Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda


Mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin faoliyatini o’rganilishi………


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana30.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1690319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5aec47bd72400

2.3.Mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin faoliyatini o’rganilishi……….. 
Xulosa………………………………………………………………………. 
Adabiyotlar ro’yxati………………….…………………………………… … 
 
 
 
 



 
Kirish. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, 
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi 
ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, 
nasl nasabini, o’z to’g’ilib, voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski 
vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir O’zbekiston deb ataluvchi 
hudud, ya’ni bizning vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon 
svilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu 
qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-
ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy 
ilmlarning asosi mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. 
Eramizgacha va undan keyin ham ko’plab osori-atiqalarimiz 
tariximizdan dalolat berib kelmoqda. Beshavqat davr sinovlaridan omon 
qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun 
kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq 
qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at siyosat, 
axloq falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astranomiya, 
me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos 
boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq 
dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning 
salmoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha oladi.
1
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, 
diniy axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan.bu nodir 
1
Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz - kelajak yo’q. T;1998 3-4 bet. 



qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi.Olimlarimiz tariximizning 
turli davrlariga oid risolalar yozishmoqda. Tarixiy mavzularda nasriy, 
nazmiy sahna asarlari yaratilmoqda. Muayyan mamlakat voqea haqida, 
shaxsga munosabat bildirayotganda, bu faqat bir kishi yoki muayyan 
toifadagi kishilarning nuqtai - nazari bo’lishi mumkinligini unutmaylik. 
Chuqur tahlil mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni, 
avvalo tarix o’qituvchilarini chalg’itadi. Biz komil inson tarbiyasini 
davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson 
deganda biz, avvalo, ongi yuksak , mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori 
bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli ma’rifatli kishilarni tushunamiz. 
Ongli bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har 
bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi.O’z fikr-o’yi, xulosasini 
mantiq asosida qurgan kishi yetuk bo’la oladi. Erkin, demokratik 
jamiyat qurayapmiz. Biz uchun yopiq mavzuning o’zi yo’q. Tarixning 
ma’naviyatimizda tutgan o’rni qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, 
yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta mumkin emas. 
Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam 
sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy 
xotira kerak bo’ladi. 
2
Bakalavrlik disertatsiyam mavzusi – O’rta Osiyoda mo’g’ul 
bosqini davri tarixshunosligidir. Albatta mustaqilligimizga qadar bu 
mavzuni o’rganish amalga oshirilgan. Ko’plab tadqiqotchilar ilmiy asar 
monagrafiyalarni 
chiqarishgan. 
Tarixshunoslarning 
asosiy 
yondashuvlari, mo’g’ul bosqinining qaysi vaqt, qanday va kim 
tomonidan o’rganilganligini bilish juda ham muhimdir. Rus sharqshunos 
2
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T;1998 5-6 bet. 



olimi, akademigi V.V.Bartold o’zining “Туркистан в епоху 
монгалского нашествея” homli asarida mo’g’ullarning O’rta Osiyoga 
bostirib kirishini atroflicha yoritishga harakat qilgan. Barcha 
tarixshumoslarning asarlarida dastlab mo’g’ullar bilan xorazmshohlar 
davlati o’rtasidagi elchilik, savdo aloqalari batafsil berilgan. 
Tarixshunos olimlar mo’g’ullarning xorazmshohlar davlatini bosib 
olishini manbalar asosida yoritishga harakat qilgan. D. J. Juvayniy, 
Jurjoniy, Nasafiy, Ibn al-Asir, Roshiddinlar yozib qoldirgan 
ma’lumotlarni solishtiradi. Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmshoxlar 
davlatidagi siyosiy vaziyat, o’zaro ichki nizolar, Turkan xotun bilan 
Sulton Muhammadning o’zaro munosabati atroflicha yoritilgan. 
Muhammad Xorazmshoxning keyingi ahvoli, O’tror va boshqa qator 
shaharlarning bosib olinishi tarixshunoslikdagi asosiy ob’ekt bo’lib 
hisoblanadi.
Xorij tarixshunosligida ham bu mavzuga bir necha bor murojaat 
qilingan.
: Филипс Э.Д. “Монголы Оснаванеии империи Реесках ханов”
М: 2004 
: Бира Ш, “Монголсках историография XIII-XVII вв” М: 1978 
: Бунятов, Государство Хорезмщахов Аништагинъцов, М: 
1986 
Bundan tashqari, O’rta Osiyo mo’g’ullar bosqini davrida qanday 
ahvolda bo’lganligi, boshqa tarixshunoslarning asarlarida ham o’z aksini 
topadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin ham, Jaloliddin shaxsi, 
uning siyosiy kurashlari tarixini o’rganishga katta qiziqish yuzaga keldi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 30-avgustdagi 
farmoniga ko’ra “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi. Jaloliddin 
Manguberdini haqqoniy tasvirlash amalgam oshirildi. Uning shaxsi 
haqida 
Prezidentimiz 
I.Karimov 
shunday 
so’zlarni 
keltirib 
o’tgan:Jaloliddin Manguberdi ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va 
davlat arbobi, Jaloliddin Manguberdining tavalludi nishonlanib 
kelinmoqda.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling