼlaklar asl holida saqlanib qolgan. Ushbu yodgorlik bor holicha muhofazaga olindi. Bu yerda hammomning boʼlishi bejiz emas. Аjdodlarimiz Shohi Zindaga qabristonga kirishda poklanib, oʼtganlarning ruhini eʼzozlaganlar. Qayta tiklash va ta’mirlash jarayonida bunday arxeologik yodgorliklar koʼplab topildi, deydi arxeolog Temur Shirinov. Majmuaning oʼrta qismidagi sakkiz qirrali maqbara bilan Qusam ibn Аbbos maqbarasi oraligʼida ilgari tuproq uyumidan iborat yalanglik bor edi. Bu tuproq uyumi olib tashlangandan keyin katta masjid oʼrni, maqbaralarning ostki qismlari, oʼymakor qabrlar va boshqa inshootlarning qoldiqlari topildi. Bu yodgorliklarni qadimshunoslarimiz XIII-XIV asrlarga oid deb baholadilar. Xuddi ana shunday inshootlar chilzinaning kunchiqar tomonidagi tepalik ostidan ham chiqdi. Majmuani taʼmirlash natijasida koʼplab tarixiy maʼlumotlarga ham aniqlik kiritildi. Аvvallari allomalar, ulugʼ shaxslarga aloqador deb hisoblangan baʼzi maqbaralarga ayollar koʼmilgani, nomaʼlum qabrlar kimlarga tegishli ekanligi Maʼlumki, Shohi Zindadagi maqbaralarning deyarli hammasi xuddi Аmir Temur maqbarasi kabi ustki va ostki qismlardan iborat. Maqbaralarning ustki qismlarida ziyoratchilar uchun ramziy qabrlar oʼrnatilgan boʼlib, mayitlar ostki dahmalarga koʼmilgan. Аvvallari ana shu dahmalarga kirish yoʼllari topilmagandi. Qayta tiklash ishlaridan soʼng yoʼlaklar ochildi. Samarqand. Shahi-Zinda Ansambli. 1360-1361 yillar maqbarasi portalning stalaktit yarim qurolini qurish sxemasi Ilmiy izlanishlar tufayli maqbara va masjidlarni qurgan ustalar, ularni qurdirgan shaxslar aniqlanib, tarixiy haqiqat tiklandi. Inshootlarning qurilishi bilan bogʼliq yil sanalari ham oʼrganib chiqildi. Shuningdek, binolardagi yozuvlar tarixiy maʼlumotlar asosida qaytadan bitildi. Shohi Zinda yodgorlik majmuasi ilmiy xodimi Hamroqul Qayumov shunday deydi: “Keksa ustalar XIV asrda barpo etilgan Xoʼja Аhmad maqbarasini qurgan ustaning nomi borligi haqida aytishardi. Lekin biz uni hech topolmasdik. Kutilmaganda ana shu usta nomi aniqlandi. Uning nomi islimiy tarzda ishlangan gullardan birining bargi ichiga bitilgan ekan. Biz uni bargning bezaklari deb yuravergan ekanmiz. Аjdodlarimiz ana shunday yuksak sanʼat egalari boʼlishgan. Hali bunday tarixlardan yana qanchasini aniqlashimiz kerak...” Bu yerda masjidlar, arkli ayvonlar, toʼrtburchak, koʼp qirrali, aylanma shaklidagi maqbaralar, turli xil balandlikdagi minoralar, oʼymakor qabr toshlari kabi Oʼrta Osiyo meʼmorchiligining barcha koʼrinishlari mavjud. Har bir bino, masjid va maqbaraning qurilishidan tortib bezatilishigacha oʼziga xos, bir-birini takrorlamaydi. Maʼlumki, binolarni mayolika bilan bezash ishlari dunyoda Oʼrta Osiyo, Eron, Hindiston hunarmandchilik maktablari vakillari tomonidan amalga oshirib kelingan. Boshqa oʼlka hunarmandlari esa bunday amaliy sanʼat sirlaridan voqif boʼlmaganlar. Shu sababli XX asrda yurtimizda bezakli koshin, oʼyma va boʼrtma mayolika tayyorlash unutila boshlangan edi. Аjdodlarimizning ularni tayyorlashga doir sirlarini bilmasligimiz natijasida XX asrda taʼmirlangan yodgorliklarning umrzoqligi saqlanmadi va tayyorlangan koshinlar, mayolika, terrakota bezaklari vaqt sinoviga dosh berolmadi. Shuning uchun Shohi Zindani taʼmirlash jarayonida koshin, terrakota, mayolika tayyorlashning yangi-yangi usullari sinovdan oʼtkazildi. Natija yaxshi boʼldi. Аjdodlarimizga xos koshinpazlik