Mustaqillik yillarida tarix ta’limi metodologiyasidagi ijobiiy siljishlar


Download 20.52 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1155793
Bog'liq
Mustaqillik yillarida tarix


Mustaqillik yillarida tarix ta’limi metodologiyasidagi ijobiiy siljishlar.
Tarix fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar.
Yurtboshimiz Islom Karimov 1999 – yil 14 – aprel kuni birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” mavzusida qilgan ma’ruzasida quyidagilarni alohida ta’kidlagan edi: “Biz XXI asr bo’sag’asida turibmiz, biz yangi buyuk ishlar oldida turibmiz. Siz bilan bizning vazifamiz davr oldimizga qo’yayotgan barcha talablarga munosib javob qaytarishdir. Istiqbolimizni aniq va ravshan ta’savvur etib, xalqimizga tinch va farovon turmushni ta’minlashdir, jahon maydonida o’zimizga munosib o’rin egallashdir”. Yuqorida aytib o’tganimizdek, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash miliy Dasturi”ning qabul qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, mustaqil respublikamizning jahonga keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan omildir.
Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo etayotganini ko’rsatdi. Davlatimiz rahbari uzluksiz ta’limni tashkil etishda unning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u yuksak ma’naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat berish kerakligini ta’kidlar ekan, davlat ta’limi standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhumligiga e’tibor qaratdi.
“Mustaqillik natijasida tarixiy matrealizimga asoslangan tarix metodologiyasidan va metodidan voz kechildi. Vatan tarixini o’rganiosh uchun yangi metodologiya va metodlar shakllantirildi. Tarix faniga tub o’zgarishlar davri boshlandi. Tarix fanini tub nazariy metodologik qayta qurollantirish boshlandi”
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan tarix fanining eskirgan metodlari va metodologiyasi o’rniga tarixni tadqiq qilishda jahon tajribasidan foydalanish, hamda tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishga kirishildi. Tarix fani va uning metodologik muammolari, xalqlar va davlatlar o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni manbalarga tayangan holda xolisona yoritish uchun tarixiy taraqqiyot jarayonida sivilizatsiya yondashuv zaruriyati tug’ildi. Hech qaysi fan tarix fanining vazifasini bajara olmaydi.
Prezidentimiz shunday takidlagan edi. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment- bularning hammasi kerak, albatta. Lekin, avvalambor tarixni bilish- bu hayotiy zarurat”.
Haqiqatan ham, hozirgi XXI asr boshlarida globallashuv kuchaygan davrda millat va xalqlar uchun o’z tili, madaniyati, urf-odat, an’analarni yo’qotish xavfi tug’ildi.
Shuningdek, hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini tubdan o’zgartirish, tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari apparatini o’zgartirish, jahon tarixi fani metodologiyasining e’tirof etilgan yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi. Tarix o`qitish metodikasi huquqiy davlat, o`zlikni anglash didaktikasining asosiy prinsiplari tarix o`qitish jarayoniga tatbiq etishda uning mazmunidagi o`ziga xos xususiyatlarini ham e‘tiborga oladi, tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi qonuniy bog`lanishi va munosabatlarni aniqlashtiradi va shu asosda o`qitish maqsadi, mazmuni, metod va usullari hamda o`qitish jarayonini jihozlashga doir talablarini belgilab beradi. Shunday qilib, tarix o`qitish pedagogika fanining mustaqil bir tarmog`i bo`lib, u o`zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. Ta’lim tizimida tarix fanini o’qitishning asosiy vazifasi – o’quvchilarga tarix fanidan puxta bilim berish, shu bilimlarni amaliyotda qo’llanish ko’nikmalari va mahoratni hosil qilishdan iboratdir.
Tarixni o’rgatish yoshlarni milliy g’oyani singdirish va ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tendensiyalari va ziddiyatli mohiyatni to’g’ri tushunishga tayyorlashning muhim vositasidir. Negaki, O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng sovet davrida tarixga nisbatan bo’lgan biryoqlama yondashuvga barham berish hamda milliy taruxni obyektiv tarzda o’rganish muammosini hal qilishga kirishildi.
Bu sohadagi vazifalarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Xususan, prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va metodik masalalaga aylanishi lozim”
. Tarixni o’rganishning nazariy amaliy ahamiyati haqidagi nazariyalarning birida u millatning haqiqiy tarbiyachisi ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanishi uchun eng birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalaridan biri bu – uni tadqiq etishning metodik asoslarni to’g’ri tanlanishidir. Bu sohada tarix fanida bir qancha nazariyalar mavjud bo’lib, ularning orasidan milliy tariximizni o’rganishda eng keraklilarni tanlash va tadbiq etish bugungi tarix fani oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir.
O’tgan yigirma yillik davrda bu sohada bir qancha nazariy va amaliy vazifalar amalga oshirildi. Biroq, tarix bu jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq. Tarixiy taraqqiyotning har bir yangi bosqichi unga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Shu bois tarix fanini o’qitishda tub o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, eski umrni o’tab bo’lgan marksistik metodologiyadan voz kechildi. Yangi darslik va o’quv qo’llanmalari chop etilib, tarix ta’limi tizimiga joriy qilindi, chop etilgan ushbu qo’llanmalari xolisiylik, tarixiylik tamoyillari asosida yaratildi. Shuningdek tarix fani mazmun mohiyati umumjahon miqyosida e’tirof etilgan tarixiy konsepsiyalar, ta’limotlar bilan boyitildi. O’tmish tarixni o’rganishda tarixiy haqiqatni izlash va uni yuzaga chiqarish tarixiy tadqiqotlarning mezoniga aylandi.
Hozirgi kunda tarix o’qitish metodologiyasi o’quvchida tarixiy bilimni hosil qilishda qator ilmiy metodologik vazifalarni bajaradi. “Tarixni fan sifatida jamiyat to’g’risidagi fanlar tizimi va jamiyat hayotidagi o’rni yanada aniqroq tushunildi.
Tarixiy bilim sohasida haqiqiy inqilob yuz berdi deb aytish mumkin. Chunki bu inqilob natijasida tarixiy materializm bilan bog’langan tarix fani taraqqiyoti bosqichiga yakun yasaldi”.
Vatan tarixini yaratishda nazariy-metodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni yaratishning asosiy kaliti hisoblanadi. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan tarix fani nazariyasini o’zgartirish sohasida qiyinchilik bilan ilk qadamlar tashlandi. Ayniqsa, vatan tarixini o’rganishda uni o’rganishni metod va metodologiyasini o’zgartirishda tub burilishlar yuz bermoqda.
O`zbekiston tarixini o’qitishning konseptsiyasini yaratildi, buni bir butun tarixiy jarayonni nisbatan mustaqil bo`lgan qismlarga, ya`ni davrlarga bo`lib ularni chuqur tahlil qilish boshlandi. Vazifalardan yana biri-yangi ezilgan tarixni o`rganishni tashkil qilishdir. Mustaqillik yillarida to`plangan bir qancha tarixiy hujjatlarni ilmiy asosda umumlashtirish boshlandi.
Tarix o’qituvchisi tarixni o’qitishda xolisiylik turadi. Bunda har bir tarixiy voqea-hodisalarni tahlil qilayotgandi xolos, haqqoniy ravishda o`rganish yoki tarixnavisning xohish irodasidan tashqarida, voqea xodisalar qanday sodir bo`lgan bo`lsa, shundayligicha eritish ko`zda tutiladi. Xar bir tarix yozuvchi kishi shaxs sifatida o`zining mulohazalari, idroki va boshqa his-tuyg’ulari bilan atrofni o`rab turuvchi muhit bilan uzviy ravishda bog`liq.
Xolislik talab etadigan qoyidalar shundan iboratki, ushbu yo`nalishda tarixiy-madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o`rganish jarayonida bo`lib o`tgan yoki shu taraqqiyot bilan bog`liq bo`lgan jamiyki voqea-hodisalarni hech bir o`zgarishlarsiz, qanday bo`lib o`tgan bo`lsa o`sha holotda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosolar chiqarib yaxlit holga keltirish o`ta muhimdir. Bu holotda aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jarayonlarning o`zaro chambarchas bog`liqligini asoslash lozim bo`ladi. Bu jarayonda hududlar o`rtasidagi rivojlanish jarayonlarini o`zaro solishtirish, qiyoslash va taqqoslash faqat ijobiy natijalar berishi tabiiy holdir. O`zbekiston tarixini o`rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu voqea va hodisalarni dialektik tarzda o`rganishdir.
Diolektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo`ladigan hodislara, voqealar umumiy va o`zaro bog`lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotida bo`ladi deb, ta`lim beradi. Bu metod O`zbekiston tarixini o`rganishda uni to`laligicha, voqea-hodislarni bir-biri bilan bog`liklikda, ayrim tarixiy voqelikni o`rgatuvchi fanlarni ham bir butunlikda, uning bo`laklarini ajratib olmaslik va voqea-hodisalarni doimo o`zgarishda, rivojlanishda o`rganishni taqozo qiladi. Bugungi kunda jahon tarixi tajribasidan ham foydalanish va ularni milliy tarixshunosligimizga keng tadbiq etish kuchayganligini hisobga olgan holda tarix ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda.
“Ta`limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish demakdir.”.
Tarixchilar o’rtasida zamonaviy tarix fanida voqeaviy tarix ustuvor bo’lishi kerakmi, yoki qonuniyatlar va sintezni izlashmi degan masalada qizg’in munozara bordi. Jahon tarixi fani tarixni yangi nazariyasi va metodologiyasi izlash, yangi tarixiy sintez aniq tarixiy materialni falsafiy-nazariy umumlashtirish jarayonini boshdan kechirmoqda. Shuningdek, tarix fanida yaqin kunlargacha Markistik konsepsiyani tarixiy bilishda yagona va universal tushunchasi sifatidagi qarashdan voz kechish ijobiy hol bo’ldi.
Hozirgi kunda tarix fanini o’qitish metodologiyasida ham yangilanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. XX asrning 50-yillaridan yangi ilmiy texnika inqilobi yangi texnologiyalar erasini boshlab berdi. 90-yillarda esa kommunistik mafkuraning inqirozi natijasida dunyo siyosiy xaritasida ko’plab o’zgarishlarning yuz berishiga sabab bo’ldi. Yuz bergan bu o’zgarishlar tarixga va tarixiy taraqqiyotga yangicha qarashlar, konsepsiyalarni shakllantirishni taqozo qildi. Bu tarix metodologiyasining oldiga metodologiyani yangilashdek o’ta muhim vazifani qo’ydi. Ayrim metodologik muammolarni yechishni talab qildi.
“Zamonaviy o’qituvchi tarixning barcha qismlarini yaxshi bilishi va ularni metodik jihatdan puxta o’quvchiga yetkazishi shart, zamonaviy o`qituvchi faoliyatini bilimlarni uzatuvchi oddiy metodist sifatida emas, balki “o`qituvchi texnolog” nuqtai nazaridan baholanishi kerak”
O`qitish metodlari - o`qituvchilarning faol fikrlash asosida o`quvchilarni o`qitishga, o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning ilmiy bilimlarini maktab ta`limi metodlari tizimidan to`g`ri foydalanilgan taqdirdagina ta`lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Maktab ta`limi metodlari tizimi, deb eng muhim umumiy belgilari bilan o`qitish va o`rganish usullari, hamda o`qituvchi va o`quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir. Bir-biri bilan bog`langan o`qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • og`zaki ta`lim metodi.

  • bosma matnlar yordamida o`qitish metodi.

  • ko`rgazmali ta`lim.

  • ta`limning amaliy metodi.

Mazkur metodlar tizimi maktabdagi barcha o`quv predmetlarini o`qitishda qo`llanishi mumkin. O`qitish usullari va o`quvchilarning o`rganish usullari turli shakllar bir-biri bilan qo`shilib o`qituvchi va o`quvchilar faol ishtirok etadigan ta`lim jarayonlar metodini tashkil etadi.
Tarix o`qituvchisi tarixiy tushunchalarni mantiqiy izchil shakllanib borishini taminlash uchun tarixiy tushunchalar sinf-yosh kesmida o’tiladigan mavzuning har birida amalga oshiriladi. Tarix darsda o`rganiladigan mavzuning mazmuniga qarab tushunchalar bir-biridan farq qiladi va ular quyidagi turlarga bo`linadi:
-Sotsial-siyosiy tushunchalar Davlatlar o`rtasidagi sotsial munosabatlar va siyosiy tuzilishi.
O’rta asr jamiyatining asosiy sinflari, imperiya, respublika, burjua davlati va uning burjua demokratiyasi, xuquqiy demokratik davlat va boshqalarga doir. -tarixiy madaniy tushunchalar (uyg`onish davrining gumanistik madaniyati, moddiy va ma‘naviy madaniyat va boshqalar);
- ma’naviy-mafkuraviy, siyosiy, din, tushunchalar. Metodik adabiyotlarda tarixiy tushunchalar umumlashganlik darajasiga qarab quyidagi uchguruhga: xususiy, tarixiy (sfinks, smerdlar, boyarlar), umumtarixiy va sotsiologik tushunchalarga ham bo`linadi.
Jahon fanida e’tirof etilgan ijtimoiy-gumanitar yo’nalishda mavjud bo’lgan va ilmiy adabiyotlarda ishlatiladigan nazariya, konsepsiya, ta’limot va tushunchalar tarix o’qituvchisi, tadqiqotchi bilishi zarur. “Binobarin biz davlatimiz kelajagini o’z qolbimizda o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo bilan tinch-totuv,erkin va farofon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz”
Demakki, hamkorlik tushunchasini keng ma’noda tarix fan sohasida jahon tajribasidan foydalangan holda va tadqiq qilish yordamida tarix fani metodologiyasini qurilishi, tarixiy bilim, tarixiy nazariyani muammolarini ko`rib-chiqish, tarix o`rganish metodlari, metodologiyasini genezisi muammolarini tahlil qilish muhim hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha tarix ta’limining barcha bosqichlarida faoliyat ko’rsatadigan tarix o’qituvchilari, tarix fanidan ilmiy izlanuvchilar eng avvalo tarix metodologiyasi bo’yicha atroflicha nazariy bilimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan birga ular o’z metodologik bilimlarini tarixni o’qitish va tarix sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishlari lozim. Tarix o’qituvchisi tarix fani va metodologiyasining e’tirof etilgan konsepsiyalari, talimotlari va qarashlarini bilishlari lozim. Tarix metodologiyasining hozirgi dolzarb muammolarini bilishlari uchun tadqiq va tahlil qilishlari shart.
Bunda birinchidan, hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini tubdan o’zgartirish, tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari apparatini qayta tuzib, shakillantirsih, jahon tarixi fani metodologiyasining asosiy yo’nalishlari mazmun - mohiyatini tushunish va uni yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi. Tarix fanini o’qitishda o’quvchi-talabani tarixiy tafakkurini shakllantirish asosida ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ilmiy izlanuvchi shaxsni shakllantirish o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri bo’ladi.
Ikkinchidan, bugungi kunda tarixni o’rganishning maqsadlaridan biri o’quvchi-talabani madaniy-tarixiy muhitga kirishi, vaqt-makonda o’zini erkin his qila olishini shakllantirishdir.
Uchinchidan, talab tafakkurining mustaqilligini shakllantirishga yordam beradi, insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosiy yo’llarini tavsiflab, dunyoqarashni kengaytiradi, ancha darajada real tarixiy kenglikni tartibga soladi.
Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling