Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlar


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1739816
Bog'liq
I.Sodiqbek (1)



Mustaqillikka erishish arafasida
O`zbekistondagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar
O’zbekistonning eng yangi tarixi
14-GURUH TALABASI:
I.Sodiqbek


Reja:
1.
XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotidagi
inqirozli hola
2.
Mazkazning O’zbekistonda amalga oshirilgan qatag’on siyosati.
3.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o’zgarishlar
4.
O’zbekistonning o’z suvereniteti uchun kurashi
5.
O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi


XX asrning 80-yillari oxirida O’zbekistondagi 
ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 
yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti 
tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud 
imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan 
ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va 
boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy 
ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.



Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar 
davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo 
munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.

1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u 
respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy 
vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan 
deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona 
viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-
iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o’z 
vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» 
deb «tantana» qilindi.



Mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi. 
Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmadi.
Natijada
, oddiy mojaro 
Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy 
chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi.

Farg’ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to’g’ri ma’lumot berilmaganligi, bu 
mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada 
keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o’qiyotgan farg’onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» 
namoyish uyushtirib, Farg’ona voqealari haqida «noto’g’ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator 
talablar qo’ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko’nikmagan» mustabid 
tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana 
shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo’ldi (ularning 
ko’pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig’i esa yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan 
millatlararo to’qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi 
jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan.



Farg’ona fojialariga taalluqli ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum 
aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bo’lgan. 
Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo’shilib ketgan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli 
sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning 
Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga Shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday 
lagerlarda uzoq saqlab bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, 
Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib joylashtirildi.



XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o’zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o’zbek 
xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o’rinda O’zbekiston Kompartiyasi 
Markaziy Komitetining 1989 yil 23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib 
saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I. Karimov O’zbekistonning sobiq Ittifoqda 
tutgan o’rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-
odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.


O’zbek tili-davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat
tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi.O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu
masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini
teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini
o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, 
masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi.



O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo’lgan XI-sesiyasida «O’zbekiston SSRning
davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili
Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, 
deb belgilab qo’yildi.

1990-yil 19-fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi
qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va
davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul
qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, 
mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi1.

Document Outline

  • Slide 1: Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
  • Slide 2: Reja:
  • Slide 3: XX asrning 80-yillari oxirida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqi
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling