Reja: - 1. O'zbekistonning ijtimoiy—siyosiy hayoti
- 2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi
- 3.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.Ittifoq shartnomasini yangilash talabi
- 4. O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
- 1. O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
- XX asrning 70-80— yillarida SSSRda iqtisodiyotni rivojlanish surati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, o’ziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985— yil aprelda bo'lgan Plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, SSSR inqiro’z oldi vaziyatga tushib qolganligini ilk bor etirof etdi. Mazkur Plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986— yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to'la idrok etilmagan edi.«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqiro’zga olib kelganligini payqamagan edi. 1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi.
2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi. - 2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi.
- Yangi yo'l. 1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
- Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustuvorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavo’zimlariga ko'tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo’ldiki endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'liga oldi.Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutulish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi.
4. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishiIttifoq shartnomasini yangilash talabi - Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suvcren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yiHarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
- O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib otgan KPSS MQ ning Plenimida so’zlangan nutqida respublikalar bilan SSSR ortasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qoyishi ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va O’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qoyish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi. Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e'tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta'siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi.
3. Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishda intilish. - 1991— yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida» qo'shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga ro’zi bo'lganini ko'rsatadi.
- 1991— yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o'rtasida uchrashuvbo’ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to'g'risida keskin muno’zara bo’ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo'natildi.
- Mazkur shartnoma loyihasi O'zbekiston Oliy Sovetida 1991— yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi.
- Etiboringiz uchun rahmat!
- Xurramov Doniyor
Do'stlaringiz bilan baham: |