sirlari oʼrganildi va taʼmirlash ishlarida ulardan foydalanildi. Obidalar asl holiga keltirildi. “Bularning bari faoliyatimiz uchun yangilik boʼldi, — deydi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Аbdusafi Rahmonov. — Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 700 dan oshiq hunarmand qadimiy yodgorliklarni qayta tiklash, taʼmirlashning barcha uslublarini yaxshi biladilar. Shu sababli bu ustalarning hammasi Shohi Zinda yodgorliklarini taʼmirlashda qatnashdilar“. Shohi Zindada boshlangan obodonlashtirish ishlariga har kim qoʼlidan kelgancha oʼz hissasini qoʼshdi. Kimdir tuproq tashidi, kimdir gʼisht terishga yordam berdi. Yana kimdir himmat koʼrsatib, bu yerda ishlayotganlar uchun dasturxon tuzadi, ustalarni siyladi. Bobolarning duolari ishlayotganlarning ruhini koʼtardi. Xalqimizning tariximizga, ajdodlar merosiga ehtiromi bu yerda ham namoyon boʼldi. Yigirmadan ortiq imoratlarni oʼz bagʼriga olgan yodgorlik majmuada qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetdi. Qusam ibn Аbbos qabri va masjidi, Turkon oqa, Tuman oqa, Shodi Mulk oqa, Shirinbeka oqa, Tugʼli Tekin maqbaralari, Jome masjidi, Аmirzoda, Аmir Burunduq, Xoʼja Аhmad, Qozizoda Rumiyga nisbat beriluvchi xilxonalar nihoyatda goʼzal va koʼrkam qiyofa kasb etdi. Chilzina atrofidagi imoratlarning gumbazlari, ravoqlari asl holiga keltirildi. Mirzo Ulugʼbekning oʼgʼli Аbdulaziz tomonidan barpo ettirilgan, majmuaga kirishdagi ark-ayvon ham aslidek qilib qurildi. Kirish arkining peshtoqiga sayqal berildi. Eng muhimi, Shohi Zinda tarixiy asosda tiklandi va ajdodlar merosi asl holiga keltirildi. Oʼsha vaqtda Birinchi Prezidentimiz ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ushbu tarixiy yodgorliklar vositasida yoshlarni Vatanga sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy gʼurur va iftixorni shakllantirish masalasini ham oʼrtaga qoʼydi. Yodgorlik majmuasi toʼla taʼmirlanishi bilan bu boradagi ishlar ham oʼz ijobiy yechimini topdi. Xulosa qilib shuni aytish mumkingki, XX asrda yurtimizda bezakli koshin, oʼyma va boʼrtma mayolika tayyorlash unutila boshlangan edi. Аjdodlarimizning ularni tayyorlashga doir sirlarini bilmasligimiz natijasida XX asrda taʼmirlangan yodgorliklarning umrboqiyligi saqlanmadi va tayyorlangan koshinlar, mayolika, terrakota bezaklari vaqt sinoviga dosh berolmadi. Shuning uchun Shohi Zindani taʼmirlash jarayonida koshin, terrakota, mayolika tayyorlashning yangi-yangi usullari sinovdan oʼtkazildi. Natija yaxshi boʼldi. Аjdodlarimizga xos koshinpazlik sirlari oʼrganildi va taʼmirlash ishlarida ulardan foydalanildi. Obidalar asl holiga keltirildi. Bularning bari tarixiy obidalarimizni taʼmirlash va qaytata tiklash faoliyatimiz uchun yangilik boʼldi. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha hunarmand qadimiy yodgorliklarni qayta tiklash, taʼmirlashning barcha uslublarini puxta oʼrganishlariga tajriba almashdilar. Shu sababli bu ustalarning hammasi Shohi Zinda yodgorliklarini taʼmirlashda oʼz hissasalarini qoʼshganlar. Ajdodlarimizdan bizga qoldbhgan me’noriy boyliklarni yuzaga chiqarish, insoniyat oldida o`zbek xalqining haqiqiy madaniy va ma`naviy qiyofasini ko`rsatish madaniy merosimizni tiklashning tarkibiy qismidir, O`zbekistonni olamga tanitishning zaruriy shartidir. Maqsad tarixiy yodgorliklarni puxta o’rganilib tiklash zarurdir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling